Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasi “bank ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqarish amaliyoti hisobot I bajardi
Banklarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi filiallari va boshqa alohida bo‘linmalari
Download 231.7 Kb.
|
HIOBOT
Banklarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi filiallari va boshqa alohida bo‘linmalari
Banklar O‘zbekiston Respublikasida filiallar, bank xizmatlari ofislari va boshqa alohida bo‘linmalar ochishi mumkin. Bank filiali bankning yuridik shaxs bo‘lmagan, bank nomidan bank faoliyatini amalga oshiruvchi va bank tomonidan o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida harakat qiluvchi alohida bo‘linmasidir. Banklar o‘z filiali yoki bank xizmatlari ofisini ochganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida Markaziy bankka belgilangan tartibda xabarnoma yuborishi shart. Bank filiali yoki bank xizmatlari ofisini ochganlik to‘g‘risidagi xabarnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: filial yoki bank xizmatlari ofisini ochish to‘g‘risida bankning vakolatli organining qarori; filial rahbari va bosh buxgalteri to‘g‘risidagi ma’lumotlar (filial ochilgan taqdirda); filial yoki bank xizmatlari ofisi joylashgan yerdagi Markaziy bank hududiy bosh boshqarmasining filial yoki bank xizmatlari ofisi binolari, ularning muhofaza qilinishi ta’minlanganligi, uskunalar, tashkiliy-texnika vositalari bilan jihozlanganligining va dasturiy ta’minotning Markaziy bank talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi. Bank filiali yoki bank xizmatlari ofisini ochganlik to‘g‘risidagi xabarnomani Markaziy bankka yuborish uchun quyidagi talablar va shartlarga rioya etilishi lozim: bankning barqaror moliyaviy holati; filial rahbari va bosh buxgalterining malakasi Markaziy bank tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligi (filial ochilgan taqdirda); filial yoki bank xizmatlari ofisi binolari, ularning muhofazasi ta’minlanishi, uskunalar, tashkiliy-texnika vositalari va dasturiy ta’minoti bilan jihozlanishi Markaziy bank talablariga muvofiqligi. Bank filiali, uning faoliyati boshlanganligi to‘g‘risidagi axborot Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Bank filialini yoki bank xizmatlari ofisini ochganlik va tugatganlik to‘g‘risida Markaziy bankni belgilangan tartibda xabardor qilmay amalga oshiriladigan faoliyat qonunga xilofdir. Bank tomonidan filialni tugatganlik to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, bank mijozlarni filial tugatilishidan o‘n besh kun oldin xabardor qilishi va ularning oldidagi majburiyatlar bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘rishi yoki bu majburiyatlarni mijoz bilan kelishilgan holda boshqa filialga o‘tkazishi shart. Bank filialni tugatganlik to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran ikki ish kuni ichida Markaziy bankni bu haqda xabardor qilishi va mijozlar oldidagi majburiyatlarni bajarishni ta’minlashga doir rejani taqdim etishi kerak. Bank vakolatxonasi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq ochiladi. Download 231.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling