X. s h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/18
Sana13.07.2020
Hajmi0.87 Mb.
#123694
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
sugurta ishi


Sug‘urta bozorining
turlari va ularga
umumiy tavsifnoma

5 8
hududidagi sug‘urta muassasalarini va ularning faoliyatini o‘z
tarkibiga oladi. Jahondagi eng yirik milliy sug‘urta bozori Ame-
rika Qo‘shma Shtatlaridir. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan
mamlakatlarda yig‘iladigan sug‘urta tushumlarining 43 foizdan
ortig‘i AQSH hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu yerda hayotni sug‘urta
qiluvchi 2600 dan ortiq va boshqa umumiy turdagi sug‘urta
xizmatlarini ko‘rsatuvchi 3800 ta kompaniya faoliyat
ko‘rsatmoqda. Ulardan ba’zi birlari dunyo sug‘urta bozorida ham
oldingi o‘rinlardadir. Masalan, «Prudenshial of Amerika»
kompaniyasi mamlakat ichki bozorida birinchi va 1992-yil boshida
mavjud aktivlari, to‘plagan sug‘urta mukofotlari bo‘yicha uchinchi
o‘rinni egalladi.
Mintaqaviy sug‘urta bozori deganda savdo, iqtisodiy va boshqa
jihatlardan o‘zaro yaqin munosabatda bo‘lgan bir nechta
mamlakatlarning ichki bozori tushuniladi. Yevropa Ittifoqining
sug‘urta bozori yirik mintaqaviy bozordir.
Xalqaro sug‘urta bozori sifatida dunyo miqyosida sug‘urta
faoliyatini olib boruvchi alohida mamlakatlarning ichki bozori
tushuniladi. Jumladan, hozirgi vaqtda Yaponiya sug‘urta
bozorining xalqaro darajada muhim o‘rni bor va keyingi o‘n
yillikda Yaponiya sug‘urtachilari dunyo bozorida yetakchilik qilib
kelishmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, 1992-yili jahondagi eng
yirik 20 ta hayotni sug‘urta qiluvchi kompaniyalar ichida 9 tasi
yoki 45 foizi Yaponiyaga tegishlidir. Bu kompaniyalarning
moliyaviy salohiyati 869 mlrd dollar miqdorida baholangan.
Sug‘urta bozorlari hududiy bo‘linish bilan bir qatorda sug‘urta
turlariga qarab ham xilma-xil bo‘lishi mumkin. Iqtisodi rivojlangan
mamlakatlar amaliyotida sug‘urta bozori ikkiga bo‘linadi:
1) hayotni sug‘urta qilish bilan bog‘liq sug‘urta xizmatlari bozori;
2) umumiy sug‘urta xizmatlari bozori.
Nazorat va muhokama uchun savollar:
1. Sug‘urta bozori deganda nimani tushunasiz?
2. Sug‘urta bozorida raqobat qanday amalga oshiriladi?
3. Sug‘urta bozorida xizmatlarni sotib olishning o‘ziga xos xususiyatlarini
ko‘rsating.
4. Sug‘urta bozori qatnashchilariga ta’rif bering.
5. Sug‘urtalanuvchilarni potensial sug‘urtalanuvchilardan farqli tomonlarini
ko‘rsating.
6. Sug‘urta brokeri nima va uning funksiyalari haqida tushuntirish bering.

5 9
7. Qayta sug‘urtalovchi kompaniyalarni oddiy sug‘urta kompaniyalardan
qanday farqlash mumkin?
8. Sug‘urta bozorini sug‘urta operatsiyalari turiga qarab qanday guruhlash
mumkin?
9. Xalqaro sug‘urta bozori va uning qatnashchilari kim?
10. Milliy sug‘urta bozorini mintaqaviy sug‘urta bozoridan qaysi
xususiyatlariga ko‘ra ajratish mumkin?
9-mavzu.
O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini
amalga oshirishning hozirgi holati
Sug‘urta mukofotlari tushumining YAIMdagi salmog‘i dinamikasi.
Sug‘urta kompaniyalarining ustav kapitali va tashkiliy-huquqiy
shakllariga ko‘ra guruhlanishi.
Sug‘urta mukofotlari tushumi va sug‘urta qoplamalari ko‘rsatkich-
larining tahlili.
Sug‘urta shartnomalari va majburiyatlari ko‘rsatkichlarining tahlili.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
iqtisodiy islohotlar subyektlarning sug‘urtaga
bo‘lgan munosabatlarini ham tubdan
o‘zgartirib yubordi. Bozor iqtisodiyotiga
o‘tish jarayonida sug‘urta rivoji uchun zaruriy obyektiv shart-sharoit
yuzaga keldi.
Bugungi kunda, bir tomondan, O‘zbekistonda sug‘urta katta
imkoniyatlarni o‘zida mujassam etgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan,
yuridik va jismoniy shaxslarning sug‘urtaga bo‘lgan talabi ham ortib
bormoqda. Ammo, shuni alohida ta’kidlash lozimki, respublikada
sifatli sug‘urta xizmatini ko‘rsatishga bo‘lgan talab sust
qondirilmoqda. Buning dalili sifatida 1999—2004-yillar davomida
O‘zbekistonda sug‘urta xizmatlari uchun undirilgan mukofotlar
summasi hajmining yalpi ichki mahsulotga nisbatan salmog‘i hamon
past darajada ekanligini qayd etish mumkin (1-diagramma).
Mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmidagi sug‘urta mukofotla-
ri ulushi 1999-yilda 0,23 foiz bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2000—
2003-yillarda mos ravishda 0,26; 0,37; 0,47; 0,58 foizlarni tashkil
etgan, ya’ni u barqaror o‘sgan. 2004-yilda bu ko‘rsatkich 0,69 foiz
bo‘lganligi yoki oldingi yilga nisbatan 11 punktga o‘sganligiga
qaramasdan, uning ulushi ancha pastligicha qolmoqda.
Sug‘urta mukofotlari
tushumining YAIMdagi
salmog‘i dinamikasi

6 0
Xalqaro amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, sug‘urta mukofotla-
rining qator mamlakatlar yalpi ichki mahsulotidagi salmog‘i ham
turlichadir. Masalan, bunday holatni Osiyo mamlakatlari misolida
ko‘rishimiz mumkin. Xususan, Janubiy Koreya va Yaponiyada
uning salmog‘i yalpi ichki mahsulot hajmida eng yuqori 12—15
foizlar atrofida bo‘lsa, ayrim (Saudiya Arabistoni, Eron, Quvayt,
Pokiston, Oman va boshqa) mamlakatlarda u 0,4—2,0 foizlar
darajasidadir.
Osiyoning ayrim mamlakatlarida sug‘urta faoliyati rivojlani-
shi ko‘rsatkichlariga asoslanib, shuni ta’kidlash mumkinki, hayot
sug‘urtasi bo‘yicha mukofotlarning eng yuqori o‘sishi Xitoy
(12,8%) va Janubiy Koreya (12,1%) kabi mamlakatlar hisobiga
to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, hayot sug‘urtasidan boshqa sug‘urta bo‘yicha
mukofotlarning o‘rtacha o‘sishi Xitoy (25,1%), Indoneziya
(18,5%), Malayziya (14,0%), Tayvan (12,7%) kabi davlatlarda
birmuncha yuqori bo‘lganligi kuzatildi.
Buyuk Britaniya, Shveysariya, Fransiya, AQSH, Germaniya,
Kanada kabi davlatlarda sug‘urta faoliyatining rivojlanish
ko‘rsatkichlari yuqoriroq bo‘lib, sug‘urta mukofotlarining yalpi ichki
mahsulotdagi salmog‘i o‘rtacha 6,2—11,3 foiz darajasida bo‘lsa,
ayni vaqtda Polsha, Italiya, Vengriya, Chili, Chexiya, Braziliya,
Rossiya kabi davlatlarda bu ko‘rsatkich 1,3—5,6 foizni tashkil etgan.
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik sug‘urta
mukofotlari (AQSH dollari hisobida) Shveysariyada 2894,5;
1-diagramma
Sug‘urta_mukofotlarining_O‘zbekiston_yalpi_ichki_mahsulotidagi_salmog‘i'>Sug‘urta mukofotlarining
O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotidagi salmog‘i
 
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari asosida
muallif tomonidan hisoblab chiqilgan.

6 1
AQSHda 2280,0 dollar miqdorida bo‘lsa, bu ko‘rsatkich Polshada
eng past, ya’ni 5,5 dollar darajasida bo‘lganligini qayd etish lozim.
Dunyo hududlari bo‘yicha undirilgan sug‘urta mukofotlar
ko‘rsatkichlariga asoslanib, shuni ta’kidlash mumkinki, keyingi
yillarda Yevropa va Shimoliy Amerikada ular barqaror o‘sish
an’anasiga ega bo‘lgan. Boshqa hududlarda, xususan, Osiyoda
jamlangan sug‘urta mukofotlari hajmi nisbatan barqaror
bo‘lmagan.
Sug‘urta mukofotlari undirilishiga ko‘ra, xalqaro sug‘urta
bozoridagi ulush ko‘rsatkichlari bo‘yicha AQSH (32,35%), Yapo-
niya (23,0%), Buyuk Britaniya (7,48%), Germaniya (6,4%), Fran-
siya (6,1%) kabi davlatlar an’anaviy ravishda yetakchilik mavqeyini
saqlab qolmoqda.
Dunyoning transnatsional xarakterdagi eng yirik sug‘urta
kompaniyalari qator yillar davomida muvaffaqiyatli faoliyat
ko‘rsatib kelgan bo‘lsalar, hozirgi globallashuv sharoitida ularning
reyting ko‘rsatkichlarida sezilarli o‘zgarishlar yuz bermoqda. Shu
o‘rinda, xalqaro sug‘urta sohasi uchun 2001—2002-yillar eng
omadsiz kechganligini ta’kidlash lozim. Xususan, 2000-yilda
«Forbes Global 500» tomonidan qayd etilgan 47 sug‘urta
kompaniyasining faqat 28 tasi 2001-yilda o‘z reyting ko‘rsatkich-
larini saqlab qola olgan. Mazkur reyting ko‘rsatkichlarida qayd
etilgan sug‘urta kompaniyalarining umumiy daromadlari 783 mlrd
dan 689 mlrd ga, ya’ni 94 mlrd dollarga yoki oldingi yilga nis-
batan 88,0 foizga kamaygan.
«Forbes Global 500» ma’lumotlariga asoslanib, 2002-yilda ham
deyarli barcha katta sug‘urta kompaniyalari daromadlarining
kamayganligini ta’kidlash mumkin. Xususan, Yevropa sug‘urta
kompaniyalarining yozgi suv toshqinlari oqibatida ko‘rilgan
zararlar yuzasidan katta hajmdagi qoplama to‘lovlarini amalga
oshirishlariga to‘g‘ri kelganligi ularning faoliyatlarini
takomillashtirish masalasini dolzarb qilib qo‘ydi.
Mamlakatimizda sug‘urta faoliyatini rivojlantirishga bo‘lgan
talabdan kelib chiqib, 1996—1997-yillar davomida kuchli sug‘urta
tashkilotlarining yuzaga kelishi, ayniqsa, davlat kapitali
ishtirokidagi ixtisoslashgan katta sug‘urta kompaniyalarining
faoliyat ko‘rsatishlarini yo‘lga qo‘yish bu soha rivojida samarali
rol o‘ynadi. Xususan, eksport-import operatsiyalari — «O‘zbek-
invest» EIMSK, qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilari

6 2
risklari — «O‘zagrosug‘urta» DASK, kichik va o‘rta biznes risklari
«Madad» SA kabi sug‘urta tashkilotlari tomonidan ishonchli da-
rajada sug‘urtalanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-
iyundagi «Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan boshqarish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi 286-sonli Qarorida qo‘yilgan vazifalardan
kelib chiqib, sug‘urta munosabatlari subyektlarining huquq va
manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida Davlat
sug‘urta nazorati (Davsug‘nazorat) inspeksiyasi tomonidan ishlab
chiqilgan sug‘urtani rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi Mo-
liya vazirligi hay’atining 1999-yil 12-maydagi 3/3-sonli Qarori
bilan tasdiqlandi hamda hayotga tatbiq etildi.
Shuningdek, O‘zbekistonda 2002-yil 28-maygacha amalda
bo‘lib kelgan «Sug‘urta to‘g‘risida»gi Qonun chet ellik investor-
lar mablag‘larini mamlakatimiz sug‘urta sohasiga joylashtirishla-
ri uchun shart-sharoitni ham yuzaga keltirganligi o‘zining ijobiy
samarasini berdi. Xususan, «O‘z-AIG», «Transinsurance»,
«ALSKOM» kabi sug‘urta tashkilotlari faoliyatlari bunga misol
bo‘la oladi.
Mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatib kelgan
sug‘urta tashkilotlarining 2003-yilning
avgustiga qadar ustav fondi miqdori ham
turlicha bo‘lganligini ta’kidlash lozim. Bu
masalada mamlakatimizda amalga
kiritilgan qonunda «sug‘urtalovchilar ustav
fondining eng kam miqdori O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Sug‘urtalovchi ustav fondining kamida to‘qson foizi muassislarning
(ishtirokchilarning) pul mablag‘laridan shakllantiriladi.
Sug‘urtalovchining ustav fondini shakllantirish uchun kreditga,
garovga olingan mablag‘lardan va boshqa jalb qilingan mablag‘-
lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Sug‘urtalovchining ustav
fondi litsenziya olinadigan paytga qadar sug‘urtalovchining
muassislari tomonidan to‘langan bo‘lishi kerak»
1
ligi ta’kidlangan.
O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta tashkilotlarining
ustav fondi miqdori yildan yilga ortib bormoqda. Xususan, 2002-
Sug‘urta
kompaniyalarining
ustav kapitali va
tashkiliy-huquqiy
shakllariga ko‘ra
guruhlanishi
1
 O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni,
12-modda.

6 3
yilning yanvar oyi holati bo‘yicha ustav fondi kattaligiga ko‘ra
sug‘urta kompaniyalari, shartli ravishda (2-diagramma): kichik
(10 mln so‘mgacha), o‘rta kattalikdagi (500 mln so‘mgacha) va
katta (500 mln so‘mdan ko‘p bo‘lgan) uchta guruhdan tashkil
topgan edi hamda jami kompaniyalar tarkibida mos ravishda
kichik kompaniyalar 47,0 o‘rtacha kattalikdagi kompaniyalar 42,0,
katta kompaniyalar 11,0 foiz salmoqni tashkil etganligini ta’kidlash
mumkin.
2-diagramma
O‘zbekiston sug‘urta tashkilotlarining ustav fondi hajmiga ko‘ra
guruhlanish ko‘rsatkichlari (% da)
(2002-y. yanvar)
(2003-y. yanvar)
11%
42%
47%
10%
20%
70%
 — katta kompaniyalar
 — o‘rtacha kattalikdagi kompaniyalar
 — kichik kompaniyalar
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari asosida
ishlab chiqilgan.
Mamlakatimiz sug‘urta kompaniyalarining ustav fondi katta-
ligiga ko‘ra, guruhlashning 2003-yil yanvar oyi ko‘rsatkichlarida,
mos ravishda, kichik kompaniyalar (ustav fondi kattaligi 100 mln
dan 500 mln gacha) 70,0; o‘rtacha kattalikdagi kompaniyalar
(ustav fondi kattaligi 500 mln dan 1 mlrd gacha) 20,0; katta
kompaniyalar (ustav fondi kattaligi 1 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lgan)
10,0 foiz bo‘lganligi aniqlandi.
Shuni ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini
amalga oshirish borasida moliyaviy jihatdan kuchli hisoblanadigan
uchinchi guruh kompaniyalari salmoqli o‘ringa ega bo‘lganliklari
ko‘zga tashlandi.
O‘zbekistonda 2002-yil may oyigacha amal qilinib kelgan
sug‘urta qonunchiligida sug‘urta tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy
shakllari ham to‘liq bayon qilib berilmagan edi. Bu masalaning,

6 4
bizning nazarimizda, bir tomondan, sug‘urtachi subyektlar uchun
dolzarbligidan, ikkinchi tomondan, sug‘urta faoliyati respublikamizda
tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning
manfaatlarini ham o‘zida aks ettirishidan; sug‘urta tashkilotlarining
o‘z zimmalariga olgan majburiyatlari to‘liq yoki qisman bajarilmasligi
esa, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida salbiy oqibatlarga olib
kelishi ham mumkinligidan kelib chiqib, yangi qonunda
sug‘urtachilarni tuzish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi modda
kiritilgan va unda «sug‘urtalovchilar qonunlarda nazarda tutilgan
tashkiliy-huquqiy shakllarda tuziladi. Sug‘urtalovchilarni davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
belgilagan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
tomonidan amalga oshiriladi»
1
 deb ta’kidlangan.
Mamlakatimiz sug‘urta tashkilotlarining tashkiliy shakllari va
ta’sischilari tarkibini (3-diagramma) o‘rganish shuni
ko‘rsatmoqdaki, 2003-yilning sentabr holatiga ko‘ra, ular
aksionerlik kompaniyalar (44,0%), mas’uliyati cheklangan
jamiyatlar (55,0%) va boshqa tashkiliy shakllarda (1,0%) faoliyat
yuritgan, ularning ustav fondlarini shakllantirishda yuridik
shaxslarning mablag‘laridan keng foydalanilgan.
3-diagramma
O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta tashkilotlarining
tashkiliy shakllari
ta’sischilari tarkibi %
2003-y. sentabr
sug‘urta kompaniyalari
boshqa tashkilotlar
banklar
jismoniy shaxslar
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari asosida
ishlab chiqilgan.

O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni,
11-modda.

6 5
Ularning ta’sischilari tarkibida banklar 62,2; sug‘urta tashkilotlari
16,7; jismoniy shaxslar 4,6 va boshqa ta’sischilar 16,5 foiz ulushlarga
egadir. Tahlil shuni ko‘rsatmoqdaki, mazkur ta’sischilarning
iqtisodiy holatidagi o‘zgarishlar sug‘urta tashkilotining ahvoliga
amaliy jihatdan salbiy ta’sir etmagan.
O‘zbekiston sug‘urta tashkilotlari jami ustav fondining keltirilgan
yillardagi holati (4-diagramma) tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, 1999-
yilda bu ko‘rsatkich 6,7 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2000-
yilda oldingi yilga nisbatan qariyb 6,0; 2001-yilda 2000-yilga nisbatan
yaqin 15,5; 2002-yilda oldingi yilga nisbatan 1,2; 2003-yil yakuniga
ko‘ra, 2002-yilga nisbatan 24,1 foizga o‘sganligini yoki 1999-yilga
nisbatan o‘sish 53,7 foizdan ortiqroq bo‘lganligini ta’kidlash lozim.
4-diagramma
O‘zbekiston sug‘urta tashkilotlarining jami ustav fondidagi o‘sish
ko‘rsatkichlari (mlrd so‘mda)
1999—2004-yy.
6,7
7,1
8,2
8,3
8,3
11,4
0
2
4
6
8
10
12
1999
2000
2001
2002
2003
2004
y i l l a r
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari asosida
ishlab chiqilgan.
O‘zbekistonda sug‘urta tashkilotlari xuddi banklardagi kabi
ustav fondining pul ko‘rsatkichi nisbatining minimal hajmining
aniq belgilab qo‘yish talabidan kelib chiqib, O‘zdavsug‘nazorat
tomonidan qonunchilik loyihasini ishlab chiqish sa’y-harakati
natijasida Moliya vazirligi tomonidan 1999-yilning 11-mayida
qabul qilingan 31-sonli va Adliya vazirligi tomonidan o‘sha yilning
4-iyunida 739-son bilan ro‘yxatga olingan muvaqqat (vaqtinchalik)
Nizomga muvofiq 2000-yilning 1-yanvaridan boshlab sug‘urta
kompaniyalarining tez sotiladigan aktivlari hajmining me’yori 75
5 — Sug‘urta ishi

6 6
ming AQSH dollariga (hisobot muddatida Markaziy bank
tomonidan belgilangan kursga ko‘ra) ekvivalent bo‘lgan summadan
kam bo‘lmasligi belgilab qo‘yilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-
noyabrdagi «Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi 413-sonli Qarorida sug‘urtachi subyektlarning
tarmoqlar bo‘yicha ixtisoslashuvidan kelib chiqib, sug‘urta faoliyatini
amalga oshiruvchi sug‘urtachilarning ustav fondining eng kam miq-
dori
1
 aniq, ya’ni 2003-yilning 1-avgustiga qadar:
— hayotni sug‘urta qilish tarmog‘ida ixtisoslashayotgan sug‘ur-
tachilar uchun — 250 ming AQSH dollariga;
— umumiy sug‘urta tarmog‘iga ixtisoslashayotgan sug‘urtachilar
uchun — 150 ming AQSH dollariga;
— qayta sug‘urta qilish faoliyatiga ixtisoslashayotgan sug‘ur-
tachilar uchun (agar faoliyat faqat qayta sug‘urta qilish bo‘lsa)
— 2 mln AQSH dollariga;
—majburiy sug‘urta faoliyatini amalga oshiruvchi sug‘urtachilar
uchun ustav fondining eng kam miqdori 500 ming AQSH dollariga
teng miqdordagi summalarda bo‘lishi ta’minlanishi qat’iy
belgilanganligi oqibatida sug‘urta tashkilotlarining soni 1/3 ga qisqardi.
Mamlakatimiz sug‘urta tashkilotlari faoliyat ko‘lamlariga ko‘ra
ham o‘zaro farqlanadi. Bu ularning menejment va marketing bo‘yicha
imkoniyatlari, ya’ni bozor iqtisodiyoti talablariga moslashuvchanligi
turlicha ekanligi bilan izohlanadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki,
litsenziyaga ega bo‘lgan sug‘urta tashkilotlarining 3/5 qismida ustav
fondi belgilangan eng kam miqdori darajasida bo‘lsa, ularning faqat
1/3 qismi majburiy sug‘urtani amalga oshirish imkoniyatini beruvchi
kapital miqdoriga egadir. Ta’kidlash lozimki, mamlakatimiz sug‘urta
tashkilotlarining kapital ta’minotidagi bu ko‘rsatkichlar, ularning
hajmi katta bo‘lgan risklarni sug‘urtalash imkoniyatlarini cheklaydi.
Sug‘urtaga bo‘lgan talab darajasi
mamlakatning iqtisodiy holati bilan o‘zaro
bog‘liqlikda kechadigan jarayondir. Shu
nuqtayi nazardan yondashadigan bo‘lsak,
O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan
Sug‘urta mukofotlari
tushumi va sug‘urta
qoplamalari ko‘rsat-
kichlarining tahlili

Qarang:O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-
noyabrdagi «Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi 413-sonli Qarori.

6 7
sug‘urta tashkilotlari tomonidan sug‘urta mukofotlari yig‘ilishi 2000-
yilda 1999-yilga nisbatan 74,0 foizdan ko‘proq miqdorda ortgan bo‘lsa,
bu ko‘rsatkich 2001-yilning yakuniga ko‘ra, 16,2 mlrd so‘mni tashkil
etganligi yoki 1999-yilga nisbatan 3,4 baravar o‘sganligi, 2002-yilda
oldingi yilga nisbatan o‘sish 33,1 foizni tashkil etganligi, 2003-yilda
oldingi yilga nisbatan 21,3 foizga ortganligi yoki 26,3 mlrd so‘m
darajasida bo‘lganligi, 2004-yilda esa 32,9 mlrd so‘m darajasida
bo‘lganligi yoki oldingi yilga nisbatan 25,1 foizga ortganligi aniqlan-
di. Tahlil shuni ko‘rsatmoqdaki, keltirilgan yillarda sug‘urta tashkilotlari
tomonidan sug‘urta mukofotlarini yig‘ish hajmining o‘sishi barqarorlik
xususiyatiga egadir.
Sug‘urta tashkilotlari tomonidan 1999—2003-yillar bo‘yicha
jamlangan jami sug‘urta mukofotlarining (5-diagramma) o‘rtacha
65 foizidan ko‘prog‘i asosan ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi hisobiga
to‘g‘ri kelgan, ya’ni ularning sug‘urta portfeli asosan ixtiyoriy
mol-mulk sug‘urtasi hisobiga shakllantirilgan.
5-diagramma
Sug‘urta mukofotlari tushumi ulushining o‘sishi bo‘yicha O‘zbekistonda
sug‘urta faoliyatining rivojlanish ko‘rsatkichlari (%)
1999—2004-yy.
0
10
20
30
40
50
60
70
1999
2000
2001
2002
2003
2004
Yillar 
Sug‘urta tarmoqlari 
1999 
2000  
2001 
2002  
2003 
2004  
Ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta 
9,3 8,8 6,9 7,4 5,6 
5,0 
Ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi 
51,8 
60,2 
66,3 
72,3 
77,7 
79,8 
Ixtiyoriy javobgarlik sug‘urtasi 
2,8 
2,4 
5,0 
4,4 
4,5 
4,6 
Majburiy sug‘urta 
36,1 
28,6 
21,8 
15,9 
12,2 
10,6 
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari asosida
ishlab chiqilgan.

6 8
Keltirilgan yillarda sug‘urta mukofotlari tushumining o‘sish
ko‘rsatkichlarida ham ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasining ulushi
ortgan. Bu ko‘rsatkichning 1999-yilda umumiy mukofot
tushumidagi ulushi 51,8 foiz darajasida bo‘lganligi, shuningdek,
1999-yilga nisbatan 2000—2003-yillarda uning o‘sishi, mos
ravishda, 16,0; 28,0; 40,0; 50,0 foizlarni tashkil etganligi hamda
barqaror o‘sganligi kuzatildi.
Sug‘urta mukofotlari hajmi bo‘yicha bunday ko‘rsatkich
ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi hamda sug‘urtaning boshqa turla-
rida sug‘urta xizmatiga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasida ancha
tafovut mavjudligini ko‘rsatadi. Masalan, mamlakatimizda turli
mulkchilikka asoslangan iqtisodiyot ravnaqi, bir tomondan,
jismoniy shaxslar mol-mulklarini ixtiyoriy sug‘urtalashning ko‘lami
ortishi, ikkinchi tomondan, yuridik shaxslar uchun sug‘urta
tashkilotlari tomonidan sug‘urta xizmatining yangi turlari taklif
etilishi hisobiga ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasining istiqbolli im-
koniyatlarini namoyon etadi.
O‘zbekistonda ixtiyoriy javobgarlik sug‘urtasi ham rivojlanib
bormoqda. Mazkur sug‘urtaning keltirilgan yillar davomida umumiy
mukofotlar tushumidagi ulushi ortib borishi uni rivojlantirishning
katta imkoniyatlarini yuzaga keltirdi. Shu o‘rinda, ayrim kasbiy
(vrachlar, sudyalar, notariuslar va boshqalar) javobgarlik sug‘urtasini
amaliyotga joriy etish samarali ekanligini qayd etish mumkin.
Ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta bo‘yicha shuni qayd etish mumkin-
ki, uning mazkur yillarda 1999-yilga nisbatan salmog‘i kamayishi
kuzatildi. Shuningdek, keltirilgan yillar davomida majburiy
sug‘urta bo‘yicha ham mukofot tushumlari summasi kamayib
borayotganligi ko‘zga tashlandi. Bu holat mamlakatimizda sug‘urta
munosabatlarining erkinlashuvi jarayonida ustuvorlik ixtiyoriy
sug‘urtani rivojlantirishga qaratilganligi bilan izohlanadi.
Sug‘urtaning mohiyatidan kelib chiqib, shuni ta’kidlash
lozimki, qoplama to‘lovlari sug‘urta hodisalari yuz bergan hollarda
sug‘urta mukofotlaridan shakllantirilgan fond hisobidan to‘lanadi.
Keyingi yillarda sug‘urtachilarning sug‘urta portfeli asosan zararli
natijalarga olib kelmaganligini ta’kidlash o‘rinlidir.
Sug‘urta qoplamasi to‘lovlari barcha sug‘urta turlari bo‘yicha
keltirilgan yillarda mos ravishda 1,3; 2,7; 3,3; 2,4; 2,3 mlrd so‘mni
tashkil etgan. O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatining rivojlanishi
tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, keltirilgan yillar davomida umumiy

6 9
qoplama hajmida (6-diagramma) majburiy sug‘urta bo‘yicha
to‘lovlar o‘rtacha 30,9 foizdan ortig‘roq darajada bo‘lgan. 2003—
2004-yillar ko‘rsatkichlarida ham uning salmoqli o‘rni saqlanib
qolinganligini ta’kidlash mumkin. Shuningdek, 1999—2004-yil-
larda mamlakatimizda ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha eng
katta hajmdagi qoplama to‘lovlari amalga oshirilgan.
O‘zbekistonda erkin bozor munosabatlari qaror topayotgan
sharoitda ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta qoplamalari
to‘lovlarining salmog‘i o‘rtacha 54,8 foizni tashkil etganligini
ta’kidlash lozim. Xususan, 2000—2004-yillarda jami sug‘urta
qoplamasi to‘lovlari hajmida ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi
bo‘yicha amalga oshirilgan qoplamalar o‘rtacha 58,0 foizni tashkil
etganligi tahlil davomida aniqlandi.
6-diagramma
Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling