11-ma’ruza: buxgalteriya hisobining registrlari va shakllari reja


Download 90.46 Kb.
bet8/11
Sana16.06.2023
Hajmi90.46 Kb.
#1512110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kassa muomalalari
2019 yil yanvar oyi

Asos (hujjatlarga yoki yozuvlar mazmuni)

Korrespodensiyalanuvchi schotlar

Summa

Debet

Kredit

2 yanvar uchun kassa hisoboti

5110

5010

120000

4 yanvar uchun kassa hisoboti

6710

5010

80500

.... va h.k.










Jami:







200500

Memorial-orderlar tuzilish me’yoriga qarab ro‘yxatga olish jurnalida qayd qilib boriladi.
Memorial-orderlarni ro‘yxatga olish jurnali
2019 yil yanvar oyi

Memorial-orderning tartib raqami

Orderning sanasi

Memorial orderdagi summa

1

2 yanvar

120000

2

4 yanvar

80500

.... va h.k.







Yanvar uchun jami




200500

Memorial-orderlar tuzilib, ro‘yxatga olish daftarida qayd qilinganidan so‘ng yozuvlar Bosh daftardagi sintetik schotlarga o‘tkaziladi.


Memorial-order shaklining Bosh daftari ikki tomonlama yoyiq shaklga ega bo‘lib, har bir sintetik schot uchun alohida yoyiq ikki bet ajratiladi.
Ushbu daftarda memorial-orderlarning yozuvlari har bir schot bo‘yicha korrespondensiyalanuvchi schotlar ko‘rsatilgan holda yozilib, u yoki bu davr uchun ko‘rsatkichlarni umumlashtirish imkonini beradi.
Bosh daftar bir yilga ochilib, har bir oy uchun bir qator ajratiladi.
Bunday shakldagi Bosh daftar nazorat-shaxmat qaydnomasi deb ham ataladi. Bosh daftar schotlarida faqat hisobot davri uchun joriy oborotlar hisobga olinadi.
Bosh daftar schotlarining shakli har bir korrespondensiyalanuvchi schot bo‘yicha debet va kreditga bo‘lingan holda tuziladi va quyidagi shaklga ega:
BOSH DAFTAR

Debet 5110-“Hisob-kitob schyoti” Kredit

sana

Memorial-orderlar


Schyotlar kreditidan

Debet bo‘yicha jami

sana

Memorial-orderlar


Schyotlar debetidan

Kredit bo‘yicha jami































































































































Bosh daftar schotlari bo‘yicha sintetik hisob schotlarini oborot qaydnomasi tuzilib, unda schotlar bo‘yicha hisobot oyining boshi va oxiriga qoldiqlar aniqlanadi. Ular buxgalteriya balansini tuzish uchun qo‘llaniladi (3.4-jadval).
Sintetik schyotlar bo‘yicha oborot qaydnomasi

Schyotlar №
(nomi)

_______ga qoldiq
(oy boshiga)

_______oyi oboroti
(oy davomida)

________ga qoldiq
(oy oxiriga)

debet

kredit

debet

kredit

debet

kredit











































Agar sintetik schotlarga memorial-orderlardan faqat mazkur oy uchun jami oborot qaydnomasiga o‘tkaziladigan oborotlar yozilsa, u holda sintetik schotlar birlashadigan hisob registri shaxmat nazorat qaydnomasi deb ataladi.


Memorial-order shaklida analitik hisob sintetik hisobga parallel ravishda va memorial-orderlarga ilova qilinadigan hujjatlar asosida undan mustaqil ravishda yuritiladi. Analitik hisob registrlari sifatida daftarlar va kartochkalardan foydalaniladi.
Sintetik va analitik hisobning to‘g‘riligi sintetik va analitik schotlar bo‘yicha oborot qaydnomalarini solishtirish yo‘li bilan tekshiriladi.
Bayon qilinganlardan ko‘rinib turibdiki, hisobning memorial-order shakli unchalik murakkab emas. Unda hisob ishlari buxgalteriya xodimlari o‘rtasida ularning malakasi va tajribasiga qarab taqsimlanishi oson.
Memorial-order shaklining umumiy chizmasi quyidagicha:



Dastlabki hujjatlar







Analitik hisob registrlari

Kassa daftari

Guruhlovchi jamlama vedomostlar

Memorial-orderlar






-----------------------------------------------------------------------------------

Analitik schyotlar bo’yicha aylanma vedomosti

Sintetik schyotlar bo’yicha aylanma vedomosti

Bosh daftar

Registrasiya jurnali



-------------------------------------------------------


----



Buxgalteriya balansi





  • joriy yozuvlar

----------------- - yozuvlarni tekshirish
Buxgalteriya hisobi memorial-order shaklining umumiy chizmasi


Memorial-order shaklining afzalliklari: yaqqollik, korxonalarda joriy davr uchun hisob hujjatlari ko‘p bo‘lmaganida qo‘llash qulayligi.
Buxgalteriya hisobi memorial-order shaklining kamchiliklariga quyidagilar kiradi:
- bitta hisob yozuvining har xil hisob registrlarida ko‘p marta takrorlanishi;
- memorial-order shaklida sintetik hisob ikkita hisob registrida – Ro‘yxatga olish jurnali va Bosh daftarda yuritiladi;
- analitik va sintetik hisob o‘rtasida vaqt bo‘yicha uzilish, ya’ni muomalalarni analitik schotlar bo‘yicha tarqatib yozish (raznoska) ko‘pincha balans tuzishdan bir necha oy kechikishi mumkin;
- hisob registrlari hisobot shakllarini tuzishda zarur bo‘ladigan ko‘rsatkichlarni guruhlash uchun unchalik moslashmagan. Shuning uchun ma’lumotlarni dastlabki hujjatlardan yig‘ib olish va umumlashtirishga to‘g‘ri keladi va bu hisob qo‘lda yuritiladigan sharoitda ish hajmini ko‘paytiradi.
Buxgalteriya hisobi memorial-order shaklining turlaridan biri «Bosh-jurnal»shakli hisoblanadi. U ishlab chiqarish hajmi katta bo‘lmagan korxonalarda, alohida muassasalarda va ayrim moliya organlarida yuritiladi.
«Bosh-jurnal» shakliga memorial-orderlar asos bo‘lib, ular «Bosh jurnal» deb ataladigan har oyda sintetik hisob registriga yozib boriladi. Uning shakli quyidagicha:
BOSH JURNAL

sana

Memorial-order №

Yozuvlar mazmuni

Order bo‘yicha oborot summasi

Schyotlar nomi va raqami

0100-Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar

0200-Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi schyotlar

va boshqalar

debet

kredit

debet

kredit

debet

kredit

Boshlang‘ich qoldiq

























....




























Oborotlar

























Oxirgi qoldiq

























Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli. Hisobning jurnal-order shakli ma’lumotlarni joriy hisobni yuritish va hisobot tuzishni ta’minlaydigan tartibda sintetik va analitik hisob registrlarida sistemalashtirish va to‘plashga asoslanadi. Bu shaklda hisob yuritish qishloq xo‘jalik korxonalarida buxgalteriya hisobini yuritishga oid ko‘rsatma va yo‘riqnomalarga muvofiq amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobining bu shaklida asosiy hisob registrlari jurnal-orderlardir.
Dastlabki hujjatlar ma’lumotlari bevosita jurnal-orderda va qaydnomalarda to‘planib boradi. Xo‘jalik muomalalarini sistematik va xronologik yozish bir vaqtning o‘zida ya’ni, bir xil ish usulida amalga oshiriladi.
Zarur analitik ma’lumotlarni jurnal-orderlardan olish imkoni bo‘lmagan hollarda yordamchi qaydnomalardan foydalaniladi. Jurnal-orderlarning tuzilish tamoyili tegishli schotlar aloqasi ko‘rsatilgan holda hisob yuritishga asoslangan.
Jurnal-orderlar shunday tuzilgan-ki, ularda iqtisodiy mazmuniga ko‘ra bir xil xo‘jalik muomalalari aks ettiriladi. Shuning uchun ayrim jurnal-orderlar bir necha schotlarning krediti bo‘yicha muomalalarni aks ettirishga mo‘ljallangan. Dastlabki hujjatlar ma’lumotlarini to‘g‘ri guruhlash uchun jurnal-orderlarda schotlar krediti bo‘yicha namunaviy schotlar aloqasi ko‘rsatilgan.
Shunday qilib, jurnal-order shaklining tuzilishi quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:

  • jurnal-orderlarda xo‘jalik muomalalari tegishli schotlarning krediti bo‘yicha debetlanuvchi schotlar ko‘rsatilib yozilishi;

  • sintetik va analitik hisob yozuvlarining yagona tizimga birlashtirilishi;

  • buxgalteriya hisobida muomalalar xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish, davriy va yillik hisobot tuzishnita’minlaydigan yo‘nalishda aks ettiriladi;

  • davriy va yillik hisobot tuzish uchun zarur bo‘lgan, analitik hisob moddalarining nomenklaturasi va ko‘rsatkichlari hamda schotlar aloqasi oldindan belgilangan hisob registrini qo‘llash.

Yuqoridagi tamoyillarni yaqqol tasavvur qilish va jurnal-order shaklining mohiyatini tushunish maqsadida 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» schoti bo‘yicha yuritiladigan 1-ASK jurnal-orderini ko‘rib chiqamiz.

Download 90.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling