Buxgalteriya balansi va schyotlarning o’zaro bog’liqligi


Download 435.71 Kb.
Sana13.12.2022
Hajmi435.71 Kb.
#999377
Bog'liq
Esirgapov Odil Buxgalteriya maruza


Buxgalteriya balansi va schyotlarning o’zaro bog’liqligi
Reja
1.Buxgalteriya balansi haqida tushuncha.
2.Balansning tuzilishi.
3. Schyotlar rejasi
Moliyaviy hisobotning asosiy shakllaridan biri korxonaning buxgalteriya balansi hisoblanadi. Balans (balance – fransuzchadan tenglashish, muvozanat) – korxona moliyaviy resurslarini paydo bo‘lish omillarining (balans passivi) ularni joylashtirish omillariga (balans aktivi) tengligidir. BHMS ga muvofiq buxgalteriya balansi aniq vaqt va sanada xo‘jalik mablag‘lari va ularning omillarini, shuningdek, xo‘jalik operatsiyalarining natijalarini umumlashtirish hamda guruhlash usulidir. Balansni korxonaning moliyaviy ahvoli bir lahzada sur’atga olish bilan tenglashtirish mumkin. Buxgalteriya balansi korxonaning hisobot davridagi moliyaviy ahvoli bo‘yicha muhim ma’lumot manbayidir. Uning yordami bilan mulkning tarkibi va tuzilishi, korxonaning daromadliligi, muomaladagi mablag‘larning aylanishi, debetor va kreditor qarzdorlikning ahvoli va o‘sib borishi aniqlanadi. Manfaatdor foydalanuvchilar buxgalteriya balansi ma’lumotlarini o‘rganib, korxonaning nimalarga egaligi, uning potensiali (imkoniyatlari) qandayligi, mulkdan qanday foydalanishi, to‘lovlarga qurbi yetish-yetmasligini aniq bila oladi.
. BALANSNING TUZILISHI
Buxgalteriya balansining tuzilishi buxgalteriya ikkiyoqlama guruhlanishi: tarkibi va funksional roli, paydo bo‘lish manbalari va maqsadli qiymati asos bo‘ladi.
Buxgalteriya balansi tuzilishi bo‘yicha ikkiyoqlama jadval ko‘rinishda bo‘ladi.
o‘ng tomoni mablag‘lar paydo bo‘lishi va ularning maqsadli vazifalarni aks ettiruvchi passiv
. Uning chap tomoni – xo‘jalik mablag‘larining tarkibi va joylashuvini aks ettiruvchi aktiv
Balans aktivlari — korxona ixtiyoridagi foydalanish oqibatida kelajakda foyda kelishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy resurslar.
Aktivlar – xo‘jalik yurituvchi subyektning moddiy pul mablag‘lari hamda debitorlik qarzlari va moddiy bo‘lmagan, lekin qiymat narxiga ega mulklarining qo‘shilgani.
Balansli tenglamalarning umumiy ko‘rinishi quyidagi sxema tarzida bo‘ladi: Aktiv = Xususiy kapital + Majburiyat = Passiv
Buxgalteriya balansining bir necha turlari mavjud. Shundan:
· qoldiqli (saldo); ·
aylanmali (aylanma); ·
boshlang‘ich; · yakuniy;
· tugallanish (likvidatsiyali).
Qoldiqli balansda buxgalteriya hisobi ma’lum sanadagi pul mablag‘lari qoldiqlari holatlari aks etadi.
Aylanmali balansda qoldiqliga qo‘shimcha ravishda schyotlar bo‘yicha mablag‘larning aylanishi, jihozlar, intellektual, nomoddiy aktiv ko‘rinishidagi xususiy mulk kabilar haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
актив счёт (А) — бу активларни акс эттиришга мўлжалланган счёт бўлиб, унда иқтисодий ресурсларнинг қолдиғи ва кўпайиши счётнинг дебетида, камайиш эса кредитида акс эттирилади;
балансдан ташқари счётлар (З) — бу суғурталовчига қарашли бўлмаган, лекин вақтинчалик тасарруфида бўлган, активларнинг мавжудлиги ва ҳаракати, шартли ҳуқуқлар ва мажбуриятлар ҳақидаги ахборотни умумлаштиришга мўлжалланган счётлар. Бу счётлар бошқа счётлар билан боғланмайди ва суғурталовчининг молиявий ҳисоботида акс эттирилмайди;
бухгалтерия счёти — суғурталовчилар иқтисодий ресурсларининг ҳолати ва ҳаракати ҳақидаги бухгалтерия ахборотини қайд этиш ва сақлаш услуби ва уларга бўлган талаблар;
Download 435.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling