Makroiqtisodiy xususiy sektori mustahkamlandi, (qishloq xo`jalik, savdo, xizmat ko`rsatish sohasi) ishlab chiqarilgan mahsulot bajarilgan ishlar, ko`rsatilgan xizmatlarning ancha qismi uning ulushiga to`g`ri keladi. 2002 yilda 62,5 ming korxona (dehqon va fermer xo`jaliklarisiz) o`z faoliyatini xususiy mulkchilik doirasida amalga oshirdi. Хususiy korxonalarning yarmidan ko`pi xizmat ko`rsatish sohasida, har oltinchisi sanoatda faoliyat ko`rsatmoqda. - Oqibatda 2001 yilda 2000 yilga nisbatan 8,1 foizga ko`p), 1329,1 mlrd. so`mlik iste`mol mollari(10,9 foizga ko`p) ishlab chiqarildi. Kichik va o`rta biznes, xususiy sektorda yangi turdagi ishlab chiqarish va tarmoqlar jadal sur`atlar bilan rivojlandi. 2001 yilda respublika sanoat korxonalari tomonidan 467 turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarish o`zlashtirildi.
- Respublikamizda iqtisodiyotni erkinlashtirish va chuqurlashtirish davrida mahalliy mineral va xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlashga asoslangan holda yangi mahsulotlar ishlab chiqarish keng o`zlashtirilmoqda. 2001 yilda mamlakatimizda etishtirilgan paxta tolasini qayta ishlovchi, eng zamonaviy uskuna va texnologiyalar bilan jihozlangan «Kabul-Farg`ona», «Chinoz to`qimachi» kabi yangi qo`shma korxonalar ishga tushirildi. Bu o`rinda shuni qayd etish lozimki, agar 1991 yili respublikamizda paxta tolasini qayta ishlash 12 foizni tashkil etgan bo`lsa, endilikda bu raqam 24 foizga etdi. Paxta tolasi va ipak xomashyolaridan mukammal texnologiya asosida tayyorlangan kalavali ip, paxta va shoyi gazlamalarini eksport qilish hajmlari ancha oshdi.
- Tabiiyki, xorijiy investitsiyalarni jalb etmay turib, ishlab chiqarishga kiritilgan kapital mablag`lar hajmini oshirmay turib, bunday o`zgarishlarga erishib bo`lmaydi. Jumladan, 2001 yili ana shu sarmoyalar ulushi 62 foizdan ziyod darajani tashkil etdi. Joriy 2002 yilda esa respublika iqtisodiyotini investitsiyalash hajmi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 24,5 foizni tashkil etdi. Kapital mablag`lar tarkibida xorijiy investitsiyalar hissasi ko`payib, u jami investitsiyalarning 30 foiziga yoki 1mlrd AQSh dollariga to`g`ri kelishi kutilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |