Buxgalteriya balansi, uning tuzilishi va mazmuni


Download 125.26 Kb.
bet6/27
Sana02.02.2023
Hajmi125.26 Kb.
#1146371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Dusiyarov BMI uz fdc98

Balansning ko‘rinishi6


2-jadval




Aktiv

Passiv

Mablag‘lar turi va
ularning joylanishi

Summa

Mablag‘lar manbayi va ularning
taqsimlanishi

Summa

Asosiy vositalar

550000

Ustav kapitali

500000

Хom-ashyo va materiallar

200000

Foyda

145000

Kassa

30600

Bank kreditlari

128000

Hisob-kitob schyoti

19400

Mol yetkazib beruvchi va
pudratchilar bilan hisoblashishlar

27000

JAMI

800000

JAMI

800000

Misolni ko‘rib chiqayotganda xo‘jalik yurituvchi subyekt mablag‘lari xo‘jalik operatsiyalarida qatnashayotganda, o‘zgarmasdan qolmasligiga e’tibor beramiz; keyinchalik ular yangi xususiyatga ega bo‘ladilar yoki bir shakldan ikkinchi shaklga o‘tadilar. Shuning uchun davr boshiga ko‘rsatilgan dastlabki holati katta o‘zgarishlarga duch keladi. Lekin bunda mablag‘lar turining umumiy summasi bilan ularning manbalarining umumiy qiymati o‘rtasidagi tenglik hech qachon buzilmaydi.
Birinchi operatsiya. Kassadan xo‘jalik yurituvchi subyekt xodimlariga hisobdorlik shartlari bilan 30500 so‘m berildi. Pul berilgandan keyin «Kassa» moddasidagi summa 30500 so‘mga kamayadi va 100 (30600-30500) so‘mni tashkil qiladi. Shu bilan bir vaqtda pullarning hisobdorlik shartlari bilan berilishi hisobdor shaxsning ushbu xo‘jalik yurituvchi subyektga qarzining paydo bo‘lishiga olib keladi.
Demak, balans aktivida hisobdor shaxsning xo‘jalik yurituvchi subyektga bo‘lgan 30500 so‘mlik qarzi aks ettiriladigan «Debitorlar» moddasi paydo bo‘ladi. Bunda ushbu operatsiya ta’sir etgan har ikkala balans moddasi ham aktivdir. Mazkur xodisadan mablag‘lar aktivining bir moddasidan ikkinchisiga o‘tipshgina sodir bo‘ldi. Aktivning jami o‘zgarmaydi va aktiv hamda passiv summalar o‘rtasidagi tenglik saqlanib qoladi. Birinchi operatsiyadan keyin balans quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:





6 Xolbekov.R.O. “Buxgalteriya hisobi nazriyasi” Darslik.-T.:CHo‘lpon nomidagi nashriyot
matbaa uyi. 2011.-66 b.




Download 125.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling