Buxgalteriya hisobi, tahlil va audit kafedrasi ilmiy tadqiqot ishini tashkil etish fanidan taqdimot I f. f d. PhD a. T. Mamajonov
Download 1.92 Mb.
|
9- мавзу. ИТИТЭ (1)
TADQIQOTNING YaNGILIGINI BELGILASh VA ASOSLASh Tadqiqotchilarning tipik xatosi yangilik deb masalaning qo'yilishining yangiligini ko'rsatishdir, lekin bu hali etarli emas. Misol. Tadqiqotning ilmiy yangiligi konsalting faoliyatining shakllanishi, rivojlanishi va uni tartibga solish jarayonlarini bozor islohotlarining hozirgi bosqichi talablari asosida kompleks baholashning ustuvor vazifalarini qo'yish va hal etishdan iborat bo'lib, bu milliy iqtisodiyotda infratuzilma ushbu elementi faoliyat yuritishining o'ziga xos xususiyatlari haqidagi tasavvurlarni kengaytirishga imkon yaratdi. Tadqiqot jarayonida ilmiy yangilik belgilariga ega bo'lgan quyidagi nazariy- metodologik, uslubiy va amaliy natijalar olindi: - “bozor infratuzilmasi” tushunchasi amalga oshiriladigan bitimlar vositasida uzluksiz tarzda muomalada bo'ladigan tovarlar, resurslar va xizmatlar oqimlaridan iborat bo'lgan bozor iqtisodiyotining tovar-pul tabiati pozitsiyalaridan turib institutsional hodisa sifatida asoslab berilgan; - milliy iqtisodiyotni isloh qilish davrida shu iqtisodiyot miqyosida konsalting xizmatlari bozorining shakllanishi va rivojlanishiga belgilovchi ta'sir ko'rsatadigan qonuniyatlar va tamoyillar, shart-sharoitlar va omillar aniqlangan; - milliy konsalting xizmatlari bozorlarini tashkil etish va rivojlantirish borasidagi xorijiy tajribaga baho berilgan, ularning O'zbekiston sharoitlariga ko'nikishi mexanizmlari belgilangan; - O'zbekiston konsalting xizmatlari bozorining segmentlashtirilishi va tuzilmalashtirilishi o'tkazilgan, mamlakatdagi konsalting xizmatlari bozorini istiqbolda yanada rivojlantirishning asosiy yo'llari taklif etilgan; - O'zbekistonda konsalting xizmatlari bozori faoliyat yuritishini takomillashtirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi ishlab chiqilgan.
Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling