92.Buxgalteriya hisobining shakli deb nimaga aytiladi?
A) o’zaro bir-biri bilan bog’langan hisob registrlari hamda ularda yozuvlarni olib borish tartibiga
B) xo’jalik muomalarining bir xil guruhlari buxgalteriya hisobi schyotlari bo’yicha yoziladigan registrlarga
C) xo’jalik muomalalarini ularning sodir bo’lishiga qarab yozib boriladigan registrlarga
D) bir-biriga biriktirilgan va muqovalangan qog’oz varaqlarga
93.Buxgalteriya hisobining qanday shakllari mavjud?
A) memorial-order, jurnal-order, avtomatlashtirilgan, soddalashtirilgan
B) avtomatlashtirilgan, soddalashtirilgan, uyg’unlashgan
C) memorial-order, jurnal-order, buxgalteriya hisoboti
D) buxgalteriya hisoboti, avtomatlashtirilgan, soddalashtirilgan, uyg’unlashgan
94.Hisob registrlarida xatolarni tuzatishning qanday usullari mavjud?
A) korrektura usuli, qizil storno usuli, qo’shimcha yozuv usuli
B) korrektura usuli, umumiy usul, xususiy usul
C) qo’shimcha yozuv usuli, qayta hisoblash usuli
D) qizil storno usuli, oddiy usul, murakkab usul
95.Korrektura usuli hisob registrlarida qanday xatolarni tuzatishda qo’llaniladi?
A) ma’lumotlar hisobot davri uchun jamlangunga qadar topilgan xatolarni tuzatishda
B) schyotlar aloqasida yo’l qo’yilgan va schyotlarga tarqatib yozilgandan so’ng yoki hisobot tuzilgandan so’ng topilgan xatolarni tuzatishda
C) schyotlar aloqasi to’g’ri tuzilgan, lekin xo’jalik muomalasining summasi yozilishi kerak bo’lgandan kam qilib yozilgan paytda xatoni tuzatishda
D) bir necha marta bir xil yozilgan yozuvlarni tuzatishda
96.Qizil storno usuli hisob registrlarida qanday xatolarni tuzatishda qo’llaniladi?
A) schyotlar aloqasida yo’l qo’yilgan va schyotlarga tarqatib yozilgandan so’ng yoki hisobot tuzilgandan so’ng topilgan xatolarni tuzatishda
B) ma’lumotlar hisobot davri uchun jamlangunga qadar topilgan xatolarni tuzatishda
C) schyotlar aloqasi to’g’ri tuzilgan, lekin xo’jalik muomalasining summasi yozilishi kerak bo’lgandan kam qilib yozilgan paytda xatoni tuzatishda
D) bir necha marta bir xil yozilgan yozuvlarni tuzatishda
Do'stlaringiz bilan baham: |