Buxgalteriya hisobi fani bo’yicha Kurs ishi


Download 1.91 Mb.
bet1/6
Sana06.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1436288
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI

Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi
5230900 “Audit (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)” yo’nalishi
Buxgalteriya hisobi fani bo’yicha
Kurs ishi
Mavzu:Sug’urta xizmatlarini ko’rsatuvchi subyektlarda daromad hisobi

Bajardi:

BH-S-319 guruh talabasi
Xushnazarov Xusan Islom o’g`li



Qabulqildi:

A. Axmedjanov


SAMARQAND 2023
M avzu: Sug’urta xizmatlarini ko’rsatuvchi subyektlarda daromad hisobi
Reja:
Kirish.
Asosiy qism:
1. Sug‘urta munosabatlari to‘g‘risida umumiy tushuncha;
2. Sug‘urta tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishning o‘ziga xos jihatlari;
3. Sug‘urta kompaniyalarining hisobot shakllari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
Kurs ishning dolzarbligi. Bugungi kunga kelib mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari to‘liq amal qila boshladi. Bozor iqtisodiyotining samarali ishlashini va uning rivojlanganlik darajasini belgilovchi asosiy omillardan biri uning infratuzilmasi shakllanganlig ihisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining ajralmas tarkibiy qismlaridan biri sug‘urta sohasi hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ko‘rishimiz mumkinki, sug‘urta sohasi iqtisodiyot rivojlanishining bir maromda borishini ta’minlovchi sohalardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, sug‘urta iqtisodiyotning rivojlanishi uchun salmoqli investitsiya kapitalini jamlashtiruvchi va iqtisodiyotga kirituvchi strategic ahamiyatga ega bo‘g‘inlardan biri sifatida namoyon bo‘ladi.
Ma’lumki, uzoq asrlar davomida odamlar doimo tabiiy xavflarga duch kelib yashab kelmoqdalar. Shunga qaramay insonlar jamiyati mazkur xavflar oldida ojiz qolmaslikka harakat qilib,tabiiy xavflar bilan kurashib kelmoqda.
Uzoq yillik amaliyot natijasida insoniyat tomonidan taqdir zarbalariga qarshi turishning quyidagi shakllari ishlab chiqildi:

  • Mavjud xavfning oldini olish uchun chora-tadbirlarni amalga oshirib, xavfni bartaraf etish;

  • Sodir bo‘lgan ofat bilan kurashish, uning keng tarqalmasligini oldini olish va tezroq bartaraf etish;

  • Sodir bo‘lgan hodisala roqibatida yetgan zararlarni qoplash.1

Baxtsiz hodisalarning oqibatlari bilan kurashish sug‘urtaning asosiy maqsadi va vazifasi hisoblanadi. Insonlar baxtsiz hodisalarning oqibatlari bilan kurashish mumkinligini, tabiiy jarayonlarning qonuniyatlarini asta-sekinlik bilan tushuna boshlaganlaridan so‘ng angladilar. Lekin, afsuski, barcha favqulodda hodisalarning amaliyotda oldini olishning yoki bartaraf etishning imkoni yo‘q. Amaliyot shuni ko‘rsatdiki, tasodifiy hodisalar oqibatida yetgan zararlarni sug‘urta yo‘li bilan qoplash har doim qulay va rejali tartibda amalga oshirilishi mumkin. Shuning uchun sug‘urta bugungi kunda har bir oila, har bir tashkilot, tadbirkor, korxona va davlat uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib qoldi.
Sug‘urta munosabatlarining yana bir yo‘nalishi bu inson hayoti va sog‘lig‘I bilan bog‘liq holatlarni sug‘urtalash hisoblanadi. Hozirda inson sog‘lig‘ining buzilishi kabi holatlar tibbiy sug‘urta shartnomalari asosida sug‘urtalanadi.
Mamlakatimizda bugungi kunda sug‘urta sohasining rivojlanishiga katta ahamiyat berilmoqda. Sug‘urta sohasini taraqqiy toptirish maqsadida mamlakatimiz Prezidentining bir qancha qarorlari qabul qilindi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 15-iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2021-yil 27-avgustda ma’qullangan “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi qonun bilan mamlakatimizdagi sug’urta faoliyati bilan shug’ullanuvchi tashkilotlarning faoliyati belgilanib qo’yildi.
Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi deya O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi 2021 yil 15-iyundagi qarorida.
Sug‘urta sohasini rivojlantirish zaruratini uning quyidagi xususiyatlarga egaligi bilan asoslash mumkin:

  • Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday munosabatlarda xavf-xatar, risk va qaltisliklarning mavjudligi;

  • sug‘urta kompaniyalari tomonidan favqulodda holat natijasida korxonaning faoliyati to‘xtab qolmasligi va faoliyatini davom ettirishini ta’minlanishi; −mamlakat iqtisodiyotiga katta miqdordagi investitsiyalarni kiritishi;

  • hayot sug‘urtasi orqali aholining ijtimoiy himoyasini bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosida ta’minlashi;

  • mamlakat umumiy iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida muhim omillardan biri hisoblanishi va boshqalar.

Albatta, mazkur sohaning samarali faoliyatini ta’minlashda, ushbu soha uchun hisoblar tizimining joriy etilganligi katta ahamiyatga ega. Mamlakatimizda 2008-yilning 1-iyunidan boshlab, 2008-yil 5-mayda 1813-son bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tgan “Sug‘urtalovchilar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi Schyotlar rejasi” kuchga kirdi. Ushbu schyotlar rejasi mamlakatimizda sug‘urta tashkilotlari tomonidan sug‘urta hisobini yuritish tartiblarini belgilab beradi. Schyotlar rejasiga ilova qilingan Sug‘urtalovchilar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma ushbu schyotlar rejasini qo‘llash tartiblarini belgilab berdi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling