Buxgalteriya balansi, uning tuzilishi va mazmuni


Хo‘jalik operatsiyalari ta’sirida balansda sodir bo‘luvchi o‘zgarishlar va ularning buxgalteriyadagi ahamiyati


Download 125.26 Kb.
bet5/27
Sana02.02.2023
Hajmi125.26 Kb.
#1146371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Dusiyarov BMI uz fdc98

Хo‘jalik operatsiyalari ta’sirida balansda sodir bo‘luvchi o‘zgarishlar va ularning buxgalteriyadagi ahamiyati


Yuqorida qayd etganimizdek buxgalteriya balansi har oyning 1-sanasiga tuziladi. Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z faoliyatini amalga oshirish jarayonida ko‘plab xo‘jalik operatsiyalarini sodir etadi. Bu xo‘jalik operatsiyalarining har biri sodir bo‘lganda balansga ta’sir qilib, balans moddalari summalarini o‘zgartirib yuboradi, ammo balans tengligi saqlanadi. Xo‘jalik operatsiyalari balansga faqat to‘rt xil yo‘l bilan ta’sir etadi.

      1. tur o‘zgarish. Shunday xo‘jalik operatsiyalari borki, ular balansning faqat aktiviga ta’sir etadi. Bunda balansning aktivida bir modda summasi ko‘payib, ikkinchi modda summasi ayni shu summaga kamayadi, lekin balansning umumiy summasi o‘zgarmaydi.

      2. tur o‘zgarish. Shunday xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘ladiki, ular balansning faqat passiviga ta’sir qilib, passivda bir modda summasi ko‘payib, ikkinchi modda summasi ayni shu summaga kamayadi. Bunda ham balansning umumiy summasi o‘zgarmaydi.

      3. tur o‘zgarish. Shunday xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘ladiki, ular balansning aktiviga va passiviga ham ta’sir etib, ular summasini ko‘paytirib yuboradi.

      4. tur o‘zgarish. Shunday xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘ladiki, ular balansning aktiviga ham passiviga ham ta’sir etib, ular summasini kamaytirib yuboradi. Balansga ta’sir qiladigan bunday o‘zgarishlarni misollarda keltiramiz.

Хo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda xo‘jalik mablag‘lari tarkibi va hajmi sodir bo‘layotgan operatsiyalar ta’sirida uzluksiz o‘zgarib turadi. Bu o‘zgarishlar balansga, albatta, ta’sir etadi.
Ushbu operatsiyalar balansda qanday o‘zgarishlarni yuzaga keltirishini quyidagi misol orqali ko‘rib o‘tamiz.
Faraz qilaylik, hisobot davrining boshiga xo‘jalik yurituvchi subyekt balansi quyidagicha bo‘lgan:




Download 125.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling