Buxgalteriya hisobi va audit “ fakulteti hba-80 guruh talabasi Shodmonov Nurbek Iqtisodiy tahlil fanidan
Download 33,83 Kb.
|
Iqtisodiy Tahlil
Toshkent Shahar Moliya Instituti “ Buxgalteriya hisobi va audit “ fakulteti HBA-80 guruh talabasi Shodmonov Nurbek Iqtisodiy tahlil fanidan 2-oraliq nazorati Variant – 20 1. Asosiy vositalar va ularning tahlili Asosiy vositalar tarkibiy tuzilishi va dinamikasining tahlili, aktiv va passiv qismlari nisbati Budjet muassasalarida asosiy vositalarni tahlil qilishda, eng avvalo, ularning xususiyatlarini e’tiborga olish, tarkiban joylashtirish va tasniflash muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda budjet muassasalari asosiy vositalarini quyidagi xususiyatlari bo‘yicha tasniflash mumkin: Muassasaning moliyaviy faoliyatida asosiy vositalarning qatnashuviga ko‘ra: – aktiv asosiy vositalar; – passiv asosiy vositalar. Asosiy vositalarning foydalanish jarayonida ishtirokiga ko‘ra: – foydalanishdagi asosiy vositalar; – foydalanishdan olib qo‘yilgan (konservatsiya qilingan asosiy vositalar. Asosiy vositalarning turlarga ajratilishiga ko‘ra: – yer; – binolar; – inshootlar; – uzatish moslamalari; – hisoblash texnikasi va kompyuterlar; – transport vositalari; – asbob-uskunlar; – xo‘jalik jihozlari; – ishlab chiqarish inventarlari; – ishchi va mahsuldor hayvonlar; – ko‘p yillik ekinlar va boshqa asosiy vositalar. Mulkiy egaligiga qarab: – o‘ziga tegishli asosiy vositalar; – ijaraga olingan asosiy vositalar. Yuqoridagilardan tashqari asosiy vositalarni boshqa xususiyatlari bo‘-yicha ham tasniflash mumkin. Bozor sharoiti budjet muassasalaridan asosiy vositalarning barcha turlari-ni kerakli nisbatda va tarkibda bo‘lishini taqozo etadi. Asosiy vositalarning tarkibi, ularning tuzilishini o‘rganish bilan bir qatorda dinamik o‘zgarishlariga ham baho beriladi. Asosiy vositalarning dinamikasi deganda ularning davrlar (yillar) bo‘yicha o‘zgarishi tushuni-ladi. Dinamik o‘zgarishlar asosida korxonada asosiy vositalarning yillar bo‘yicha mutlaq va nisbiy o‘zgarishlariga baho beriladi. 2. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibi Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar tegishli bo‘ladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ustama xarajatlar. ahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi elementlar bilan guruhlarga ajratiladi: ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda); ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari; ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar; asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi; ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar. 1.1. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy xarajatlar Ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy xarajatlarga quyidagilar tegishli bo‘ladi: 1.1.1. Ishlab chiqariladigan mahsulotning asosini tashkil etib uning tarkibiga kiradigan yoki mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, xizmatlar ko‘rsatishda) zarur tarkibiy qism hisoblangan chetdan sotib olinadigan xomashyo va materiallar. Ishchilar qo’nimsizligini tahlil qiling va xulosa yozing.
Xodimlarni ishga qabul qilish aylanmasi koeffitsiyenti Kiq= 20/339=0,058, 22/345=0,063 Ishdan ketish bo‘yicha aylanma koeffitsiyenti (Kk): Kb= 39/339=0.115 36/345=0.104 Qo‘nimsizlik koeffitsiyenti (Kq): Kq=(25+8)/339=0.097 (26+6)/345=0.092 Ma’lumotlar ko‘rsatadiki, hisobot davri uchun o‘z xohishiga ko‘ra, ishga sababsiz kelmaganligi va boshqa mehnat intizomini buzganligi uchun ishdan bo‘shatilganlar soni 32 tani tashkil qiladi (26+6), o‘z navbatida, xodimlar qo‘nimsizligi koeffitsiyenti 0,092% ni tashkil qiladi. O‘tgan yilda bu ko‘rsatkich 0,097%ga teng edi . Xodimlar qo‘nimsizligi yil davomida yangi xodimlarni ishga qabul qilish va tayyorlashga to‘g‘ri kelishini anglatadi. Download 33,83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling