Iqtisodiy tahlilning oddiy an’anaviy usullari. Reja Kirish


Download 138.5 Kb.
bet1/6
Sana23.12.2022
Hajmi138.5 Kb.
#1044045
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Iqtisodiy tahlilning metodi va unda qo’llanil



Iqtisodiy tahlilning oddiy an’anaviy usullari.
Reja
Kirish

  1. Iqtisodiy tahlil metodi.

  2. Iqtisodiy tahlil metodining o`ziga xos xususiyatlari.

  3. Iqtisodiy tahlilning maxsus usullari.

Xulosaa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


KIRISH
Iqtisodiy tahlilning asosiy mazmuni bozor iqtisodi hamda qonunlaridan foydalangan holda korxonalarda, uning tarmoqlari hamda tarkibiy bo’limlarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida imkoniyatlar axtarib topish va ulardan samarali foydalanish yo’llarini aniqlashdir. Fan-texnika taraqqiy qilgan hozirgi sharoitda korxonalarning xo’jalik faoliyatini chuqur va har tomonlama tahlil qilmay turib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish mumkin emas. Iqtisodiy tahlil bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini qidirib topish va ulardan foydalanish imkonini beradi. Iqtisodiy tahlilni chuqur bilish raxbar xodim va mutaxassislardan o’z ishlaridagi yangilik va xatolarni topa bilishlariga, kelgusida bu xatolarni takrorlamaslikka, ichki xo’jalik imkoniyatlarini topib, ularni ishlab chiqarishga tezkor safarbar qilishga yordam beradi.
Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan ish sifatini yaxshilash, mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish, fan negizidan foydalanish darajasini mukammalashtirish, mehnat unumdorligini o’stirish, xalq farovonligini yuksaltirishni mo’ljallab iqtsodiy tejashni kuchaytirish kabi vazifalarni hal qilish kerak. Maqsadga erishish uchun har bir korxona o’zining tabiiy va iqtisodiy sharoitlarini hisobga olgan holda, iqtisodiy qonunlarning barcha talablari bajarilishini xo’jalikni rentabelli qilib olib borish yo’llarini aniqlab borishini nazorat qilib turishlari zarur. Shu ishlarni uyg’unlashtirishda tahlil muhim ahamiyatga ega.
Iqtisodiy tahlil fani xo’jilk faoliyatida bo’ladigan o’zgarishlarning sabablarini bilib olishni, ishlab chiqarishda orttirilgan tajribalarni o’rganishni va nazariy bilimlarni amaliy ish bilan solishtirib, foydalanilmayotgan ichki imkoniyatlarni qidirib topish yo’llarini o’rgatadi. Iqtisodiy tahlil fani ishlab chiqarishni rivojlantirishga doir qarorlar, fan yangiliklari, xo’jaliklar erishgan yutuqlarga rejalashtirish, hisoblash va hisobotning ilmiy sistemasiga asoslanadi. Sababi reja topshiriqlarning to’g’riligi (haqqoniyligi) hisob kitob va hisobotning ham to’g’riligiga bog’liq. Iqtisodiy tahlilning asosiy mazmuni iqtisodiy qonunlardan foydalangan holda xo’jaliklarda, uning tarmoqlari hamda tarkibiy bo’limlarida samaradorlikni oshirish maqsadida imkoniyatlarni axtarib topish va ulardan samarali foydalanish yo’llarini aniqlashdir.
Tabiat va jamiyatdagi hodisalar singari iqtisodiy hodisalarning ham tarkibiy qismlarini o’rganmay turib, ya'ni tahlil qilmay turib, ularni ilmiy jihatdan bilib bo’lmaydi. "Tahlil" iborasi grekcha "analiz" so’zidan olingan bo’lib, bu bo’laklarga bo’lish yoki ajratish, tahlil qilish kabi ma'nolarni anglatadi. Ya'ni bo’lish, ajratish asosida ko’rsatkichlarni taqqoslash va o’rganish demakdir.


Download 138.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling