14-mavzu. Tashqi ta`sirlar va unga oid davlat siyosati reja
Download 256.62 Kb.
|
14-MAVZU. TASHQI TA`SIRLAR VA UNGA OID DAVLAT SIYOSATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14.1.Tashqi ta’sirlar va bozor samarasizligi
- Farovonlik iqtisodiyoti: Eslatma
14-MAVZU. TASHQI TA`SIRLAR VA UNGA OID DAVLAT SIYOSATI Reja: 14.1. Tashqi ta’sirlar va bozor samarasizligi. 14.2. Salbiy tashqi ta’sirlar. 14.3. Tashqi ta’sirlarga qaratilgan davlat siyosati. TАYANCH SO‘Z VA IBORALAR: Tashqi ta’sir, tashqi ta’sirni o‘zlashtirish, tuzatuvchi soliq, Kouz teoremasi operatsion xarajatlar, ijobiy tashqi ta’sirlar, operatsion xarajatlar. 14.1.Tashqi ta’sirlar va bozor samarasizligi Ushbu bo‘limda biz tashqi ta’sirlar iqtisodiy farovonlikka qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganish uchun 7-bobdagi farovonlik iqtisodiyoti usullaridan foydalanamiz. Bu tahlil nima uchun tashqi ta’sirlar bozorlarning resurslarni samarasiz taqsimlashiga olib kelishini aniq ko‘rsatadi. Bobning oxirida, biz bu turdagi bozor muvaffaqiyatsizliklarini shaxslar va jamiyat siyosatchilari bartaraf qiladigan turli yo‘llarni ko‘rib chiqamiz. Farovonlik iqtisodiyoti: Eslatma Biz 7-bobni farovonlik iqtisodiyoti asosiy darslarini eslashdan boshlaymiz. Tahlilimizni aniq qilish uchun biz ma’lum bozor – alyuminiy bozorini ko‘rib chiqamiz. 1-rasm alyuminiy bozori talab va taklif chizig`ini ko‘rsatadi. Agar 7-bobdan eslasangiz, talab va taklif chizig`i harajatlar va daromadlar haqida muhim ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi. Alyuminiy uchun talab chizig`i iste'molchilar to‘lashga tayyor narxlarda o‘lchanadigan alyuminiy miqdorini aks ettiradi. Har qanday berilgan miqdorda, talab chizig`i balandligi chekli xaridor to‘lashga tayyor bo‘lgan narxni ko‘rsatadi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, u iste'molchiga oxirgi sotib olingan alyuminiy birligining narxini ko‘rsatadi. Xuddi shunday, taklif chizig`i alyuminiy ishlab chiqarish harajatlarini aks ettiradi. Har qanday berilgan miqdorda, taklif chizig`i balandligi chekli sotuvchi harajatlarni ko‘rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, u ishlab chiqaruvchi uchun oxirgi sotilgan alyuminiy birligining harajatlarini ko‘rsatadi. Hukumat aralashuvi bo‘lmasa, narx alyuminiy uchun taklif va talab muvozanatini to‘g`rilaydi. Ishlab chiqarilgan va iste'mol qilingan alyuminiyning bozordagi miqdori 1-rasmdagi Qbozor sifatida ko‘rsatilgan bozor muvozanatida u ishlab chiqaruvchi va iste'molchilarning umumiy ortiqchaligini maksimallashtirishi ma’nosida samaralidir. Bu shuni anglatadiki, bozor resurslarni shunday taqsimlaydi, alyuminiyning iste'molchilar ushun umumiy qiymatidan ishlab chiqaruvchilar sotadigan alyuminiyning umumiy harajatlari ayrilgani (qiymat – harajat) maksimal darajaga yetadi. Download 256.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling