X. s h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/18
Sana13.07.2020
Hajmi0.87 Mb.
#123694
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
sugurta ishi


Sug‘urta zaxirasining
turlari

2 5
zilgan bo‘lsa-da, unga muvofiq ravishdagi xizmat hali ko‘rsatil-
magan bo‘lib, bu summaning bir qismi «hali ishlab topilmagan»
hisoblanadi. Sug‘urta mukofoti «ishlab topilgani»dan so‘ng, uning
bir qismi ogoh etish zaxirasiga o‘tkaziladi, ular belgilangan tartibda
daromad (foyda) solig‘iga tortiladi.
— Zararlarni qoplash zaxiralari. Uning hajmi potensial to‘lovlar
hamda 3 foiz atrofidagi tadbirlarni olib borish uchun ajratilgan
xarajatlar summasidan iborat bo‘ladi. Sug‘urta holatiga ko‘ra,
sug‘urtalanuvchining arizasiga binoan, sug‘urtachi zaxiradan qoplama
summasini to‘lash uchun tayyorlaydi, ammo ko‘rilgan zarar sabablarini
aniqlashtirish natijasida sug‘urtalanuvchining aybi bilan sug‘urta
hodisasi yuz bergan bo‘lsa, qoplama to‘lanmasligi ham mumkin.
— Ogoh etuvchi tadbirlar uchun zaxira. Bu zaxira maqsadli
bo‘lib, uni xarajat qilish maxsus vakolatli Davlat organi tomonidan
ishlab chiqilgan Nizomga ko‘ra amalga oshiriladi. Mazkur
tadbirlar sug‘urtalanuvchi bilan kelishilgan holda olib boriladi.
Bu tadbir sug‘urtalanuvchi tomonidan bajariladi, sug‘urtachi esa
uni moliyalashtiradi, xolos.
Zaxiralarning yana boshqa turlari ham mavjud.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, sug‘urta tashkiloti tomonidan
sug‘urtalash, o‘zaro sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash operat-
siyalarini amalga oshirishda, boshqa iqtisodiy faoliyatdan farqli
ravishda, sug‘urta xizmati o‘ziga xoslikka egadir
1
.
Har bir shartnoma bo‘yicha sug‘urta xizmati tannarxini
aniqlash imkoniyati cheklangan. Negaki, sug‘urta tashkiloti o‘z
faoliyatining moliyaviy natijalarini har bir shartnomaga ko‘ra
emas, balki jami sug‘urta turlari bo‘yicha amalda bo‘lgan barcha
shartnomalarning umumiy summasiga asoslanib aniqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasida amaldagi qonunchilikka binoan,
sug‘urta tashkilotlari tomonidan bir vaqtning o‘zida hayot
sug‘urtasi va umumiy sug‘urtani amalga oshirishlari, xuddi xalqaro
amaliyotda bo‘lgani kabi, man etilgan
2
. Sug‘urta shartnomasi
shartlarida qayd etilgan sug‘urta hodisasi yuz berishi oqibatida
ko‘rilgan zarar qoplanishi shart. Buning uchun sug‘urta tashkiloti
maqsadli zaxira mablag‘laridan foydalanadi.

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 914, 929, 930,
939, 941, 959, 960-moddalar. T.: «Adolat». 1996. 408—433-betlar.

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi
Qonuni, 15-modda.

2 6
Yuqorida bayon etilgan sug‘urtaning nazariy-uslubiy asoslari-
dan kelib chiqib, shuni ta’kidlash lozimki, sug‘urtachining asosiy
maqsadi aynan zaxira mablag‘laridan samarali foydalanishi orqali
daromad olishga qaratilgandir.
Bugungi kunga kelib, mamlakatimizda sug‘urtaning tub
ma’noda tadbirkorlik faoliyatiga aylanishi uchun quyidagi ma’lum
shartlar bajarilishi talab etiladi:
— birinchidan, sug‘urta faoliyati bilan shug‘ullanuvchi
ixtisoslashgan tashkilot sug‘urta xizmatini ko‘rsatishi hamda
raqobatli muhitda muvaffaqiyatli ishlashi uchun o‘z moliyaviy
barqarorligini mustahkamlashi, filiallar tarmog‘ini kengaytirishi;
— ikkinchidan, yuridik va jismoniy shaxslarning sug‘urta
zaxirasini shakllantirish jarayonida bevosita ishtirok etish
imkoniyatlarini kengaytirishi, ayni vaqtda ular tomonidan sug‘urta
xizmatiga talabning ham yuqori bo‘lishiga erishishi;
uchinchidan, turli mulkchilik shaklidagi iqtisodiyot
subyektlar, xususan, davlat (budjet mablag‘larini jalb etmagan
holda) ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) jarayonida
yuz berishi ehtimol bo‘lgan risklar bo‘yicha, kutilmagan zarar va
yo‘qotishlarni qoplash mexanizmi sifatida sug‘urta faoliyati
rivojlanishidan manfaatdor bo‘lishi kabilar.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, sug‘urtaga bo‘lgan talabga
xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholining tabiiy ehtiyojlari sifatida
qaramaslik lozim. Bizga ma’lumki, tabiiy ehtiyojlar to‘g‘ridan
to‘g‘ri anglaniladi hamda har bir subyekt ularni o‘zi uchun
namoyon etib, bunday ehtiyojlarini qoniqtirishga harakat qiladi.
Sug‘urta va uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini tadqiq etish shuni
ko‘rsatmoqdaki, boshqa subyektlar bilan o‘zaro munosabatlarni
amalga oshirishda, ularning ishtirokchilari ishlab chiqarish (xizmat
ko‘rsatish, ishlarni bajarish) jarayonidagi iqtisodiy-huquqiy va boshqa
qator majburiyatlarni o‘z zimmalariga oladi. Bu mas’uliyat esa,
subyektning o‘z mulki yoki mulkchilikdagi hissasi bo‘yicha ko‘rishi
ehtimol bo‘lgan risk mavjudligidan kelib chiqib, ularning sug‘urta
faoliyatiga bo‘lgan talabini yuzaga keltiradi. Shuningdek, iqtisodiy,
texnologik, ekologik va boshqa shart-sharoitlarning murakkablashuvi
zamirida qo‘shimcha risklar ham namoyon bo‘ladi.
Sug‘urta risklarining hududlarga ko‘ra, kengligi, davriyligi va
xilma-xilligi, shuningdek, ularning oldini olish hamda qoplash sarf-
xarajatlarining o‘sib borayotganligi ham sug‘urtaning ahamiyatini

2 7
yanada oshirib, unga bo‘lgan talabni orttiradi. Aynan shunday
talabning mavjudligi sug‘urta faoliyati natijasi foydali bo‘lishi va uning
istiqboldagi rivoji uchun zaruriy shart-sharoitni yuzaga keltiradi.
Nazorat va muhokama uchun savollar:
1. Sug‘urta zaxirasini shakllantirish manbasini ayting.
2. Sug‘urta zaxirasini shakllantirishdan maqsad nimaga qaratilgan?
3. O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunida
sug‘urta zaxiralari haqida nima deyilgan?
4. Sug‘urta zaxirasining mablag‘lari qaysi yo‘nalishlarda foydalaniladi?
5. Sug‘urtachining daromadlari qaysi manbalar hisobidan shakllanadi?
6. Sug‘urta zaxirasining qanday turlarini bilasiz?
7. Zararlarni qoplash zaxiralarining mazmunini gapirib bering.
8. Ogohlantiruvchi tadbirlarni moliyalashtirish uchun nima sababdan zaxira
tashkil etiladi?
9. Sug‘urtaning tub ma’noda tadbirkorlik faoliyatiga aylanishi uchun qanday
shartlar bajarilishi talab etiladi?
10. Sug‘urta hodisasi sodir bo‘lishi natijasida yetkazilgan zararlar qanday
holatlarda qoplanadi?
4-mavzu.
Sug‘urta faoliyatida risklar
va risklar transferi
Sug‘urta faoliyatida risklar.
Sug‘urta faoliyatida risklar transferi.
Bozor munosabatlari sharoitida iqtiso-
diyot subyektlarining ko‘proq daromad
olish sa’y-harakatlari doimo risk bilan
bog‘liqlikda kechadi. Shu nuqtayi nazardan «risk» tushunchasi
nazarda tutilgan holatga nisbatan kutilmagan hodisa yuz berishini
anglatadi. Iqtisodiyot subyektlari faoliyatiga ta’sir etishi ehtimoli
bo‘lgan quyidagi risklarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
— tadbirkorlik risklari. Ular subyektning daromad va xarajat-
lari darajasiga ta’sir etuvchi omil sanaladi hamda faoliyati nati-
jasi ularga bog‘liq bo‘lib qoladi;
— sof risklar. Ular zararga olib keluvchi sug‘urta hodisasi yuz
berishi bilan bog‘liqdir.
XXI asr boshida yangi risklar ham paydo bo‘lmoqda. Masa-
lan, iste’molchilarni himoya qilish harakati fuqaroviy javobgarlik
Sug‘urta faoliyatida
risklar

2 8
sug‘urtasini yuzaga keltirdi. Ishlab chiqarish oqibatlari va ularning
atrof-muhitga ta’siri masalasi bilan bog‘liq bo‘lgan ekologik risklar
ham namoyon bo‘lmoqda. Keyingi yillarda texnologik risklar 15
foiz atrofida ortganligi sababli sug‘urta tashkilotlari uchun keng
imkoniyatlar aynan ularni sug‘urtalashda kuzatilmoqda.
Bu jarayonda sug‘urta faoliyatining istiqboli bir tomondan,
unga talab ortib borayotganligida ko‘zga tashlansa, ikkinchi
tomondan, u bilan shug‘ullanish foydali tadbirkorlik sifatida qara-
layotganligida namoyon bo‘lmoqda.
Subyektlarning turli risklarini qayta taqsimlash orqali «sug‘ur-
talanuvchi — sug‘urtachi» o‘rtasida tuzilgan shartnomaga binoan
sug‘urtalash amalga oshiriladi. Bunday qayta taqsimot faqat ehti-
mollik va tasodifiylikka ko‘ra, riskka ega bo‘lgan manfaatlar gu-
ruhi mavjudligida yuz beradi. Agar shartnomaga ko‘ra, sug‘urta
munosabatlarida qatnashuvchi ikkala tomon ham bunday
hamkorlikdan kutilgan samaradorlikni o‘z sarf-xarajatlariga
nisbatan foydali deb hisoblasa, risk transferi
1  
yuzaga keladi. Uning
foydaliligini har bir subyekt o‘z manfaatdorligi nuqtayi nazari-
dan baholaydi (5-chizma).
Sug‘urtalanuvchi uchun manfaatdorlik sug‘urta shartnomasi-
ni tuzishi orqali o‘z riski darajasini qanchalik kamaytira olganligi,
shartnomaning amal qilishi davrida esa, riskning yuz berishi oqiba-

Transfer (lot. transferre) — ko‘chirmoq, oshirmoq, sotish ma’nosida (bu
o‘rinda sug‘urtalash nazarda tutilgan. Qarang: Ìþëëåð Â. Ê. Àíãëî-ðóññêèé
ñëîâàðü: 53000 ñëîâ. -18-e èçä. Ñòåðåîòèï. — M.: Ðóñ. ÿç., 1981. — ñ. 781.
5-chizma. Sug‘urta faoliyatining risklar transferi sifatida
tomonlar uchun foydaliligi.

2 9
tida ko‘rishi ehtimol bo‘lgan zararni qoplash qanday darajada
ta’minlanganligi bilan o‘lchanadi. Sug‘urtalanuvchi tomonidan
shartnomaga binoan, sug‘urta mukofotini shartnoma tuzilgan
vaqtning o‘zidayoq to‘lashga to‘g‘ri keladi.
Sug‘urta shartnomasini tuzish va uning amal qilish davrida
mijoz doimo sug‘urtachining e’tiborida ekanligini, sug‘urta mu-
kofotlari hisobiga o‘zi uchun ishonchli himoyani sotib olganligini,
tanlagan sug‘urta tashkiloti samarali boshqarilayotganligi hamda
uning manfaatlari birinchi o‘ringa qo‘yilayotganligini his etishi
muhimdir.
Shu o‘rinda, subyektiv omillarning ta’siri ortishini qayd etish
lozim. Natijada ko‘rilishi ehtimol bo‘lgan bir xil risk bir subyekt
tomonidan sug‘urtalanishi amalga oshirilsa, ayni vaqtda shunday
risk boshqa bir subyekt tomonidan sug‘urtalanmasligi ham
mumkin.
Sug‘urta riski yuzasidan ehtimollikka ko‘ra, sug‘urta ta’mino-
tiga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltiruvchi qator omillar subyektlar
tomonidan talab sifatida qo‘yilishi mumkin. Ular jumlasiga:
— iqtisodiyotda nodavlat tarmog‘ining kengayishi;
— uy-joy fondlarining xususiylashtirilishi;
— aholi turmush darajasining oshib borishi kabi qator omillar
kiradi.
Shuni ta’kidlash lozimki, mijozning sug‘urtaga bo‘lgan talabi
uning faoliyati bilan uzviy bog‘liqlikda namoyon bo‘ladi. Mazkur
talab darajasiga aynan:
— mulkchilik shakli va uning holati;
— ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) hajmi va
amalga oshirilayotgan operatsiyalar turi;
— tizimning tashkiliy-moliyaviy tarkibi, shuningdek, undagi
ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) birlashmalari soni;
— subyektning faoliyatiga ta’sir etuvchi ichki yoki tashqi omillar
hamda uning qanday mamlakat hududida amalga oshirilayotganligi;
— boshqaruv usuli;
— xodimlar tarkibi;
— tashkilot maqsadi va unga erishish yo‘lida amalga oshirila-
yotgan sa’y-harakatlar kabi qator omillar ta’sir etadi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan omillarning xilma-xilligi va har bir
subyekt tomonidan sug‘urtaga bo‘lgan obyektiv talab mavjudligi
bu xizmatdan foydalanish zaruratini yuzaga keltiradi.

3 0
Subyektning sug‘urtaga bo‘lgan talabi bir butun majmua sifa-
tida namoyon bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, sug‘urta tashkiloti,
birinchidan, son jihatdan cheklangan doiradagi kutilgan sug‘urta
mukofotlari tushumiga ega bo‘lsa, ikkinchidan, unda sug‘urtaga
qabul qilgan risklarini guruhlash imkoniyati ham yuzaga keladi.
Keyingi yillarda, mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy shart-
sharoitning o‘zgarishi, iqtisodiyotda yangi texnologiyalar qo‘llanila
boshlashi natijasida, tovar ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat
ko‘rsatish) usullarini yanada takomillashtirish zarurati subyekt-
lardan o‘z faoliyatlarini yangi asosda tashkil etishlarini davr ta-
labiga aylantirdi. Bu holat katta korxonalar darajasida samara-
dorlik oshishiga olib kelsa, kichik va o‘rta biznes subyektlarining
moliyaviy resurslari taqchilligi oqibatida ularning iqtisodiy ahvolini
og‘irlashtirishi mumkin.
Bu jarayonda subyektlarning bir tomondan, tashkiliy-tarkibiy
o‘zgartirishlarga bo‘lgan intilishlari faollashgan bo‘lsa, boshqa
tomondan, ularning risklardan himoyalanishga bo‘lgan ehtiyojlari
ham ortganligi kuzatildi. Buning oqibatida subyektlarning zarar-
larni qoplash yuzasidan manfaatli diversifikatsiyaga bo‘lgan sa’y-
harakatlari ham kengaydi.
O‘z marketing tadqiqotlariga asoslanib, qator sug‘urta tashkilotla-
ri asosiy faoliyatlarini katta korxonalarga qaratganliklari, ya’ni katta
risklarni sug‘urtalashni o‘z zimmalariga olishlari kuzatilmoqda.
Sug‘urtachi subyektlar qoplama to‘lovini amalga oshirish imkoniyatlari
orqali o‘z takliflari bilan chiqqan bo‘lsa, boshqa tomondan, ular maxsus
loyihalarni amalda oshirishga ham yordam ko‘rsatishlari mumkinligi
manfaatdor tomonlarning o‘zaro hamkorlikka bo‘lgan intilishlari
ortishiga olib keldi.
Qator rivojlangan mamlakatlarda kichik biznes subyektlarining
umumiy korxonalar sonidagi salmog‘i 80—90 foizni tashkil etadi
1
.
Tarkibiy-tashkiliy tuzilishi hamda moliyaviy holatlariga ko‘ra, ushbu
tadbirkorlik subyektlarining imkoniyatlari cheklangandir. Bu
cheklanganlik mablag‘ yetishmasligini keltirib chiqarishi oqibatida
ular turli risklardan o‘z himoyalarini mustaqil ravishda ta’minlay
olmaydi. Bu holat esa, o‘z navbatida, sug‘urta tashkilotlari uchun
istiqbolli imkoniyatlar ochadi.

Øàìõàëîâ Ô. È. Ãîñóäàðñòâî è ýêîíîìèêà: (âëàñòü è áèçíåñ)./ Îòä.
ýêîí. ÐÀÍ; íàó÷. — ðåä. ñîâåò èçä-âà «Ýêîíîìèêà», M.: OAO Èçäàòåëü-
ñòâî «Ýêîíîìèêà», 1999. ñ. 40.

3 1
Hozirgi sharoitda ko‘rilishi ehtimol bo‘lgan risklar tadbirkor-
lik faoliyati yo‘nalishini tanlashga ta’sir etuvchi asosiy omillar-
dan biri bo‘lib qolmoqda. Masalan, mahsulot ishlab chiqarish
(ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) da hamkorlik kengayishi natija-
sida eksport kreditlari sug‘urtasi obyektlari ortishi sug‘urta fao-
liyatining yangi obyektlari paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.
Tijorat banklari risklarining sug‘urtasi bunga misol bo‘la oladi.
Bu risklarning asosiylari o‘zaro uzviy bog‘liqlikda namoyon
bo‘lmoqda. Ular jumlasiga:
— moliyaviy qarorlarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan risk-
lar;
— kredit risklari;
— aktivlarning bozor bahosida tez sotilishga bo‘lgan ishonch
susayishi bilan bog‘liq bo‘lgan risklar;
— qarz foiz stavkalari darajasi bilan bog‘liq bo‘lgan turkum
risklar kiradi.
Risklar bilan bog‘liq voqea va hodisalarning soni hamda sifa-
tini baholash zarurati subyektlardan ularni aniqlashtirishni talab
etmoqda. Masalan, risk kattaligiga to‘xtaladigan bo‘lsak, uni
aniqlash uchun yil davomida ko‘rilishi ehtimol bo‘lgan zararning
eng yuqori darajasi yoki ehtimollikka ko‘ra uni taqsimlash ta-
moyili qo‘llaniladi.
Hisob-kitoblarning ishonchlilik darajasi ularni olib boruvchi-
larning kasbiy mahoratiga bog‘liqdir. Ular tomonidan sof risk
bilan ko‘rilishi ehtimol deb topilgan zararning kattaligi qanday
nisbatda namoyon bo‘lishini oldindan aniqlash muhimdir.
Ehtimollikka ko‘ra, yuz berishi mumkin bo‘lgan risk mavjudligi
sharoitida, iqtisodiyot subyektlari ularni o‘z ichki imkoniyatlari
bilan hal etishdan manfaatdordir. Sug‘urtaga bo‘lgan talab risk
bo‘yicha qo‘shimcha qoplama olish zarurati yuzaga kelgan
hollarda o‘zini oqlaydi.
Subyektda risk mavjudligi, uning oqibatida ko‘rilishi ehtimol bo‘lgan
zararni o‘z mablag‘lari hisobidan mustaqil ravishda qoplay olmasligi
sug‘urta himoyasini talab etadi, bu esa, o‘z navbatida, sug‘urta faoliyati
rivoji uchun shart-sharoitni yuzaga keltiradi. Albatta, risklar bo‘yicha
sug‘urta qoplamasini olishga bo‘lgan ehtiyojning ortishi yuridik va
jismoniy shaxslar tomonidan o‘z-o‘zidan sug‘urtadan foydalanish
ortganligini anglatmaydi. Bunday xizmatga bo‘lgan talabning ortishiga
boshqa iqtisodiy omillar ham ta’sir ko‘rsatadi.

3 2
Yuqoridagi yondashuvdan kelib chiqib, sug‘urta tashkiloti fao-
liyatini risklar transferi, transformatsiyasi va ko‘rilgan zararlarni
qoplash vositasi sifatida qarash taklif etiladi.
Risk transferi — subyektning risklarni
ishlab chiqarish omili sifatida namoyon
etishidir. Bunda ishlab chiqarish vosita-
lari, shuningdek, tashqi (boshqa) tashkilot yordamida alohida
risklar sug‘urtalanuvchidan sug‘urtachiga o‘tkaziladi, so‘ngra bu
risklar qayta ko‘rib, o‘rganib chiqiladi. Bunday xizmat evaziga
sug‘urtalanuvchidan sug‘urta mukofoti undirib olinadi.
«Sug‘urtalanuvchi-sug‘urtachi» subyektlarning o‘zaro o‘rin al-
mashishlari jarayonida, sug‘urtaning mohiyati to‘laroq namoyon
bo‘ladi. Dastlab sug‘urta mukofoti undiriladi, so‘ngra esa, sug‘urta
hodisasi yuz bergan taqdirda, sug‘urta qoplamasi ta’minlanadi.
Bizning fikrimizcha, bu jarayonda sug‘urta risklarini alohida
tasodifiy-davriy shaklda qayd etish zarurati yuzaga keladi.
Sug‘urta hodisasining yuz berishi ehtimollikka ko‘ra, tasodifiy
voqea hisoblanadi Bunda ehtimollar nazariyasi asosida sug‘urtachi
subyekt risk hodisasi yuz berishini oldindan aniqlashtirishi mumkin
bo‘ladi. Davriy-tasodifiy holatlar bir-biridan farqli ravishda
namoyon bo‘lishidan kelib chiqib, har bir sug‘urta shartnomasida
riskni sug‘urtalashning o‘ziga xos bo‘lgan alohida tomonlari va
shartlarini qayd etish lozim. Bu sug‘urta shartnomasi munosa-
batlari ehtimollikka ko‘ra, riskni taxmin hamda «bevosita
muroqaba»
1
 etishga asoslanib tuziladi.
Sug‘urta shartnomasi, birinchidan, o‘zida turli risklar bo‘yicha
qoplamani amalga oshirish ehtimolligini nazarda tutsa, ikkinchi-
dan, u har bir mijoz bilan alohida tuziladi, ayni vaqtda riskning
yuz berishi ehtimoliga ko‘ra ham farqlanadi. Mana shunday farq-
lanish sug‘urtani sohalar bo‘yicha tasniflash uchun asos hisob-
lanadi.
Risk holatlariga ko‘ra, zarar darajasi va uning taqsimoti tur-
licha bo‘ladi. Shunga ko‘ra, risklarni sug‘urtalashda, dastlab ularni
alohida guruhlash talab etiladi.
Bu jarayonda omillarni aniqlashtirish asosida har bir subyekt
uchun risk namoyon bo‘lishining o‘ziga xosligiga ko‘ra guruhlash
Sug‘urta faoliyatida
risklar transferi

Tajribadan tashqari bevosita kuzatish, mulohaza yo‘li bilan ham haqiqatni
bilish mumkin degan ma’noda (izoh muallifniki).

3 3
amalga oshiriladi. Risklar bo‘yicha sug‘urta portfeli qaytadan tas-
niflanadi, ya’ni ular namoyon bo‘lish shakli va holatiga ko‘ra
toifalanadi. Natijada sug‘urta faoliyati samarali amalga oshirilishini
ta’minlash omili sifatida risklarni differensiatsiyalash yanada aniq-
lashtiriladi.
Sug‘urtada hisobot davri uchun zararlarni taqsimlash shakli
turli usullardan foydalanib aniqlanadi va amalga oshiriladi. Bu
jarayonda risklar, sug‘urta faoliyatining istiqbolini belgilash maq-
sadida, mutanosib ravishda loyihalashtiriladi. Bu risklar transferi
jabhasi bo‘lib, u kelgusida olib borilishi kerak bo‘lgan ilmiy
tadqiqotlar uchun ham asosdir.
Risklarni aniqlashtirish — risk transformatsiyasi
2
 sifatida (6-
chizma) ikki bosqichda, ya’ni: «sug‘urtalanuvchi-sug‘urtachi-qayta
sug‘urtalovchilar» o‘rtasida amalga oshiriladi.
Sug‘urta faoliyatida zararlarni taqsimlash shakli, birinchidan,
risklarga ko‘ra, subyekt mol-mulki va daromadi (foydasi) dagi
bashorat qilingan o‘zgarishlarga binoan o‘lchansa, ikkinchidan,
sug‘urtachi tomonidan mas’uliyat olinishi, riskning ma’lum qismi
6-chizma. Sug‘urta faoliyatini samarali tashkil etish bosqichlari.
1
 Transformatsiya (lot. transformatio) — bir shakldan boshqa shaklga
o‘tkazish ma’nosida (bu o‘rinda qayta sug‘urtalash nazarda tutilgan (izoh
muallifniki.)// Qarang. Mþëëåð Â.K. Àíãëî-ðóññêèé ñëîâàðü: 53000 ñëîâ.—
18-e èçä. ñòåðåîòèï. — M.: Ðóñ. ÿç., 1981, — ñ. 781.
3 — Sug‘urta ishi

3 4
boshqa sug‘urtachiga, ya’ni qayta sug‘urtalovchiga o‘tkazilganligiga
asoslanib amalga oshiriladi. Sug‘urtada zararning umumiy taqsi-
motini hisoblash imkoniyatidan kelib chiqib, uning umumiy
approksimatsiyasi, ya’ni me’yoriy taqsimoti asoslanadi.
Sug‘urtada mavjud bo‘lgan risk siyosati nazariyasida bunday
approksimatsiya qo‘llanilishiga qanday cheklashlar ta’sir etishi alo-
hida ko‘rsatib berilgan.
Risk transformatsiyasining birinchi bosqichida uni qoplash uchun
sug‘urta tashkilotining mablag‘lari yetarliligi solishtiriladi. Sug‘ur-
tachi subyektning zaxiraga bo‘lgan ehtiyoji, ya’ni sug‘urta zaxirasi-
ning mutloq likvidlilik uchun talab etiladigan hajmi aniqlanadi. Agar
sug‘urta risklari hajmi undan katta bo‘lsa, risk transformatsiyasining
ikkinchi bosqichiga o‘tiladi, ya’ni umumiy zarar taqsimoti
o‘zgartiriladi yoki sug‘urta zaxirasi ko‘paytiriladi. Bu jarayonda qayta
sug‘urtalashning ahamiyati yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi.
Risk transformatsiyasining ikkinchi bosqichida, birinchi su-
g‘urtachi o‘zining likvidlilik darajasidan ortiqcha bo‘lgan riskni
boshqa sug‘urtachiga jamlangan sug‘urta mukofotlarining muvofiq
ravishdagi summasi bilan birgalikda taqdim etadi.
Odatda, har doim ham sug‘urta hodisasi yuz bergunga qadar,
sug‘urta tashkiloti aktivlarining hajmi yopiq bo‘ladi. Sug‘urtachi tu-
zilgan shartnomaga ko‘ra, sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda,
o‘z zimmasiga olgan majburiyatiga binoan, zaxira kapitalidan yoki
undirilgan mukofotlar hisobidan qoplama to‘lovini amalga oshiradi.
Bu qoplama bir vaqtning o‘zida yoki hayot sug‘urtasi bo‘yicha renta
to‘lovlari sifatida belgilangan muddatlarda to‘lanishi mumkin. Su-
g‘urta tashkilotining bu davrdagi faoliyati zararni qoplash deb ataladi.
Yuqorida keltirilgan bosqichlar tahliliga asoslanib, shuni ta’-
kidlash mumkinki, sug‘urta faoliyati «risk transferi — risk
transformatsiyasi — zararni qoplash» kabi alohida o‘zaro bir-biri
bilan bog‘liq bosqichlarni qamrab oladi. Bu bosqichlarda sug‘ur-
tachining riskni zimmasiga olishi va uni tadqiq etishi orqali yuz
berishi mumkin bo‘lgan sug‘urta hodisasi oqibatida, ko‘rish ehti-
moli bo‘lgan zararning oldini olish yoki uni kamaytirish sa’y-
harakatlari zanjiri tasniflanadi. Bunday faoliyat sug‘urta shart-
nomasi amal qilishi davrida olib boriladi.
Sug‘urtachi tomonidan amalga oshirilgan barcha sa’y-harakat taq-
dim etilgan hisob-kitob va hisobotlar tizimida hamda sug‘urta za-
xirasini boshqarishning o‘ziga xos maxsus shakllarida aks ettiriladi.

3 5
Risklar transferi jarayonida undirilgan sug‘urta mukofoti
evaziga sug‘urta zaxirasi shakllantiriladi. Zaxira mablag‘lari su-
g‘urtachi tomonidan asosan ishlab chiqarish omillarini sotib olish-
ga sarflanadi.
Sug‘urta vaqt-davriy oralig‘i bilan qat’iy bog‘liqdir. Bu oraliq
doimo ham moliyaviy yoki buxgalteriya hisobotlari davri bilan
mos tushavermaydi. Amalda bo‘lgan shartnomalar bo‘yicha
qoplamani to‘lash ehtimoliga ko‘ra, sug‘urtachida doimo unga
muvofiq ravishdagi zaxira mablag‘lari mavjud bo‘lishi talab etiladi.
Shartnomaning amal qilishi davrida sug‘urta hodisasi yuz ber-
masligi ham mumkin. Bu sharoitda sug‘urtachining zaxira mab-
lag‘larini (bo‘sh turgan qismini) investitsiyaga yo‘naltirish
imkoniyati ortadi. Sug‘urtachi shunday imkoniyatdan samarali
foydalanish hisobiga, hisobot davrining oxiriga kelib, yana
qo‘shimcha mablag‘lar tushishiga erishishi mumkin.
Shartnomaning foydalilik ko‘rsatkichi sug‘urtachi uchun un-
dirilgan mukofotlar summasi bilan o‘lchansa, ko‘rilishi ehtimol
bo‘lgan zarar esa, sug‘urta hodisasi yuz berganda, to‘lanishi kerak
bo‘lgan qoplama qiymatiga bog‘liq bo‘ladi. Sug‘urtalangan riskdan
ko‘rilish ehtimoli bo‘lgan zararga nisbatan, sug‘urta faoliyatining
daromadliligi SM(NS) > SQ ko‘rinishda, ya’ni sug‘urta
mukofotlari (SM) netto-stavka (NS) sifatida sug‘urta qoplamasi
(SQ)dan katta bo‘lishi muhim ko‘rsatkich hisoblanadi.
Bu jarayonda sug‘urtachi tomonidan ma’lum uslubiyatlarga asos-
lanib, har bir sug‘urta shartnomasi bo‘yicha jamlangan mukofot sum-
masining turli omillar ta’siri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan zararlilik
ko‘rsatkichi ham aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich sintetik kattalik bo‘lib,
sug‘urta hodisalarining soni va takrorlanishiga, ya’ni har bir sug‘urta
hodisasi bo‘yicha o‘rtacha zarar darajasi risk kattaligi (har bir su-
g‘urta hodisasi va uning yuz berishi oqibatida zarar ko‘rgan
obyektlarning soni) ga, ya’ni zarar ko‘rgan obyekt bo‘yicha sug‘urta
qoplamasining bir shunday obyekt bo‘yicha undirilgan sug‘urta mu-
kofoti summasiga yoki sug‘urta portfeli bo‘yicha risklarning o‘rta-
cha sug‘urta bahosiga nisbatan aniqlanadi.
Sug‘urtachining riskni baholashi ham subyektiv bo‘lib, u
ko‘pincha olingan majburiyatlari evaziga shakllantirilgan sug‘urta
portfeli tarkibiga bog‘liq bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar nisbati foydali deb topil-
gan har qanday riskni sug‘urtachi o‘z zimmasiga olishi mumkin.

3 6
Shuningdek, sug‘urtachi umumiy baholash mezonlari asosida ham
riskni sug‘urtalash yuzasidan qaror qabul qilishi mumkin.
Sug‘urtalash borasida riskni umumiy baholash mezonlari
jumlasiga:
— zarar ko‘rilishining tasodifiyligi (ehtimolligi);
— zararni bahosiga ko‘ra taqsimlash mumkinligi;
— har bir alohida risk bo‘yicha zarar taqsimotining o‘zaro
bog‘liq emasligi;
— zararning maksimal kattaligini baholash mumkinligi kabi-
lar kiradi.
Sug‘urtachining sug‘urta risklarini
1  
sug‘urtalash bo‘yicha qaror
qabul qilishida zararning tasodifiy xarakterga ega ekanligi muhim
o‘rin tutadi. Bu nisbiylikda risk yuz berishi ehtimoli mavjud deb
topilsa-da, tasodifiylikning o‘rni ahamiyatli bo‘lib qolaveradi. Bunga
sabab, birinchidan, umumiy sug‘urtada har bir shartnomaga ko‘ra
sug‘urta hodisasi yuz bermasligi ham mumkin, ikkinchidan, risk-
ning yuz berish vaqti noma’lumligi (masalan, hayot sug‘urtasida)
uning tasodifiy xarakterga ega ekanligi bilan izohlanadi. Tasodi-
fiylik esa, doimo o‘zida noma’lumlikni mujassam etadi.
Sug‘urta faoliyatini samarali tashkil etish uchun, har bir sug‘urta-
chi o‘z zimmasiga olgan risklarni minimallashtirish vazifasini uddalashi,
o‘zining moliyaviy barqaror bo‘lishini ta’minlashi talab etiladi.
Bu talabdan kelib chiqib, sug‘urtalanuvchilar o‘rtasidagi risklar
va mablag‘larning shartnoma muddatlariga ko‘ra davriy
kenglikdagi qayta taqsimoti amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, bir
sug‘urtachi daromadining ma’lum qismini ikkinchisiga o‘tkazadi.
Bu bog‘liqlik risk transferi jarayonida yanada yaqqolroq namoyon
bo‘lishini ta’kidlaymiz.
Sug‘urta faoliyatining o‘ziga xosligi jamiyat rivojlanishining
turli ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarida sug‘urta risklari
mavjudligida namoyon bo‘ladi hamda amalda bo‘lgan
shartnomaga muvofiq sug‘urtalanuvchi ko‘rishi ehtimol bo‘lgan
zararni qoplash yuzasidan sug‘urtachining mas’uliyatini keltirib
chiqaradi.

Sug‘urta risklari (xalqaro amaliyotda «Insurable risks» termini bilan
ifodalanadi) — sug‘urtada tasodifiylik xarakteridagi hodisa yoki hodisalar majmui
bo‘lib, ular yuz berishi ehtimoliga ko‘ra sug‘urtalash nazarda tutiladi (tarjima
muallifniki). Qarang: Îñíîâû ñòðàõîâàíèÿ äåÿòåëüíîñòè: Ó÷åáíèê /Oòâ.
ðåä. ïðîô. T.A. Ôåäîðîâà. — M.: Èçäåòåëüñòâî BEK, 1999, ñ. 371.

3 7
Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling