Xix asrning oxiri va XX asr boshlarida Yaponiya


-1878-yillarda qishloq xo‘jaligi sohasida islohotlar o‘tkazilib, yerni erkin oldi-sotdi qilishga, istalgan turdagi ekinlarni ekishga ruxsat berildi


Download 216.55 Kb.
bet3/5
Sana08.02.2023
Hajmi216.55 Kb.
#1177374
1   2   3   4   5
Bog'liq
XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Yaponiya

1871-1878-yillarda qishloq xo‘jaligi sohasida islohotlar o‘tkazilib, yerni erkin oldi-sotdi qilishga, istalgan turdagi ekinlarni ekishga ruxsat berildi.

Sanoatni rivojlantirishda davlatning roli


Sharoit qanchalik og‘ir bo‘lmasin, Yaponiyada bozor munosabatlari tez rivojlana boshladi.

Ijtimoiy hayot

  • Yaponiyada kapitalizm taraqqiyoti dehqonlarning yerdan ajralishi bilan birgalikda kechdi. Agrar islohotga ko‘ra, yer olgan dehqonlarning atigi 1/3 qismigina olgan yerlarini saqlab qola oldi. Raqobatga bardosh bera olmaganlar ijaraga yer olib xo‘jalik yuritishga majbur bo‘ldilar. Qolganlari esa shaharga ketib, yollanma ishchilarga aylandilar. Sanoat egalari yangicha, ilg‘or ishlab chiqarishni keng yo‘lga qo‘yib, mamlakatni yangi taraqqiyot bosqichiga olib Sanoatni rivojlantirishda davlatning roli Yaponiya taraqqiyotining xususiyatlari Ijtimoiy hayot 92 chiqa boshladilar. Sanoat korxonalarining soni yildan yilga ko‘payib bordi. Lekin, shu sanoat korxonalarida ishlayotgan ishchilarning iqtisodiy ahvoli og‘ir edi. Chunki, ish haqi juda past edi. Korxonada texnika xavfsizligiga javobgarlik yo‘q edi. Buning ustiga, yapon ishchilari va mehnatkashlari na siyosiy, na ijtimoiy huquqlardan foydalanar edilar. Yaponiya ishchilar sinfi kasaba uyushmalariga birlasha boshladilar. Yaponiya jamiyatining ilg‘or qatlami parlament tashkil etish uchun kurashdilar.

1889-yil konstitutsiyasi

  • Iqtisodiy islohotlar burjuaziyaning o‘sishiga va siyosiy jihatdan kuchayishiga sabab bo‘ldi. Burjuaziya davlatga rahbarlikni o‘z qo‘liga olishni da’vo qila boshladi. Shunday sharoitda hukumat yon berishga qaror qildi. Nihoyat, 1889-yilda Prussiya konstitutsiyasi namunasi asosida tuzilgan konstitutsiya qabul qilindi. Mamlakatda ikki palatali (yuqori (perlar) va quyi (vakillar)) parlament joriy etildi. Konstitutsiya imperatorning mavjud barcha huquqlarini nafaqat saqlab qoldi, balki unga yanada keng huquqlar berdi. Masalan, u parlamentni chaqirish, ochish, tarqatib yuborish, qonunlar o‘rniga oliy farmonlar chiqarish, qo‘shinlarning Oliy bosh qo‘mondoni bo‘lish, urush e’lon qilish, sulh tuzish kabi huquqlarni o‘zida saqlab qoldi. Konstitutsiyaga ko‘ra, Vazirlar Kengashi faqat imperatorga hisob berardi. Parlamentning barcha qarorlari imperator huzuridagi Yashirin Kengashdan o‘tishi zarur edi. Saylov huquqi mol-mulk senzi bilan cheklandi. Saylov yoshi 25 yosh qilib belgilandi. Shunga qaramay, Yaponiyadek o‘rta asrlar an’analariga boy mamlakatda konstitutsiya qabul qilinishining o‘zi katta voqea edi.

Download 216.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling