MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON
MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
PSIXOLOGIYA FAKULTETI
SIRTQI BO’LIMI
IQTISODIY XAVFSIZLIK
FANIDAN
TOPSHIRIG`I
MAVZU : Transaksiya va transaksiya xarajatlari va ularni pasaytirish yo`llari
924-20 GURUH TALABASI: ABDURAZZAQOV B
QABUL QILDI: NARKUZIYEV A
Reja:
1. Mulkdorlar o`rtasida huquqlarning taqsimlanishi
2. Kouz teoremasi
3. Transaksiya xarajatlari
Respublikamizda o`tish davri islohotlari sharoitida resursga nisbatan mulkchilik huquqini, odatda, alohida huquqlar egalari hisoblangan bir necha mulkdorlar o`rtasida taqsimlash amaliyoti keng qo`llanildi. Ushbu taqsimlashda qanday tamoyillar asosida tartibga solish va uning hamma vaqt ham mulkdan samarali foydalanish uchun zamin yaratishi asosiy o`rin egalladi.
Mamlakatimizda davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, ayniqsa mulkchilik huquqlarini tafsirlash bo`yicha bosqichma-bosqich amalga oshirilgan «o`zbek modeli»ga asos solindi. Yirik davlat korxonalarini xususiylashtirish Davlat dasturiga muvofiq OAJ doirasida mulkchilik huquqlarini taqsimlashning turli variantlari nazarda tutildi. Masalan, mehnat jamoasining a’zolari aksiyalar umumiy summasida ma’lum (10) foiz miqdorida, lekin har bir xodimga ko`pi bilan eng kam ish haqining belgilangan (20 yoki 25) baravari summasida imtiyozli (ovoz bermaydigan) aksiyalarni olish huquqiga ega bo`lishdi. Natijada, mulkchilik sub’ektlari va huquqlarining taqsimlanishi 5.1-jadvaldagi ko`rinishga ega bo`ldi.
Mulkchilik huquqlarining jadvaldagi taqsimlanishi birlamchi taqsimot bosqichi hisoblanadi. Ushbu bosqichda, ya’ni huquqlarning har biri undan samarali foydalanishdan manfaatdor bo`lgan mulkdorning qo`lida bo`lgan vaziyatda mulkning optimal tarkibiga erishish muhim o`rin tutadi. U yoki bu imkoniyatli mulkdorning mulkchilik huquqlaridan samarali foydalanishdan manfaatdorlik darajasi haqida mulohaza yuritishda Kouz teoremasi asos bo`lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |