Buxgalteriya hisobi


Buxgalteriya hisobining oddiy shakli


Download 93.36 Kb.
bet3/5
Sana09.09.2023
Hajmi93.36 Kb.
#1674899
1   2   3   4   5
Bog'liq
Amaliyot hisoboti

Buxgalteriya hisobining oddiy shakli
Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi obyektlarining analitik va sintetik hisobini yuritish uchun ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq “Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobi” registri qo‘llaniladi. Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobi kitob shaklida yuritiladi, unda operatsiyalar hisobi butun hisobot yili davomida yuritiladi. Bunda, Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobi tikilgan va raqamlangan bo‘lishi shart. Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobining so‘nggi varag‘ida fermerning imzosi bilan “Mazkur Kitobda ....... varaq raqamlangan” deb yoziladi. Varaqlar soni yozuv bilan yoziladi. Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobida xo‘jalik operatsiyalari natijalari aktivlarni, majburiyatlarni, xususiy kapitalni, daromadlar, xarajatlar, foyda va zararlarni hisobga oluvchi schyotlarda aks ettiriladi.
Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobida yozuvlar tizimli tartibda Xo‘jalik operatsiyalarini qayd etish Jurnalida keltirilgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi. Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobi kombinatsiyalashgan registr hisoblanadi, unda fermer xo‘jaliklari tomonidan qo‘llaniladigan barcha schyotlar mavjud bo‘ladi va ularning har birida xo‘jalik operatsiyalari hisobini yuritish imkoniyatini yaratadi. Bunda, balansning tegishli moddalarining mazmunini asoslab berish uchun u yetarli darajada batafsil bo‘lishi lozim. Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobida har bir qo‘llanilayotgan buxgalteriya schyoti uchun aniq buxgalteriya schyotlari bo‘yicha o‘tgan yillarning tajribasini hisobga olgan holda, xo‘jalik operatsiyalarining kutilayotgan hajmidan kelib chiqqan holda, ma’lum betlar ajratiladi.
Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobi “20__ yil “___”________ dagi qoldiq” qatorida aktivlarning, majburiyatlarning va xususiy kapitalning har bir turi bo‘yicha hisobot davrining boshida mavjud bo‘lgan qoldiq summasi yozuvi bilan ochiladi. Aktiv schyotlarning qoldig‘i ushbu schyotlarning debetida, passiv schyotlar bo‘yicha qoldiq esa ushbu schyotlar kreditida yoziladi. Har bir qatorda tegishli buxgalteriya schyoti bo‘yicha yozuvlar xo‘jalik operatsiyalarini qayd etish Jurnalida keltirilgan buxgalteriya yozuvlari (provodkalari) ma’lumotlari asosida pozitsiya usulida xronologik ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
Har bir oyning (chorakning) oxirida xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobida yakun chiqariladi va unga asosan fermer xo‘jaligi faoliyatining natijasi aniqlanadi. Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobida yuritilgan aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapitalni hisobga oluvchi schyotlarning qoldiqlari 1-sonli shakl — buxgalteriya balansiga o‘tkaziladi. Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobida yuritilgan daromadlar va xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning hisobot davridagi aylanmasi 2-sonli shakl — moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotga o‘tkaziladi.
. So‘ngi yillarda qishloq xo‘jaligida yer va suv munosabatlarini tartibga solish, qishloq xo‘jalik ekin maydonlaridan samarali foydalanish, sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, yuqori daromadli eksportbop mahsulotlar yetishtirish, davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jalik mahsulotlarini xarid narxini oshirib borish hisobiga qishloq xo‘jalik korxonalarining moliyaviy barqarorligini taminlashga doir ko‘plab Davlat rahbari va Hukumatning qarorlari qabul qilinmoqda. Shulardan biri 2018 yilning 2 iyulida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan ,, Fermer xo‘jaliklarida hisob tizimini tubdan yaxshilash va ularga bank xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3824-sonli qaroridir.
Mazkur qaror bilan tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzurida Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari tuzildi. Bunda markaz xodimlarining ish haqi va unga tenglashtiriladigan xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan bo‘ldi. ,,Agrobank” ATB, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Respublika fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlarining birgalikdagi takliflari asosida davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining agrotexkartalari asosida ajratilgan kredit resurslarini onlayn tarzda boshqarish, to‘lovlarni amalga oshirish va qoldiqlarni nazorat qilib borish imkonini beruvchi maxsus mobil banking dasturiy taminoti ishlab chiqildi.
Ushbu qaror bir tomondan paxta xom-ashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini takomillashtirishga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan fermer xo‘jaliklari xodimlari-kasaba uyushmasi azolarining azolik badalini o‘z vaqtida to‘lanishida o‘z hissasini qo‘shadi.

Download 93.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling