14-mavzu. Tashqi ta`sirlar va unga oid davlat siyosati reja


KEYS Stadi. NEGA BENZIN BUNCHALIK OG`IR SOLIQQA TORTILADI?


Download 256.62 Kb.
bet7/12
Sana24.12.2022
Hajmi256.62 Kb.
#1062030
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
14-MAVZU. TASHQI TA`SIRLAR VA UNGA OID DAVLAT SIYOSATI

KEYS Stadi. NEGA BENZIN BUNCHALIK OG`IR SOLIQQA TORTILADI?
Ko‘p mamlakatlarda benzin eng og`ir soliqqa tortiladigan tovarlardan biridir. Gaz solig`i avtomobil bilan bog`liq uch salbiy tashqi ta’sirga qaratilgan tuzatuvchi soliq sifatida ko‘rilishi mumkin:

  • Tirbandlik: siz hech bir yuzma-yuz tirbandlikda bo‘lgan bo‘lsangiz, ehtimol yo‘lda kam mashina bo‘lishini istagansiz. Benzin solig`i odamlarni jamoat transportidan foydalanish va ishga yaqin joyda yashashga undab tirbandlikni kamaytiradi.

  • Baxtsiz hodisalar: odamlar katta avtomobil yoki sport-kommunal xizmat transport vositalarini sotib olganda, o‘zlarini xavfsizroq qilishi mumkin, lekin ular qo‘shnilarini xavf ostiga qo‘yadi. Milliy Avtomobil Yo‘l Xavfsizligi Boshqarmasi (National Highway Traffic Safety Administration) ma’lumotiga ko‘ra, boshqa mashinaga urilgandan ko‘ra, sport-kommunal xizmat avtomobiliga urilganda, odatda, oddiy mashina haydovchilari vafot etishi ehtimoli besh marta ko‘p bo‘ladi. Gaz solig`i odamlarni katta, gaz-yoqilg`isidan foydalanqan transport vositalari boshqalarga xavf solganda to‘lashga majbur qilishning bilvosita yo‘lidir, bu esa o‘z navbatida ularni qanday avtomobil sotib olishni tanlashda ushbu xavfni ham hisobga olishga undaydi.

  • Ifloslanish: benzinga o‘xshash yoqilg`ilarni yoqish global isishi sababi deb ko‘pchilik ishonadi. Mutaxassislar bu tahdid unchalik xavfli emasligini ta’kidlashsa-da, lekin gaz solig`i benzindan foydalanishni kamaytirib xavfni shubhasiz kamaytiradi.

Shunday qilib, gaz solig`i ko‘pchilik soliqlar kabi ijtimoiy zarar o‘rniga, yaxshi iqtisodiyotni tashkil qiladi. Bu kam tirbandlik, xavfsiz yo‘llar va toza muhitni anglatadi.
Benzinga soliq qanchalik yuqori bo‘lishi kerak? Ko‘pchilik Yevropa davlatlari, Qo‘shma Shtatlarga qaraganda ancha yuqori benzin soliqlarini kiritadi. Ko‘pchilik kuzatuvchilar Amerika Qo‘shma Shtatlari ham og`irroq benzin solig`ini joriy qilishni taklif qilgan. Iqtisodiy adabiyot jurnalida chop etilgan, 2007-yilgi izlanish avtomobil bilan bog`liq turli tashqi ta’sir miqdori bo‘yicha tadqiqotlarni xulosa qiladi. Xulosaga ko‘ra, benzinga maqbul tuzatuvchi soliq bir bochkaga 2.10 so‘m edi, Qo‘shma Shtatlarda esa amaldagi soliq 40 sent bo‘lgan.
Benzin solig`idan keladigan soliq daromadi rag`batlantirishlarni buzadigan va ijtimoiy yo‘qotishlarga olib keladigan soliqlarni pasaytirish uchun foydalanish mumkin. Bundan tashqari, yanada tejamkor avtomobil ishlab chiqarishni talab qiladigan og`ir hukumat qoidalari keraksizday edi. Ammo bu fikr siyosiy jihatdan hech qachon mashhur bo‘lmadi.

Download 256.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling