- TADQIQOTNING AMALIY AHAMIYATINI BELGILASH VA ASOSLASH
- Tadqiqotning amaliy ahamiyati ko'p jihatdan tadqiqotchi bajaradigan tadqiqot xarakteri bilan belgilanadi: nazariy va metodologik tusdagi dissertatsiyalar uslubiy yoki amaliy tusdagi dissertatsiyalarga nisbatan ko'proq bevosita amaliy ahamiyatga ega bo'ladi. Misol. Ishning amaliy ahamiyati. Dissertatsiya tadqiqoti natijalari, bir tomondan, davlat organlari tomonidan mamlakatning uzoq muddatli iqtisodiy siyosati maqsadlariga muvofiq ravishda konsalting xizmatlari bozorini tartibga solish maqsadida, boshqa tomondan, bozorning kasbiy ishtirokchilari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga ko'maklashishga doir xizmatlarni ko'rsatish jarayonini faollashtirish va takomillashtirish uchun qo'llanilishi mumkin. BMIga mualliflik annotatsiyasini tanlang, u bilan diqqat bilan tanishing va quyidagi savollarga javob bering:
- 1. Mavzuning ifodalanishi qo'yilgan talablarga mos keladimi? Bu nimada namoyon bo'ladi? Mavzu nomi qanday axborotni o'z ichiga oladi? Ushbu mavzu BMI uchun yaroqlimi? Nima uchun?
- 2. Tadqiqotning ob'ektli sohasi qanday? Muallif tadqiqot ob'ekti sifatida nimani tanlagan?
- 3. Tadqiqot predmeti to'g'ri belgilanganmi?
- 4. Tadqiqotning dolzarbligi asoslangan va dalillanganmi?
- 5. Tadqiqotning yangiligi aniq ifodalanganmi? Bu nimada namoyon bo'ladi?
- 6. Tadqiqotning amaliy ahamiyati taqdim etilganmi? U qanday shakllarda namoyon bo'ladi?
E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! - E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
- 934146912
Do'stlaringiz bilan baham: |