TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
MOLIYA FAKULTETI MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR YO’NALISHI
KURS ISHI
Mavzu:Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar, ularning tarkibi, qondrish usullari
Ilmiy rahbar: _________________________
Talaba: Omonullayev Z.
2022-2023 o`quv yili
Mavzu:Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar, ularning tarkibi, qondrish usullari
Kirish
II. Asosiy qism
1.Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar, ularning turlari va turkumlanishi
2.Ehtiyojlar va ularning turlari. Iqtisodiy resurslar.
3. Resurslarning kamyobligi va ehtiyojlarni qondirishning optimal darajasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Insonning hayotiy faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan vositalarning aksariyat qismi inson mehnati bilan yaratiladi. Shunga ko‘ra, ehtiyojlarning mavjudligi ishlab chiqarishning uzluksiz ravishda amalga oshirilishini ham taqozo etadi. Ishlab chiqarish jarayonida sodir bo‘ladigan munosabatlar ayirboshlash, taqsimot va iste’mol jarayonlarida bo‘ladigan munosabatlarga yo‘nalish beradi va ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish jarayonidagi munosabatlar boshqa fazalardagi munosabatlarning tavsifini belgilab beradi. Mazkur bobda bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoniga tegishli muammolar qarab chiqiladi. Ishlab chiqarish omillari tavsiflanadi, ishlab chiqarishning maqsadi va mazmuni ochib beriladi, so‘ngra uning natijalari va samaradorligi bilan bog‘liq masalalar bayoni beriladi. Tahlilda «ishlab chiqarish imkoniyati» tushunchasiga ham o‘rin ajratiladi. Bobning oxirida keyingi qo‘shilgan mahsulot va uning kamayib borishi, keyingi qo‘shilgan mehnat va kapital unumdorligining pasayib borishi qonunining mazmuniga tegishli marjinalistik g‘oyalar bilan tanishtiriladi.
Iqtisodiyot asoslarini, uning amal qilish qoida va tamoyillarini o‘rganish, iqtisodiy muammolarni hal etish eng avvalo ehtiyoj tushunchasi bilan uzviy bog‘liqdir. Chunki, birinchidan, inson hayotiga turli ehtiyojlarning paydo bo‘lishi va qondirilishi jarayoni sifatida qarash mumkin. Ikkinchidan esa, iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligi orqali namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |