Buxgalteriya balansi tahlilining axborot manbalari
Buxgalteriya balansi tahlilining axborot manbalari
Download 376.26 Kb.
|
54-2 Abdullayev.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaviy hisobot
Buxgalteriya balansi tahlilining axborot manbalari
Buxgalteriya balansi axborotlariga tayangan holda xo‘jalik yurituvchi subyektning moliya-xo‘jalik faoliyati hamda uning natijalari baholanadi. Buxgalteriya balansidagi axborotlarning mazmunini bilish uchun nafaqat buxgalteriya balansi tuzilishi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish, balki uning moddalari va ayrim ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi mantiqiy va o‘ziga xos bog‘liqliklarni ham bilish zarur. Buxgalteriya balansining mazmunini bilishda uni o‘qish ketma-ketligi ham muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarning jadalligi zamonaviy buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditning ham mazmunini tubdan yangi shakl va mazmunda yuritishni talab etmoqda. Hozirgi sharoitda moliyaviy hisobotlar tahlilining muhimligini shu bilan aniq izohlash mumkinki, ushbu predmet alohida fan sifatida shakllangan. Mulk egalari, sheriklar va hamkorlar, mol yetkazib beruvchi va xaridorlar, qarz beruvchi va oluvchilar, nazorat va taftish organlari, kontragentlarning keng qamrovli tarkibi xo‘jalik yurituvchi subyektining moliyaviy ahvoli va undagi o‘zgarishlarni baholashning konseptual asoslari tubdan, yangidan tuzib chiqildi. O‘zbekiston Respublikasining alohida qabul qilingan Buxgalteriya hisobi, Audit to‘g‘risidagi Qonunlari, qator Kodekslar (byudjet, soliq, mehnat, investitsiya) normalari asosida tashkil etilayotgan hisob xizmatlarining mazmuni tubdan o‘zgarmoqda. Moliyaviy hisobot – xo‘jalik yurituvchi subyekt alohida mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektligi yoki xo‘jalik yurituvchi subyektlarning jamlangan guruhiga kirishidan qat’i nazar shu xo‘jalik yurituvchi subyektning ma’lum bir davrdagi faoliyatini ko‘rsatuvchi moliyaviy axborotni taqdim etish usulidir. Moliyaviy hisobot – buxgalteriya hisobi subyektining hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan axborotdan iboratdir. Yillik moliyaviy hisobot quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - buxgalteriya balansi; - moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot; - pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot; - xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot; - izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar. 2.1-jadval Download 376.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling