Buxgaletriya hisobining predmeti, metodi va uning elementlari


 KORXONA VA UNING FAOLIYAT KO’RSATISH SHARTLARI


Download 383.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana26.10.2023
Hajmi383.4 Kb.
#1723302
1   2   3   4
Bog'liq
1-MAVZU бухгалтеря хисоби предмети ва элементлари

2. KORXONA VA UNING FAOLIYAT KO’RSATISH SHARTLARI 
 
O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuniga 
binoan buxgalteriya hisobi mulkchilik shaklidan qat’iy nazar huquqiy shaxs 
hisoblangan barcha korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda yuritiladi.
Korxona, xalq xo’jaligining tarkibiy unsuri (elementi) hisoblanadi va tashkiliy 
jihatdan alohida ajratilgan qismini anglatadi. Xo’jalik faoliyati o’z xususiyatiga 
ko’ra - sanoat, qishloq xo’jalik, savdo va boshqalarga bo’linadi. Ularning har 
birida muayyan xo’jalik jarayoni amalga oshiriladi va tegishli mablag’lar mavjud 
bo’ladi.
Har bir korxona u yoki bu mulkchilik shakli - davlat, xususiy (shaxsiy), o’rtoqlik 
va shirkat xo’jaliklariga tegishli bo’ladi. Davlat mulki – davlatga qarashli 
mulkdir.
Mulkka xususiy ega bo’lishlik (sole proprictorship)- bir shaxs tomonidan 
yaratiladigan firma bo’lib, u mulk egasiga shu firma xo’jalik faoliyati ustidan, 
o’z shaxsiy manfaatlaridan qat’iy nazar, nazorat qilish imkonini beradi. Mulkka 
yakka shaxs sifatida egalik qilishda uning a’zosi o’sha xo’jalik sub’ekti bo’lib 
hisoblanadi. Uning o’zi hamma foydani oladi va ko’rgan zarari hamda barcha 
majburiyatlar bo’yicha shaxsiy mulki bilan javob beradi.
O’rtoqlik korxonalari (partnership) - o’z qobiliyatlari va resurslarini 
birlashtiradigan ikki yoki undan ko’proq mulk egalari tomonidan hosil qilingan 
firmadir. Bunda kompaniyachilar va shirkatning foydasi yoki zararini oldindan 
kelishilgan qoidaga ko’ra o’zaro bo’lishadilar. Har qanday qatnashuvchi 
o’zining hissasini boshqa tomonga topshirishi mumkin va zarur bo’lganda har 
birining shaxsiy mulki o’z majburiyatlarini to’lash uchun olib qo’yilishi 
mumkin. Ba’zi xollarda mulkchilarning biri yoki bir nechtasi o’zlarining 


majburiyatlarini cheklashlari mumkin (masalan, firmaning ustav kapitaliga 
qilingan hissa badallarining hajmi bilan), lekin, hech bo’lmaganda ulardan biri 
shirkatning barcha majburiyatlari bo’yicha cheklanmagan javobgarlikni o’z 
zimmalariga 
olishi 
kerak. 
Korporatsiya 
(corporation) 

o’ratoqlik 
korxonalarining bir turi sifatida aktsiyadorlik kapitali ko’rinishida belgilangan, 
lekin, mulkning boshqa egalariga yuridik jihatdan bo’ysinmaydigan firmadir. 
Aktsiyadorlar korporatsiya faoliyatini to’g’ridan-to’g’ri nazorat qila olmaydilar. 
Ular aktsiyadorlar manfaati uchun foyda olish maqsadida korporatsiya xo’jalik 
faoliyatiga rahbarlik qiladigan direktorlar kengashini saylaydilar. Aktsiyadorlar 
korporatsiyaning zararlari uchun faqat o’zlarining badallari chegarasida javob 
beradilar. Agar aktsiyador o’z aktsiyalarini sotsa, bu korporatsiyani tugatishga 
olib kelmaydi.
Quyida harakatdagi kapital manbalari sxemasini keltiramiz.



Download 383.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling