Mavzu: Mulkchilik huquqlarini tafsirlashga nisbatan yondashuvlar
Download 363.82 Kb.
|
Institutsional iqtisodiyot 2-mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja
- 1. Mulkchilik huquqlarini tavsiflash
Mavzu: Mulkchilik huquqlarini tafsirlashga nisbatan yondashuvlar.O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI IQTISODIYOT FAKULTETI “INSTITUTSIONAL IQTISODIYOT” FANIDAN EK-79 guruh talabasi – Azimova Madinaning mustaqil ishi Toshkent-2019 Reja:
1. Mulkchilik huquqlarini tavsiflashMutaxassislarning hisoblashlaricha, o`ntagacha bo`lgan huquqiy an’analar (roman-german huquqiy oilasi, umumiy huquq, musulmon huquqi, xitoy huquqi, afrika huquqi, so`nggi vaqtlargacha mavjud bo`lgan sotsalistik huquq va h.k.)da mulkchilik huquqiga va uni o`rnatish taomiliga nisbatan alohida qarashlar mavjud. Individlar uchun mulkchilik huquqlarini o`rnatish hamda bu huquqlarga ularning amal qilish zarurati qonunga ixtiyoriy bo`ysunish normalari bilan o`zaro uzviy bog`langan. Mulkchilik huquqlari individlar o`rtasida yuzaga keladigan o`zaro munosabatlardagi noaniqlikni kamaytiruvchi institutlardan biri hisoblanadi. Umumiy huquq huquqlarning murakkab «tutami» sifatida mulkchilik konsepsiyasidan kelib chiqadi, bunda bir resursga bo`lgan huquq turli insonlarga tegishli bo`lishi mumkin. Mulkchilik huquqlarini tafsirlash resursning yagona va mutlaq mulkdorini belgilashni emas, balki har bir huquqqa aniq belgilangan mulkdorning biriktirilishini nazarda tutadi. Boshqacha aytganda, har bir huquqda o`zining mutlaq egasi mavjud bo`lgan taqdirda, mulkchilik huquqi to`liq tafsirlangan hisoblanadi. Angliyalik huquqshunos A.Onore mulkchilik huquqlari bo`yicha huquqlar «tutami»ni ishlab chiqib, har bir huquqning xususiyati bo`yicha quyidagi ta’riflarni taklif etgan: Egalik qilish huquqi – «mulk ustidan jismoniy nazorat va mulkdorning vakillari, agentlar orqali mutlaq nazoratni amalga oshirish istagi»; Foydalanish huquqi – ashyodan (narsadan) shaxsan foydalanish huquqi; Tasarruf etish yoki boshqarish huquqi – ashyo qanday va kim tomonidan foydalanilishi mumkinligi to`g`risida qaror qabul qilish huquqi;
Shunday qilib, mulkchilik huquqlarini tafsirlashga nisbatan bunday yondashuv ancha moslashuvchan bo`lib, bu uni bozorda murakkab bitimlarni tuzishda, individlar o`rtasida resurslardan foydalanish borasida har qanday murakkab o`zaro munosabatlarni amalga oshirishda o`ta samarali vositaga aylantiradi. Masalan, yollash bo`yicha har qanday bitim huquqlar «tutami»ning «qismlarga ajralishini» va ijarachi tomonidan uning bir qismiga (kamida foydalanish huquqiga) ega bo`linishini nazarda tutadi. Huquqlar «tutami»ning yanada murakkab ko`rinishlari mulkning trast boshqaruvi, lizing, franchayzing va tijort faoliyatini tashkil etishning boshqa murakkab shakllarini qo`llash chog`ida yuz beradi. Mamlakatimizda yaratilgan ishbilarmonlik muhiti qulay investitsiyaviy jozibadorlikning muhim tarkibiy qismi va omilidir. O‘zbekistonda Jahon banki tomonidan ishlab chiqilgan metodologiyaga mos va mamlakatimizda biznesni yuritish bilan bog‘liq barcha jarayonlarni yanada liberallashtirish, soddalashtirish, arzonlashtirish va ularning ochiqligini ta’minlashga yo‘naltirilgan kompleks dastur qabul qilindi. Download 363.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling