X. s h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
sugurta ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- SUG‘URTA ISHI Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma T O S H K E N T 2006
- A.Vahobov
- 1-mavzu . Sug‘urtaning mohiyati va funksiyalari Sug‘urtaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati. Sug‘urtaning funksiyalari.
- Sug‘urtaning ijtimoiy- iqtisodiy mohiyati
- Sug‘urtaning funksiyalari 1-chizma. Sug‘urta funksiyalarining majmuasi.
- Sug‘urtaga bo‘lgan talab asosida subyektlarning qarorni qabul qilish bosqichlari.
- Sug‘urta riskini qoplash bo‘yicha strategiyani tanlash.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI X . S H E N N A Y E V , T . B A Y M U R A T O V SUG‘URTA ISHI Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma T O S H K E N T 2006 2 © «Turon-Iqbol», 2006-y. M a s ’ u l m u h a r r i r : A.Vahobov, i.f.d., professor. Taqrizchilar: A.Jo‘rayev, i.f.d., professor, P.Saidxodjayev, i.f.n., dotsent. 1805040400- 28 SH 2006 M 361( 04)- 2006 3 KIRISH O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar bozor munosabatlari talablariga mos bo‘lgan sug‘urta tizimini barpo etishni taqozo etdi. Mustaqillikning dastlabki yillarida mamlakatda yagona — davlat sug‘urta organlari faoliyat yuritgan bo‘lsa, hozirgi paytda raqobat muhitida sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatuvchi 25 ta turli mulk shaklidagi sug‘urta tashkiloti va 300 dan ortiq ularning filiallari mavjud. Mavjud sug‘urta tashkilotlari- ning 5 dan ziyodi xorijiy kapital ishtirokidadir. Hozirgi paytda, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, sug‘urta tashkilotlari va ularning filiallarida 3000 dan ortiq mutaxassislar ishlaydi. Bugungi kunda aholiga munosib turmush tarzini yaratish, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, mamlakat iqtisodiyotining jahon xo‘jalik tizimiga integratsiyalashuvini jadallashtirish — hukumat olib borayotgan siyosatning markaziy o‘rinlaridan birini egallaydi. Milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga erishishda sug‘urta tizimi muhim ahamiyatga ega. Birinchidan, oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan tabiiy va boshqa hodisalarning ro‘y berishi oqibatida ko‘rilgan zararlarning sug‘urta yo‘li bilan qoplanishi korxona va tashkilotlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlaydi, ikkinchi- dan, sug‘urta tashkilotlarida zaxira shaklida yirik miqdorda bo‘sh pul mablag‘larining mavjud bo‘lishi investitsion resurslarga bo‘lgan ehtiyojni qondirishda o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Yildan yilga respublikamizda sug‘urta tashkilotlari tomonidan yig‘ib olinadigan sug‘urta mukofotlari miqdori o‘sib bormoqda. Buni quyidagi raqamlardan ham bilib olish mumkin: 2000-y. — 8349,4 mln so‘m; 2001-y. — 16236,8 mln so‘m; 2002-y. — 21606,3 mln so‘m; 2003-y.— 27064,5 mln so‘m; 2004-y. — 32875,4 mln so‘m. Iqtisodiyotning rivojlanishida sug‘urta sohasi strategik aha- miyatga ega bo‘lganligi uchun ushbu tarmoqni rivojlantirishga 4 mamlakat rahbariyati va hukumati tomonidan katta e’tibor berilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sug‘urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida» 2002-yil 31-yanvarda qabul qilgan Farmoniga muvofiq, 2002-yilning 1-fevralidan boshlab, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta tashkilotlari 3 yil muddatga daromad (foyda) solig‘i to‘lashdan ozod etildi. Soliq to‘lashdan bo‘shagan mablag‘larning katta qismi respublika mintaqalarida sug‘urta tash- kilotlarining bo‘linma va agentlik tarmoqlarini rivojlantirishga sarflandi. Bunday sharoitda sug‘urta sohasining yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoji yanada oshadi. Shuni e’tiborga olgan holda mamlakatimizda sug‘urta tizimi uchun malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti, Toshkent Moliya institutida «Sug‘urta ishi» bakalavriat yo‘nalishi va mazkur yo‘nalish bazasida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda va sug‘urta sohasi uchun kadrlar tayyorlash uzluksiz tizimini yaratish maqsadida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bo‘g‘ini darajasida sug‘urta bo‘yicha kadrlar tayyorlash boshlandi. Jumladan, Toshkent Bank kolleji- da «Sug‘urta ishi» bo‘yicha o‘rta maxsus ta’lim berish tashkil etildi. Bunday kollejlarning safi yanada kengayadi, degan umiddamiz. 5 1-mavzu . Sug‘urtaning mohiyati va funksiyalari Sug‘urtaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati. Sug‘urtaning funksiyalari. Bozor munosabatlari takomillashuvi iqtisodiy infratuzilmaning qaror topishi bilan birgalikda kechadigan jarayondir. Sug‘urta faoliyati iqtisodiy infratuzilmaning ajralmas qismi sifatida bir tomondan, ijtimoiy kafolatni ta’minlasa, ikkinchi tomondan, shartnomaviy majburiyat va tariflar mexanizmi orqali turli sug‘urta risklaridan ogoh etish negizida iqtisodiyot subyektlari manfaatlarining himoyasini ham o‘z zimmasiga oladi. Sug‘urta faoliyati jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini himoya qilish, ularning risklar yuz berishi oqibatida ko‘rishi ehtimol bo‘lgan zararlarini qoplashning zaruriy vositasi sifatida paydo bo‘ldi hamda rivojlandi. Shunday anglanilgan zarurat — aniq sug‘urta manfaatlari negizida sug‘urta munosabatlari yuzaga keldi. Sug‘urta munosabatlari, ularning tashkiliy shakllari qandayligidan qat’i nazar, sug‘urta fondini yaratish va undan foydalanish jarayonidir. Ta’kidlash lozimki, sug‘urta munosabatlari — murakkab va keng qamrovli moliyaviy-pullik iqtisodiy munosabatlar bo‘lib, ular yuzaga kelishi uchun o‘zaro bog‘liq shart-sharoit majmuasi mavjudligi ham muhimdir. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida ko‘p ukladli iqtisodiyot shakllantirilmoqda. Mamlakatimizda «2001- yili 63 mingga yaqin korxonalar xususiy tarmoq vakillari sifatida faoliyat ko‘rsatgan» 1 bo‘lsa, «2002-yilda ... ularning umumiy soni 240 mingtaga Sug‘urtaning ijtimoiy- iqtisodiy mohiyati 1 Qarang: «Iqtisodiyotni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish — bosh yo‘limiz». Prezident Islom Karimovning 2001-yilda Respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari, iqtisodiy islohotlarning borishini baholash hamda 2002-yilgi vazifalarga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida so‘zlagan nutqi.// «Xalq so‘zi» gazetasi, 2002-yil, 16-fevral. 6 yetdi» 1 . «2003-yilda tasdiqlangan xususiylashtirish dasturi doirasida... 980 dan ziyod xususiy korxona va mulkchilik shakli davlatga tegishli bo‘lmagan 400 ta boshqa turdagi korxonalar tashkil etildi» 2 . «2005—2006-yillarda xususiylashtirish dasturiga muvofiq 627 davlat korxonasi, obyektlar, aksiyalar paketlari va ulushlar sotil- gan..., joriy yilning 9 oyi mobaynida 729 davlat korxonasi mulkchilik shaklini o‘zgartirdi, 659 korxona va obyektlar xususiy mulkdorlar tomonidan sotib olindi» 3 . O‘zbekistonda tadbirkorlikning rivoj topishi jarayonida turli risklarning yuz berishi ehtimoli mavjudligi, shuningdek, ijtimoiy hayotning o‘zida namoyon bo‘lishi mumkin bo‘lgan qarama- qarshiliklar subyektlarning sug‘urta faoliyatiga, xususan, risklar transferiga bo‘lgan munosabatlarini ijobiy tomonga o‘zgartirdi. Sug‘urta faoliyati bozor munosabatlarining eng muhim unsuriga aylandi. «Sug‘urta faoliyati deganda sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining sug‘urtani amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyati tushuniladi» 4 . «Shu narsa aniqki, bugungi kunda xo‘jalik yurituvchi subyektlar... sug‘urta tizimisiz samarali ishlash, investitsiya faoliyati bilan shug‘ullanish, kredit olish imkoniyatiga ega emas» 5 . Shu o‘rinda, ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish)da uzluksizlikni ta’minlash imkoniyatini yaratish maqsadiga yo‘naltirilgan, mulkchilik shakllariga ko‘ra, maxsus qayta taqsimlash munosabatlari tizimi mavjudligi iqtisodiyot subyektlari 1 «Islohotlar strategiyasi — mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishdir». Prezident Islom Karimovning 2002-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivoj- lantirish yakunlari va 2003-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi.// «Xalq so‘zi» gazetasi, 2003-yil, 18-fevral. 2 Qarang: «Erishgan marralarimizni mustahkamlab, islohotlar yo‘lidan izchil borish — asosiy vazifamiz». Prezident Islom Karimovning 2003-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2004-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi maj- lisidagi ma’ruzasi.// «Xalq so‘zi» gazetasi, 2004-yil, 10-fevral. 3 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 20-oktabrda bo‘lib o‘tgan majlisi materiallari. // «Xalq so‘zi» gazetasi, 2005-yil, 21-oktabr. 4 O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni, 3- modda. 5 Qarang: «Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish — eng muhim vazifamiz». Prezident Islom Karimovning 1999-yilda mamlakatni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2000-yilda iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi.// «Xalq so‘zi» gazetasi, 2000-yil, 16-fevral. 7 ravnaqiga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda ularning mulkka egalik qilish, undan foydalanish hamda daromad olishlari kabi manfaatlari yuzaga chiqadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda sug‘urta faoliyatida talab darajasidagi risk transferi shakllanishi va rivojlanishi hamda uni ilmiy asosda o‘rganish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, iqtisodiyot subyektlarining erkinliklari kengayib borayotgan, ular tomonidan mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish)ning yangi turlari o‘zlashtirilishi sug‘urta faoli- yatida risk transferining ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq etish va takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyojni orttirmoqda. Sug‘urtaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini to‘liqroq ochib berish uchun ilmiy adabiyotlarda bu masalaga bo‘lgan yondashuvlarni o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Ularda «sug‘urta-xizmat ko‘rsatish industriyasi» 1 ekanligi qayd etilgan, shunga asoslanib, keyingi yillarda xalqaro iqtisodiy atamashunoslikda «xizmatlar iqtisodiyoti nazariyasi» qaror topayotganligini ta’kidlash mumkin. Sug‘urta faoliyatida o‘z mohiyati nuqtayi nazaridan, aynan «xizmat» tushunchasi fundamental hisoblanadi. Sug‘urtachi tomonidan taklif etilayotgan «xizmat» o‘zida dastlab moddiylik- ni aks ettirmaydi, ya’ni u o‘z mijoziga faqat «va’dani sotadi». Shu nuqtayi nazardan xalqaro savdoda unga «ko‘rinmaydigan faoliyat» 2 deb ham tasnif beriladi. Sug‘urtalanuvchiga shartnoma tuzilganligini tasdiqlovchi dalil-hujjat sifatida «polis» 3 beriladi, xolos. Sug‘urta shartnomasida sug‘urtalanuvchiga sug‘urta voqeasiga ko‘ra, ko‘rishi ehtimol bo‘lgan zararining ekvivalent qiymatidagi pul to‘lovi (ayrim hollarda mol-mulk ko‘rinishida) ta’minlanishi nazarda tutiladi. Shartnomaning bajarilishi unda qayd etilgan ma’lum davr oralig‘ida amalga oshiriladi. Sug‘urtachining sa’y-harakati o‘z mijozlarini sug‘urta polisini sotib olishlari orqali foydali kelishuvni amalga oshirganliklariga ishontirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi muhimdir. Mamlakatimizda bosqichma-bosqich bozor munosabatlari shakllanishi va rivojlanishi, iqtisodiyot subyektlarining yuksak 1 Qarang: Insurance: Principles and Practice. Compiled by David Bland, The Chartered Insurance Institute, Great Britain, 1993. p. 1 b. 3. 2 Qarang: Insurance: Principles and Practice. Compiled by David Bland, The Chartered Insurance Institute, Great Britain, 1993. p.1 b. 4. 3 Qarang: Åôèìîâ Ñ. Ë. Ýíöèêëîïåäè÷åñêèé ñëîâàðü. Ýêîíîìèêà è ñòðàõîâàíèå. M.: Serix -PEL, 1996. I-X, ñ. 347. 8 darajadagi iqtisodiy mustaqilligi, erkinligi darajasi ortib borayotgan jarayonda doimo risklar mavjud bo‘lishi kuzatiladi. Ular manfaatlariga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan va doimiy takrorlanib turadigan risklarni qayta taqsimlash, ya’ni o‘ziga xos bo‘lgan maxsus xizmat bilan sug‘urta shug‘ullanadi. «Sug‘urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to‘laydigan sug‘urta mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug‘urta hodisasi) yuz berganda, ushbu shaxslarga sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash yo‘li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi» 1 . Sug‘urtaning o‘ziga xos funksiyalari uning doimiy takrorlanib turuvchi qator vazi- falarida namoyon bo‘ladi. Sug‘urtaning funksiyalari (Sf) riskdan himoya (RH), ogoh etish (OE), investitsiya (I), jamg‘armachilik(J)dan, ya’ni: Sf=RH+OE+I+J dan iborat bo‘lgan bo‘lsa, XXI asr boshida uning yangi (axborot berish va texnologik (AT), shuningdek, rivojlanayotgan davlatlar misolida ijtimoiy himoya (IH) kabi funksiyalari namoyon bo‘layotganligi haqida ham fikr bildirish mumkin. Sug‘urta funksiyalarining yangi majmuasi (1-chizma) Sf=RH+IH+OE+ +I+J+AT kabilardan iborat bo‘lib qoldi. Individual sug‘urta doirasida har bir shaxs o‘z ehtiyoji hamda manfaatidan kelib chiqib, sug‘urta shakli va qoplama summasi hajmini ixtiyoriy asosda belgilaydi. Shu o‘rinda, sug‘urta faoliya- tining ijtimoiy himoya funksiyasi yaqqol namoyon bo‘ladi. Sug‘urtaning funksiyalari 1-chizma. Sug‘urta funksiyalarining majmuasi. 1 O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni, 3-modda. 9 Sug‘urta — moliyaviy ta’minot vositasi sifatida mijozlarning mol-mulkini risklardan himoyasini kafolatlashi orqali sug‘urta- lanuvchining ijtimoiy-iqtisodiy himoyasini ta’minlaydi. Bizning nazarimizda, bunday himoya ta’minlanishida sug‘ur- taning riskdan himoya funksiyasidan farqli ravishda ijtimoiy himoya funksiyasi mijoz uchun ahamiyatliroq sanaladi. Bu holat rivojlanayotgan davlatlarda fuqarolarning jon boshiga olayotgan daromadlari nuqtayi nazaridan kelib chiqib, yangi mulklarni sotib olish imkoniyatlari cheklanganligi sababli, ular uchun ko‘proq mohiyat kasb etishi bilan izohlanadi. Sug‘urta faoliyatining talab va taklif asosida rivoj topishi, bir tomondan, turli mulkchilik shakllaridagi sug‘urta tashkilotlarining faoliyat ko‘rsatishlari uchun zaruriy shart-sharoitni yaratsa, ikkinchi tomondan, xo‘jalik subyektlarining mol-mulk hamda daromadlarini kutilmagan turli risklardan himoyasini ta’minlaydi. Xuddi shunday asosga ko‘ra, sug‘urta xizmatiga bo‘lgan talabdan kelib chiqib, subyektlarning qarorni qabul qilish bosqichlari (2- chizma) namoyon bo‘ladi: a) sug‘urtaga bo‘lgan talabni aniqlash. Subyektlar tomonidan sug‘urta xizmatiga bo‘lgan talab xilma-xilligiga qaramasdan, ular o‘rtasida o‘zaro umumiylik mavjuddir. Bizning fikrimizcha, subyektlarning mazkur talablarga bo‘lgan ehtiyoj va maqsadlaridan kelib chiqib, ularni quyidagicha guruhlash mumkin: — mol-mulk va ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq munosabatlarda namoyon bo‘ladigan murakkab risklardan himoyalanishga bo‘lgan ehtiyojga asoslanib; — kutilmagan iqtisodiy risklardan himoyalash yuzasidan ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan maqsaddan kelib chiqib; 2-chizma. Sug‘urtaga bo‘lgan talab asosida subyektlarning qarorni qabul qilish bosqichlari. 1 0 — inson omilidan foydalanishga bo‘lgan talabga binoan; — tashqi muhit ta’sirini optimallashtirish yuzasidan himoyaga bo‘lgan zaruratga ko‘ra; b) sug‘urta xizmatining muqobil variantlarini izlash o‘z-o‘zini sug‘urtalash hisoblanadi. Unga ko‘ra, ko‘rilishi ehtimol bo‘lgan zararni qoplash uchun maxsus fondga ajratmalar hisobiga riskning to‘liq yoki uning ma’lum qismini sug‘urtalash amalga oshiriladi. Yirik korxonalar, ishlab chiqarish guruhlari keptiv sug‘urta tashkilotini 1 tashkil etish yoki sotib olish borasida kengroq imkoniyatga ega bo‘lib, ular mazkur sug‘urta tashkilotiga risklarni boshqarish vazifasini ham yuklab qo‘yishlari mumkin. d) takliflarni o‘rganish, tahlil etish va tanlash. Bunda yuz berishi ehtimol bo‘lgan risk holatlariga ko‘ra, subyekt o‘z oldiga qo‘ygan vazifalaridan kelib chiqib, sug‘urtalash strategiyasini (3- chizma) tanlaydi. Sug‘urta riskini qoplash maqsadida, aniq bir sug‘urta turini tanlash bo‘yicha qaror qabul qilishda, yakka tartibda takliflarni ishlab chiqish mijozning sug‘urta xizmatiga bo‘lgan talabidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Mazkur tanlov jarayonida sug‘urta hodisasi, ya’ni risk darajasi muhim rol o‘ynaydi. Masalan, birinchi holatda subyektning 1 Keptiv sug‘urta tashkiloti (ing. «Captive insurance company») — bu yirik moliya-sanoat guruhlari yoki ko‘p tarmoqli konsernlar tarkibiga kiruvchi xo‘jalik subyektlari hamda ta’sischilarning korporativ sug‘urta manfaatlariga xizmat qiluvchi aksionerlik sug‘urta kompaniyasidir. Uning faoliyati asosan qayta sug‘urtalash operatsiyalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgandir. (Qarang. Åôè- ìîâ Ñ. Ë. Ýíöèêëîïåäè÷åñêèé ñëîâàðü. Ýêîíîìèêà è ñòðàõîâàíèå. M.: Serix-PEL, 1996, I—X, c. 224.) . 3-chizma. Sug‘urta riskini qoplash bo‘yicha strategiyani tanlash. 1 1 sug‘urta fondidan risk qoplamasini olishga bo‘lgan zarurati yuqori ekanligi kuzatilsa, boshqa holatlarda, ya’ni o‘rtacha va yengil risk darajasidagi hodisalar yuz berishi oqibatlarini odatdagi me’yoriy qoplamalar yoki o‘z hisobidan tugatish imkoniyati mavjudligi sababli, subyekt sug‘urta xizmatiga ehtiyoj sezmaydi. Bu jarayonda risk darajasi yuqoriligi subyektning sug‘urtaga bo‘lgan talabini oshirsa, aksincha holat, risk darajasi o‘rtacha yoki yengilligi, uning bunday kafolatli himoyaga bo‘lgan talabini pasaytiradi. Shu o‘rinda, aholining sug‘urta xizmatiga bo‘lgan talabini o‘rganib chiqish ham maqsadga muvofiqdir. Keyingi yillarda jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi tub o‘zgarishlar aholining ham sug‘urta xizmatiga bo‘lgan talabini orttirmoqda. Sug‘urta xizmatining aholi tomonidan sotib olinishi subyektiv tanlov, oqilonalik va ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, shaxsning o‘ziga xos xususiyati, hayot muhiti va shu kabi omillar bu tanlovga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Oila daromadining ortishi va shaxs yoshining ulg‘aya borishi ham riskdan himoyalanishga bo‘lgan ehtiyojni oshiradi 1 . Sug‘urta tashkilotlari tomonidan taklif etilayotgan yuz berishi ehtimol bo‘lgan riskdan sug‘urtalash doimiy takomildagi xizmat bo‘lib, u ko‘p jihatdan mijozning talab va istaklariga bog‘liqdir. Demak, sug‘urta xizmati darajasining qandayligi o‘ziga xos takomillashuv an’anasiga ega bo‘lib, u mahsulot ishlab chiqarishdan farqlidir. Bu farqlilik quyidagi oqibatlarni keltirib chiqaradi: — birinchidan, me’yoriy va samarali ishlab chiqarish jarayo- nini ta’minlash uchun zaxira fondidan foydalanish orqali talabning o‘zgaruvchanligini muvofiqlashtirish imkoniyati mavjud emas. Bunday talabga javob berish uchun uning eng yuqori darajasida ham unga muvofiq ravishdagi ishlab chiqarish zaxiralari mavjudligini ta’minlash muhim bo‘lib, u universal zaxiralar tizimini yaratish yoki talabni boshqarish usulini joriy etish zaruratini keltirib chiqaradi. Bu muammo sug‘urta tashkilotlari uchun birmuncha murakkab kechadi. Mazkur murakkablik polislarni boshqarish, sug‘urta hodisasi yuz berganligini tekshirish va uning oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan sug‘urtalanganlar- ga sug‘urta qoplamasining to‘lanishida namoyon bo‘ladi; 1 Qarang: Ôîðåñüåòè Ä. Ñòðóêòóðà ñïðîñà â ñòðàõîâàíèè. Ïåð. ñ èòà- ëüÿíñê. Strategy and Marketing Uniwersita Commerciale L. Bjccjni Milano, 1995. ñ.74. 1 2 — ikkinchidan, mijoz to sug‘urta xizmatidan foydalanguniga qadar sug‘urta tashkiloti va uning imkoniyatlari darajasi to‘g‘risida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishi muhimdir. Bu holat, o‘z navbatida, mazkur xizmatni taklif qilish hamda uni ko‘rsatish jarayonlarida sug‘urtachidan qator tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi. Sug‘urta xizmatidan foydalanishda sug‘urta tashkilotining kafolati qandayligi mijoz uchun yaratilgan imkoniyat darajasi bilan o‘lchanadi. Bizning fikrimizcha, bu borada sug‘urta faoliyatida risk transferi jarayonida qo‘llaniladigan ba’zi bir terminlarga aniqliklar kiritilishi talab etiladi. Mijoz tomonidan sug‘urta xizmatining sotib olinishi, uning «polis»ga imzo chekishidan boshlanadi. Bu holat mijoz sug‘urta xizmatining tashkillashgan tuzilmasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lganligini anglatadi. Sug‘urta faoliyatidan farqli ravishda xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarda «ishlab chiqarish» va «iste’mol» tushunchalari o‘zaro mos keladi. Sug‘urta faoliyatida esa, xizmatning «ishlab chiqarish» konsepsiyasi keng ma’noda qo‘llaniladi, unda «iste’mol» mijoz tomonidan biron-bir aniq mulkka egalik qilishini anglatmaydi. Haqiqatda, mijoz polisni sotib olishi bilanoq, sug‘urta xizmatidan foydalanishi nisbiydir. Bunda yuz berishi ehtimol bo‘lgan risk bo‘yicha javobgarlik «mijozdan — sug‘urtachiga» o‘tkazilganligi kuzatiladi. Ko‘rilishi ehtimol bo‘lgan risk bo‘yicha javobgarlik polisga egalik boshlangan davrdan to bu muddat tugagunga qadar, ya’ni shartnomaning amal qilish jarayonida sug‘urtachining sug‘urta qoplamasini ta’minlash borasidagi iqtisodiy imkoniyati qandayligi bilan belgilanadi. Mijoz sug‘urtachi bilan o‘zaro kelishuv shartlariga muvofiq aniq bir sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urta xizmatini sotib olishi vaqtidan to sug‘urta hodisasi yuz bergunga qadar, shartnomada qayd etilgan talab qanday bajarilishini oldindan aniq bila olmaydi. Bu xizmat darajasini ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini aniqlash kabi an’anaviy o‘lchamlar orqali bilib bo‘lmaydi. Ehtimollikka ko‘ra, sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda, sug‘urtalanuvchi shartnomada belgilangan majburiyat bajarilishida sug‘urta tashkiloti tomonidan kamchiliklarga yo‘l qo‘yilsa yoxud ko‘rsatilayotgan xizmatdan qoniqish hosil qilmasa, u boshqa shunday muqobil xizmatdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Bu holat, ya’ni sug‘urtachini oldindan sinab ko‘rish 1 3 imkoniyati mavjud emasligi, albatta, mijozning, sug‘urtaga bo‘lgan ishonchini pasaytiradi. Sug‘urtalanuvchining riskni o‘z zimmasiga olmoqchi bo‘lgan sug‘urta tashkiloti tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat sifati va majburiyatlari bajarilishi darajasi, uning moliyaviy imkoniyatlarini bilishi sug‘urta xizmatini ko‘rsatuvchi subyektni to‘g‘ri tanlash imkoniyatini yuzaga keltiradi. Jismoniy shaxslar tomonidan ham bunday ma’lumotlar o‘rganib chiqilishi ahamiyatlidir. Sug‘urta xizmatini ishlab chiqarish bilan taqqoslab o‘rganish orqali ular o‘rtasidagi tafovutni anglab olish mumkin. Ishlab chiqarish bosqichlari quyidagicha tasniflanadi: «moddiy-texnik ta’minot — ishlab chiqarish jarayoni — sotish». Odatda, «oddiy» ishlab chiqarishda omillar sotib olinib, qayta ishlanib, tovarga aylantirilib, so‘ngra sotuvga chiqariladi. Bu tasnif sug‘urta faoliyatiga mos tush- maydi va bunday ketma-ketlik uning uchun xarakterli emas. Xuddi boshqa ishlab chiqaruvchi subyektlar singari sug‘urta tashkiloti ham ishlab chiqarish omillarini xarid qilsa-da, unda xizmat ko‘rsatishning davriy ketma-ketligi farqlidir. Sug‘urta xizmati mijozning talabiga ko‘ra, uni omillar bilan ta’minlashdan boshlanadi. Bu omillar, albatta, o‘zida riskni namoyon etadi. Agarda risk omili mavjud bo‘lmasa, sug‘urta faoliyati uchun talab yuzaga kelmaydi. Mijozni sug‘urta omillari bilan ta’minlash bir vaqtning o‘zida sug‘urta tashkiloti riskni o‘z zimmasiga olganligini va ayni vaqtda, sug‘urta xizmati sotilganligini ham anglatadi. Shundan kelib chiqib, sug‘urta xizmatini sotish ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) dan oldin keladi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling