Buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi


Download 1.03 Mb.
bet1/2
Sana30.10.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1733479
  1   2
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi

Buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi.

SBIA 72/22 to’ychiyev husan

reja:

  • 1. Buxgalteriya schetlari haqida tushuncha.
  • 2. Aktiv va Passiv schetning tuzilishi.
  • 3. Schetlar korrespondensiyasi va uning turlari.
  • 4. Foydalanilgan adabiyotlar
    • Schyotlar rejasi buxgalteriya hisobi tizimidagi axborotning umumiy tuzilishini, uning xo‘jalik mexanizmiga muvofiq holda iqtisodiy tavsifini aniqlab beradi. Buxgalteriya hisobi schyotlarning ma’lim bir tizimga solinishi schyotlar rejasi deyiladi. Xalq xo‘jaligining bozor iqtisodiyotiga o‘tishi, har xil mulkchilik shaklidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning paydo bo‘lishi, korxonalarning rivojlanishi, xalqaro andozalarga mos bo‘lgan hisob tizimi va schyotlar rejasini ishlab chiqishni talab qildi. SHu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 9 sentyabrdagi 103 - sonli buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining Milliy (BHMA) (21-BHMS) «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy - xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma»ni tasdiqladi va u O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 23 oktyabrda 1181-son bilan qayd qilindi.

Ushbu andoza, byudjet muassasalari va banklardan tashqari, mulk shakllaridan qati nazar barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan 2004 yil 1 yanvardan boshlab qo‘llanila boshlandi..

YAngi schyotlar rejasi jami bo‘lib 249 ta balansli va 14 ta balansdan tashqari schyotlardan iborat bo‘lib, u moliyaviy hisobotlarni tuzishga moslashtirilgan. Barcha buxgalteriya schyotlari oltita qism bo‘yicha tizimga keltirilgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: I.Uzoq muddatli aktivlar; II. Joriy aktivlar; III. Majburiyatlar; IV. Xususiy kapital; V. Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi; VI. Balansdan tashqari schyotlar. Birinchi to‘rt qism schyotlarining ma’lumotlariga asosan moliyaviy hisobotning I - shakli “Buxgalteriya balansi” tuziladi. Beshinchi qism «Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi» schyotlarning ma’lumotlariga asosan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2 - shakl ) tuziladi.

  • Schyotlar rejasida barcha schyotlar 9 bo‘limda tizimga keltirilib ko‘rsatilgan: 1- bo‘lim. Asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlar; 2- bo‘lim. Tovar - moddiy zahiralar; 3- bo‘lim. Kelgusi davr xarajatlari va muddati uzaytirilgan xarajatlar -joriy qismi; 4- bo‘lim. Olinadigan schyotlar - joriy qismi; 5- bo‘lim. Pul mablag‘lari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqa joriy aktivlar; 6- bo‘lim. Joriy majburiyatlar; 7- bo‘lim. Uzoq muddatli majburiyatlar; 8- bo‘lim. Kapital, taksimlanmagan foyda va rezervlar; 9- bo‘lim. Daromadlar va xarajatlar.

Birinchidan sakkizinchi bo‘limgacha bo‘lgan schyotlar balans tuzilishiga mos kelsa, 9 - bo‘lim schyotlari moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot tuzilishiga mos keladi. Schyotlar rejasining birinchi qismi bir (1- bo‘lim) ikkinchi qismi to‘rt (2, 3,4 va 5)lardan, uchinchi qismi ikki (6 va 7), to‘rtinchi qism bir (8- bo‘lim) va beshinchi qism bir (9 - bo‘lim) bo‘limlardan iborat.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling