Buxgalteriya hisobi milliy standartlari asosida hisob siyosati bhms 1 Tayyorladi : Esirgapov J


Download 492.4 Kb.
bet4/5
Sana29.10.2023
Hajmi492.4 Kb.
#1732811
1   2   3   4   5
Bog'liq
BHMS

Agar rahbar xo‘jalik yurituvchi subyektni tugatish yoki uning faoliyati ko‘lamlarini qisqartirish zarur deb hisoblasa yoxud shunday vaziyatga olib keladigan sharoit mavjud deb o‘ylasa, moliyaviy hisobotga tushuntirishlarda bunday faktning mazmunini yoritib berishi va moliyaviy hisobotni tuzishga asos bo‘lgan jihatlarni, uzluksizlik prinsipidan chekinish sabablarini ko‘rsatishi zarur.

Uzluksizlik prinsipi yana shuni bildiradiki, buxgalteriya hisobini yuritish muddati xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyat ko‘rsatgan muddatga mos bo‘lishi kerak, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya hisobi subyekt tugatilgan yoki u bankrot deb e’lon qilingan paytgacha yuritilishi kerak. Xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z faoliyatini tugatgan kundan boshlab buxgalteriya hisobini yuritishni ham to‘xtatadi.

Xo‘jalik operatsiyalarini, aktivlarni va passivlarni pulda baholash

Barcha xo‘jalik operatsiyalari, holatlar, aktivlar va passivlar yagona, bir xil birlikda o‘lchanishi — pul bilan baholanishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasida pul birligi — so‘m, uning bo‘laklari — tiyinlardir.

Ishonchlilik

Axborotda muhim xato yoki g‘arazlilik bo‘lmasa va foydalanuvchilar unga tayanishlari mumkin bo‘lsa, ishonchli hisoblanadi.

Operatsiyalar yoki hodisalarning ishonchliligi odatda boshlang‘ich hisob hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak.

Oldindan ko‘ra bilish (ehtiyotkorlik)

Oldindan ko‘ra bilish (ehtiyotkorlik) prinsipi moliyaviy hisobotda aktivlar va daromadlarni oshirib baholashga hamda majburiyatlar yoki xarajatlarni kamaytirib baholashga yo‘l qo‘yilmasligini nazarda tutadi.

Bu prinsipning qo‘llanishi yashirin zaxiralarni tashkil etishga yoki ta’minotni oshirib ko‘rsatishga, aktivlar yoki foydani, majburiyatlar va xarajatlarni ataylab kamaytirishga va oshirib ko‘rsatishga huquq bermaydi.

Mazmunning shakldan ustunligi

Mazkur prinsipning mazmuni shuni bildiradiki, agar hisob hujjatlaridagi va moliyaviy hisobotdagi axborot operatsiyalar va hodisalarning mazmunini to‘g‘ri aks ettirsa, bu axborot moliyaviy hisobotda hisobga olinishi va ko‘rsatilishi lozim.


Download 492.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling