Buxgalteriya hisobi milliy standartlari asosida hisob siyosati bhms 1 Tayyorladi : Esirgapov J


Moliyaviy hisobotning betarafligi


Download 492.4 Kb.
bet5/5
Sana29.10.2023
Hajmi492.4 Kb.
#1732811
1   2   3   4   5
Bog'liq
BHMS

Moliyaviy hisobotning betarafligi

Moliyaviy hisobotda keltiriladigan axborotlar ishonchliligini ta’minlash uchun u g‘arazlilikdan xoli bo‘lishi kerak.


Aktivlar va majburiyatlarni haqiqiy baholash
Aktivlar va majburiyatlarni haqiqiy baholash prinsipi ularning tannarxi yoki xarid qilish qiymati baholashga asos bo‘lishini nazarda tutadi.
Standartlarda nazarda tutilgan ayrim hollarda haqiqiy baholash xarid qilish qiymatidan farq qilishi mumkin.

Hisobot davridagi daromadlar va xarajatlarning muvofiqligi

Hisobot davridagi daromadlar va xarajatlarning muvofiqligi ushbu davrda mazkur hisobot davrida olingan daromadlarga asos bo‘lgan xarajatlarni aks ettirishini bildiradi. Agar xarajatlar va daromadlarning ayrim turlari o‘rtasidagi bevosita bog‘liqlikni aniqlash qiyin bo‘lsa, xarajatlar taqsimlashning biror-bir tizimiga muvofiq tarzda bir necha hisobot davriga taqsimlab chiqiladi. Bu bir necha yilga taqsimlanadigan amortizatsiya xarajatlariga ham taalluqlidir.

Tushunarlilik

Moliyaviy hisobotlarda keltiriladigan axborotlar foydalanuvchilar uchun ochiq va tushunarli bo‘lishi kerak.


AHAMIYATLILIK
Moliyaviy axborotning ahamiyatliligi shundan iboratki, bu axborot foydalanuvchilar qarorlar qabul qilish jarayonida va operatsion, moliyaviy hamda xo‘jalik faoliyat hodisalariga baho berishda ularning talabini qanoatlandirish kerak. Axborotning mohiyati va qiymati (muhimligi) uning ahamiyatliligiga ta’sir qilishi mumkin.

Tugallanganlik

Ishonchlilikni ta’minlash uchun moliyaviy hisobotlardagi axborot to‘liq bo‘lishi kerak.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 492.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling