14-mavzu. Tashqi ta`sirlar va unga oid davlat siyosati reja
Bozorga asoslangan siyosat 1: tuzatuvchi soliq va subsidiyalar
Download 256.62 Kb.
|
14-MAVZU. TASHQI TA`SIRLAR VA UNGA OID DAVLAT SIYOSATI
Bozorga asoslangan siyosat 1: tuzatuvchi soliq va subsidiyalar.
Tashqi ta’sirga javoban xatti-harakatni tartibga solish o‘rniga, davlat ijtimoiy samaradorlik bilan xususiy rag`batlantirishlarni moslashtirishda bozorga asoslangan siyosatdan foydalanishi mumkin. Masalan, biz avval ko‘rganimizdek, hukumat salbiy tashqi ta’siri bor faoliyatni soliqqa tortish va ijobiy tashqi ta’siri bor faoliyatni subsidiya qilish orqali tashqi ta’sirlarni o‘zlashtirishi mumkin. Salbiy tashqi ta'sirlar bilan shug`ullanish uchun kuchga kirgan soliqlar tuzatuvchi soliqlar deyiladi. Ular, shuningdek, ulardan foydalanish tarafdori bo‘lgan iqtisodchi Artur Pigu (1877-1959) nomiga Pigu soliqlari deb ham yuritiladi. Ideal tuzatuvchi soliq salbiy tashqi ta’sirli faoliyat tashqi harajatlariga teng bo‘ladi va ideal tuzatuvchi subsidiya ijobiy tashqi ta’sirli faoliyat tashqi foydasiga teng bo‘ladi. Iqtisodchilar odatda ifloslanishni bartaraf qilish yo‘li sifatida tuzatuvchi soliqlarni afzal ko‘rishadi, chunki ular jamiyat uchun kam harajatda ifloslanishni kamaytirishi mumkin. Nima uchunligini ko‘rish uchun keeling, bir misolni ko‘rib chiqaylik. Faraz qilaylik, ikkita korxona – qog`oz ishlab chiqaruvchi va po‘lat ishlab chiqaruvchi, har yili bir daryoga 500 tonna chiqindi chiqaradi. EPA bu ifloslanish darajasini kamaytirishni xohlaydi. U ikki yechimni ko‘rib chiqadi: Tartibga solish: EPA ifloslanishini kamaytirish uchun har bir zavodga yiliga 300 tonna chiqindi chiqarishini aytishi mumkin. Tuzatuvchi soliq: EPAhar bir zavod chiqaradigan chiqindining har bir tonnasi uchun 50,000 so‘m dan soliq undirishi mumkin. Tartibga solish ifloslanish darajasini belgilaydi, soliq esa ifloslanishni kamaytirish uchun zavod egalariga qaratilgan iqtisodiy tayanch bo‘ladi. Qaysi yechimni yaxshiroq deb, o‘ylaysiz? Ko‘pchilik iqtisodchilar soliqni afzal ko‘radi. Bu afzallikni tushuntirish uchun ular birinchi soliq ifloslanish umumiy darajasini kamaytirishda tartibga solish samarali ekanligiga ishora qilishadi. EPA tegishli darajada soliq joriy etish orqali o‘zi istagan ifloslanish darajasiga erishishi mumkin. Soliq qancha yuqori bo‘lsa, ifloslanishni kamaytirish shuncha katta bo‘ladi. Soliq yetarlicha yuqori bo‘lsa, fabrikalar ifloslanishni nolga tushirib umuman zavodni yopadilar. Tartibga solish va tuzatuvchi soliqlar ifloslanishni kamaytirishga qodir bo‘lsa-da, soliq bu vazifani yanada samaraliroq amalga oshiradi. Tartibga solish har bir zavoddan bir xil miqdorda ifloslanishni kamaytirishni talab qiladi. Ammo teng kamaytirish suvni tozalash uchun arzon yo‘l emas. Qog`oz zavodi po‘lat zavoddan ko‘ra ancha past harajat bilan ifloslanishni kamaytirishi mumkin. Agar shunday bo‘lsa, qog`oz zavodi soliq to‘lashning oldini olish uchun ifloslanishni katta miqdorda kamaytirishi mumkin, po‘lat zavodi ifloslanishni kamaytirishga kam harakat qilib, soliqni to‘lab qo‘ya qoladi. Odatda, tuzatuvchi soliq ifloslantirishga narx qo‘yadi. Bozorlar tovarlarni eng yuqori baholaydigan xaridorlarga sotgani kabi, tuzatuvchi soliq ham ifloslanishni kamaytirishda eng yuqori narxga ko‘nadigan fabrikalar ifloslantirish stavkalarini ajratadi. EPA qaysi ifloslanish darajasini tanlashidan qat’iy nazar, u soliq yordamida eng past umumiy harajat bilan bu maqsadga erishishi mumkin. Iqtisodchilar tuzatuvchi soliqlar atrof-muhit uchun ham yaxshiroqdir, deb aytishadi. Buyruq va nazorat tartibga solish siyosati ostida fabrikalar uchun 300 tonna chiqindidan boshqa yana chiqindi chiqarishni kamaytirish uchun hech qanday sabab yo‘q. Aksincha, soliq fabrikalarni toza texnologiyalarni rivojlantirishga undaydi, chunki toza texnologiya zavod to‘lashi kerak soliq miqdorini kamaytiradi. Tuzatuvchi soliqlar boshqa soliqlardan farq qiladi. 8-bobda muhokama qilinganidek, aksariyat soliqlar rag`batlantirishni buzadi va resurslar taqsimotini ijtimoiy maqbul darajadan uzoqlashtirib yuboradi. Iqtisodiy farovonlikdagi kamayishi ya’ni iste'molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligida, hukumat ko‘taradigan daromadlar miqdoridan oshib ketadi, natijada yo‘qotishlarga sabab bo‘ladi. Aksincha, tashqi ta’sirlar mavjud paytda, jamiyat zarar ko‘rgan boshqa odamlar farovonligi haqida ham qayg`uradi. Tuzatuvchi soliqlar tashqi ta’sirlar borligini hisobga olib, natijada resurslarni taqsimoti ijtimoiy maqbul darajaga yaqinlashishni ta’minlaydi. Shunday qilib, tuzatuvchi soliqlar hukumat uchun daromad oshirish bilan bir vaqtda iqtisodiy samaradorlikni ham oshiradi. Download 256.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling