11-ma’ruza: buxgalteriya hisobining registrlari va shakllari reja


Download 90.46 Kb.
bet1/11
Sana16.06.2023
Hajmi90.46 Kb.
#1512110
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

11-ma’ruza: BUXGALTERIYA HISOBINING REGISTRLARI VA SHAKLLARI
Reja:
11.1.Buxgalteriya hisobi registrlari, ularni turkumlash va rasmiylashtirish
11.2.Hisob registrlaridagi xatolarni aniqlash va ularni tuzatish usullari
11.3.Buxgalteriya hisobining asosiy shakllari va ularni yurtish printsi
Tayanch iboralar:
Hisob registrlari, sintetik hisob registrlari, analitik hisob registrlari, bosh daftar, buxgalteriya daftarlari, kartochkalar, alohida varaqlar, korrektura usuli, qo‘shimcha yozuv usuli, qizil storno usuli, Buxgalteriya hisobining shakli, memorial-order shakli, jurnal-order shakli, bosh jurnal shakli, soddalashtirilgan shakl, avtomatlashtirilgan shakl, 1:C buxgalteriya shakli, afzalliklari, kamchiliklari.

11.1.Buxgalteriya hisobi registrlari, ularni turkumlash va rasmiylashtirish


“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunning 15-moddasi “Buxgalteriya hisobi registrlari”ga muvofiqBuxgalteriya hisobi registrlari ikki yoqlama yozuv usuliga muvofiq yuritiladigan jurnallar, qaydnomalar, kitoblar va tasdiqlangan blankalardan (shakllardan) iboratdir.
Buxgalteriya hisobi registrlari texnika vositalaridan, axborot tizimlaridan va axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda elektron hujjat tarzida yaratilishi, ishlov berilishi va saqlanishi mumkin.
Buxgalteriya hisobi registrlarida boshlang‘ich hisob hujjatlaridagi ma’lumotlar tizimlashtirilishi va to‘planishi kerak.
Buxgalteriya hisobi registrining majburiy rekvizitlari quyidagilardan iborat:
registrning nomi;
buxgalteriya hisobi sub’yektining nomi;
registrni yuritish boshlangan hamda tugallangan sana va (yoki) registr tuzilgan davr;
xo‘jalik operasiyalarining xronologik va (yoki) tizimli guruhlanishi;
xo‘jalik operasiyalarining o‘lchov birligi ko‘rsatilgan holda puldagi o‘lchov miqdori;
registrni yuritish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarning lavozimlari, familiyalari hamda ismi va otasi ismining bosh harflari ko‘rsatilgan holdagi imzolari yoki ushbu shaxslarni identifikasiya qilish uchun zarur bo‘lgan boshqa rekvizitlar.
Buxgalteriya hisobi registrlariga tasdiqlanmagan tuzatishlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi”.

Download 90.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling