Buxdu iqtisodiyot va turizm fakulteti 3-3iqt-19 guruh talabalari Jo’rayeva Zarina milliy iqtisodiyot fanidan “Iqtisodiy tahlil barqarorlikda biznesning roli”mavzusida bajargan mustaqil ishi


Makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish


Download 272.12 Kb.
bet3/3
Sana19.04.2023
Hajmi272.12 Kb.
#1367044
1   2   3
Bog'liq
milliy iqtisodiyot

3. Makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish.

  • Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish: - harajatlarning ijtimoiy yo’naltirilganinini saqlab qolgan holda, Davlat budjetining barcha darajalarida mutanosibligini muvozanatni saqlash, mahalliy budjetlarning daromad qismini mustahkamlashga yo’naltirilgan budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish; - soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish yo’lini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va rag’batlantirishning tegishli choralarini kengaytirish; - Tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish:
  • - milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmatlar ko’rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko’paytirish; - ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish; - iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish;- Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uni ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish
  • - xususiy mulkning huquq va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, barcha turdagi to’siq va cheklovlarni bartaraf etish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivojiga to’liq erkinlik berish, “Agar xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va kuchli bo’ladi” degan prinsipni amalga oshirish;
  • - kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, nazorat va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat’iy oldini olish;
  • - investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlariga va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish. Yuqoridagi bobdan xulosa qiladigan bo’lsak, O’zbekistonda sovet tuzumida amalda bo’lgan soliq tizimi mustaqillikka erishilgach tubdan bosqichma-bosqich isloh qilinmoqda va bu islohotlarga qonuniy asos – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Soliq Kodeksi hisoblanadi. Hozirgi davrda dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari tajribasidan kelib chiqqan holda yaratilgan O’zbek Modeli asosida 2017 yil 7 fevralda ishlab chiqilgan O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasida mamlakatimiz hududida amalda bo’lgan soliq tizimi yanada takomillashtirishga qaratilgan va sof bozor iqtisodiyotiga o’tishda eng muhim vazifalar keltirib o’tilgan.

Download 272.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling