Buxdu tabiiy fanlar fakulteti Geografiya ta`lim yo`nalishi


Download 7.01 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi7.01 Kb.
#1385628
Bog'liq
amaliyot tavsifnoma


BuxDU Tabiiy fanlar fakulteti
Geografiya ta`lim yo`nalishi
talabasi Safarov Suhrob
Erkin o’g’liga berilgan
TAVSIFNOMA
Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti Geografiya ta`lim yo`nalishi 4-kurs talabasi Safarov Suhrob Erkin o’g’liga 2022-yil 6-sentabrdan 9-noyabr oyi davrigacha bo`lgan vaqt ichida Qashqadaryo viloyat Kitob tumanidagi 59-umumta`lim maktabida o`zining o`quv pedagogik amaliyotini o`tadi
O`zining amaliyot davridagi faoliyati davomida o`quvchilarga o`z mutaxassisligi bo`yicha bilim berish bilan birgalikda shu maktabning 7-sinf o`quvchilariga sinf rahbarlik faoliyatini olib borib, ham maktab jamoasidagilarning , ham o`quvchilarning sevimli ustoziga aylandi.
Amaliyotchi talaba dastavval amaliyot boshida turli yuqori malakaga ega ustozlar darslariga doimiy kirib, o`zi uchun tahlil jarayonlariga qatnashib pedagoklardan turli interfaol metodlarni va ularning o`quv tajribalaridan o`zi uchun kerakli jihatlarni bilib oldi. Aynan universitet muassasasida o`rgangan bilimlari va maktabda ustozlardan o`rgangan malakalari asosida quyidagilarni amalga oshirdi va maktab jamosi e’tiboriga loyiq bo’ldi.

  • 7-sinf o`quvchilariga sinf rahbarlik qilib doimiy ravishda sinf soatlarini o`tdi ;

  • Har hafta davomida geografiya fani bo`yicha har bir sinfga darslar o’tdi;

  • Aynan sinf rahbarlik davomida 1-oktabr ustoz va murabbiylar kuniga atab “ Jahonda bo`lmasa muallim agar, dunyo ham go`zal bo`lmasdi bu qadar “ deb nomlangan tadbir tashkillashtirdi;

  • Bundan tashqari 21-oktabr “O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun “ ga bag`ishlab “ Til millat _ ko`zgusi “ deb nomlangan tadbir uyushtirdi;

  • Geografiya fan o`qituvchisi sifatida esa sentabr oyida 10-sinf o`quvchilari bilan birgalikda “ yer yuzasining shakllanishining fazoviy omillari” nomi ostida tashkillashtirgan ochiq darsi bo`lib o`tdi;

  • Aynan geograf sifatida o`zining pedagogic mahorati yuzasidan “Zukko geograflar” zakovat kechasini ham uyushtirdi.

Barcha faolliklari uchun Safarov Suhrob Erkin o’g’liga o`quvchilar va maktab jamoasi oldida hurmatga sazovor bo`ldi. Kelajakda bilimli , o`z fanining bilimdoni, talabchan , izlanuvchan , har tomonlama o`zining qobiliyatlarini ko`rsata oladigan pedagok bo`lib yetishishiga , o`z kasbining mohir ustasi , tirishqoq, bolalarni jon-jahdidan sevuvchi ustoz bo`lishiga ishonamiz.


59-maktab direktori: _________ U.Sherov
59-maktab MMIBDO` _________ M.Raximov
59-maktab O`TIBDO` _________ M.Sodiqov
59-maktab 7-sinf rahbari _________ K.Saidov
Download 7.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling