Buxgalteriya hisobi va audit “ sirtqi bo‘lim yo‘nalishi talabasi abdulazizov Sardorning
Download 381.67 Kb.
|
1 2
Bog'liqAbdulazizov Sardor 10-mavzu ,ma\'naviyatshunoslik
BILIM — kishilarning tabiat va jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan maʼlumotlari; voqelikning inson tafakkurida aks etishi. Kundalik tasavvurimizda nimaning nima ekanligiga ishonsak va bu ishonchimiz biz odatlangan voqea va hodisalarga (qoidalarga) zid kelmasa bunday ishonch Bilim hisoblanadi.
Voqelik haqidagi bilgan maʼlumotlarimiz Bilim darajasiga koʻtarilishi uchun quyidagi shartlarni qanoatlantirishi lozim: birinchidan, bu maʼlumotlarning voqelikka mutanosibligi; ikkinchidan, yetarli darajada ishonarli boʻlishi; uchinchidan, bu maʼlumotlar dalillar bilan asoslangan boʻlishi lozim. Uchala shart birgalikda mavjud maʼlumotlarni Bilim darajasiga olib chiqadi. Inson ijtimoiy taraqqiyot jarayonida bilmasliqdan bilishga, mavhum Bilim lardan mukammal va aniq Bilimlar hosil qilish tomon boradi.Kishining moddiy dunyo toʻgʻrisidagi Bilimi nisbiydir, u doimo rivojlanib boradi. Bilim kundalik tajriba, kuzatish orqali toʻplanadi. Bilimlarni tadqiqetuvchi taʼlimot — epistemologiyada perseptiv (hissiy), hayotiy — kundalik (sogʻlom akl) va ilmiy Bilim shakllari ajratib koʻrsatiladi. Ilmiy adabiyotlarda Bilim larning ilmiy va ilmdan tashqari shakllari ham farq qilinadi. Ilmdan tashqari Bilim larga madaniyat, adabiyot, sanʼat, mifologiya, din va sh. k. sohalarga oid Bilimlar kiradi. Odatdagi fan sohalarida tadqiq etiladigan Bilimlar ekzoterik (koʻzga tashlanuvchan) Bilimlar deb atalsa, astrologiya, va sh. k. sohalarga oid B. lar ezoterik (pinhoniy) B. lar deyiladi. Ekzoterik B. lar ilmfan qoidalariga zid kelmaydigan boʻlsa, ezoterik B. lar bunday qoidalarga zid kelishi mumkin. Bilim haqiqatan ham hayot kechirish va jamiyatimizni yanada rivojlantirish uchun har kuni zarur bo'lgan boylikdir. Dunyoda hech narsa bilimni qo'llamasdan sodir bo'lmaydi, qadimgi zamonlarda muvaffaqiyat sirlari va tabiat va hunarmandchilik haqidagi bilimlarning boshlanishi odamlar og'zaki ravishda, otadan o'g'ilga, bobosidan nabirasiga o'tib kelgan. Vaqt o'tishi bilan bilim tobora kengayib bordi, hozirgi kunda ilmiy sohalarda qancha yo'nalishlar mavjudligini hisoblamang, hayotimizda allaqachon ishlatilgan ixtirolarning sonini hisoblamang. Endi bizning axborot inqilobi asrimizda bilim taraqqiyotni harakatga keltiradigan shunday kuchga aylandi. Masalan, chet tillarini olaylik, ingliz tilini yaxshi biladigan kishi bunday bilimlar evaziga yaxshi ish topishi, o'ziga mos ish topishi va martaba pog'onasidan ko'tarilishi mumkin. Keling, bilimlarning har qanday sohasi bo'yicha qo'shimcha kurslarga qatnaylik, bizning davrimizda bizni butunlay boshqacha his qilishimizga imkon beradigan, ta'limimizni yanada yaxshilaydigan, ongimizni kengaytiradigan, atrofimizdagi hali notanish joylar haqidagi bilimlarni rivojlantiradigan oliy ma'lumot uchun qo'shimcha ta'lim talab etiladi. Shunday qilib, bilim bilan qurollangan kishi, hech narsani o'rganishni istamagan odamga nisbatan juda tez yuradigan mashinaga o'xshaydi. Insoniyat rivoji, xalq, millat ravnaqi, ma’naviy takomili va yuksalishi ilm-u ma’rifatning yuqori cho‘qqiga yetganligidan dalolatdir. Bu esa, o‘sha millat, xalq, davlat va jamiyat tamaddunining yuksak darajasini belgilovchi muhim mezondir. Inchunin, yuksak tamaddunga ega millatning ildizi ma’rifat chashmasiga to‘yingan, tanasi bilim, mevasi esa yetuklik, barkamollik, komillikdir. O‘zbek xalqi ana shunday ma’rifat chashmasidan oziqlangan, ildizi baquvvat, tarixda bir nechta renessans davrini boshlab bergan va dunyo tamadduniga ko‘plab daholarni yetishtirgan millatdir. Buyuklar qoldirgan chashma shu qadar pok va takrorlanmaski, undan ichganing sari mudom bu chashmaga intilaverasan. Intilganing sari o‘zingda komillik, yetuklik, ezgulik kasb etib boraverasan. Darhaqiqat, bugungi avlod ham ajdodlar qoldirgan ana shu ma’rifat chashmasiga intilib yashashi va ular merosini chuqur o‘rgangan holda tadqiq etishi va bu asosida, jamiyat ma’naviy yuksalishiga xizmat qilishi lozim. Buyuk faqih Burhonuddin Marg‘inoniyning “Hidoya” asari qimmatli manbalardan bo‘lib, necha asrdan buyon fiqh ilmiga oid izchil va mukammal qo‘llanma sifatida o‘qib kelingan. Mazkur asar bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan holda, islom huquqiga oid qimmatli manba sifatida soha mutaxassislari tomonidan huquq va majburiyatlarni belgilashda muayyan darajada asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Ta’kidlash lozimki, “Hidoya” asari jami 6 jilddan iborat bo‘lib, 2 jildi to‘liq va mukammal holda joriy alifboda nashr etildi. Olimlar tomonidan asarning qolgan 4 jildini nashr etish ustida izlanishlar olib borilmoqda. Bu albatta, bizga boy merosimizdan bahramand bo‘lish, ma’naviy kamolotimiz yo‘lida istifoda etish imkonini beradi. Yoki arab tili grammatikasini chuqur o‘rganib, arablarga o‘z tilidan saboq bergan va “Xorazm faxri”, “Arab va g‘ayri arablar ustozi” degan yuksak nomlarga sazovor bo‘lgan Mahmud Zamaxshariy faoliyati ham o‘ziga xos va arab tilshunosligini o‘rganishda alohida o‘ringa ega. Zamaxshariy tafsir, hadis, adabiyot, fiqh ilmlari bo‘yicha ham bebaho asarlar yaratgan yirik olimdir. Ayniqsa, mashhur “al Kashshof” asari dunyoning islom oliy dargohlarida Qur’on tafsiriga oid muhim darslik sifatida o‘qitib kelinadi. Binobarin, olimning arab tilshunosligi va grammatikasi hamda Qur’onni o‘rganishga doir qarashlari o‘z ma’rifiy ahamiyatini yo‘qotmagan holda, bugungi kunda ko‘plab yangi-yangi tadqiqotlarni yuzaga keltirmoqda. Shuningdek, insonni komillik sari intilishiga va jamiyatda halol, pok, kamtarin bo‘lishga, hamisha ezgu ishlar qilishga chorlab kelgan tasavvuf ta’limoti ham ezgu g‘oyalari bilan jamiyat ma’naviy rivojiga beqiyos hissa qo‘shib kelgan. Bugun yetti pir sifatida e’tirof etilayotgan avliyo zotlar amaliy faoliyatida ilm-u irfon nurini ko‘ramiz. Chunonchi, Xojagon tariqati asoschisi, orif zot Abduxoliq Gʻijduvoniy irfoniy qarashlari orqali yuksak insoniy sifatlarni, umuminsoniy g‘oyalarni o‘z asar va o‘gitlarida ilgari surgan. Xususan, alloma “Vasiyatnoma” risolasida, “Ey, farzand! Men senga barcha holatlarda ilm, adab va taqvoda bo‘lishingni vasiyat qilaman! O‘tgan ulamolarning izidan yurishing lozim. Ahli sunnat va jamoatning mulozimi bo‘l!”, deya komillik va yetuklikka chaqiradi. Tafakkur olami Ma’lumki, tasavvuf ta’limotini xalqchil, tushunarli va xalq orasiga keng yoyilishida badiiy ijod ahlining o‘rni beqiyosdir. Tasavvuf adabiyotining yuzaga kelishida ham so‘fiy, orif zotlarning ilohiy ishqqa qarab intilishida majoziy, obrazli ifodalarni she’riyat orqali tarannum etishida ko‘rinadi. Chindan ham, o‘zbek mumtoz asarlaridan, to XX asr boshlariga qadar yuzaga kelgan nasriy va nazmiy merosda o‘ziga xos obrazlar, ramzlar, timsollarning badiiy ifodasini ko‘ramiz. Badiiy ijodda tasavvufiy tushuncha va istilohlar majoz orqali tarannum etiladi. Xususan, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy, So‘fi Olloyor, Boborahim Mashrab, Zahiriddin Muhammad Bobur, Xo‘janazar Huvaydo, Uvaysiy, Nodira va boshqa ko‘plab o‘zbek mumtoz ijodkorlar merosida insonning poklik, ezgulik sari ruhiy intilishi, riyozat chekishi, insoniy sifatlarni egallab, komillik kasb etishi va eng muhimi, Yaratganga ilohiy muhabbat orqali xos banda bo‘lish kabi g‘oyalar mujassamdir. Alisher Navoiy ijodi shunchalar xilma-xil va serqirraki, o‘rganganing sari yangi-yangi ma’nolar, so‘z kuchining jozibasi, tasvirning betakrorligini mushohada etib boraverasan. Xususan, asarlarida ilgari surilgan adolat, saxiylik, qanoat, vafo, kamtarlik, hayo, adab, rostlik kabi axloqiy tushunchalar va ularga qarama-qarshi riyo, tama, kibr, adabsizlik kabi illatlarning badiiy ifodasi orqali buyuk ijodkorning falsafiy mushohadasi, tafakkur olami naqadar yuksakligini bilamiz. Navoiy dahosining umrboqiyligi ham ana shundadir. Shuningdek, So‘fi Olloyor ijodida ham islom arkonlari tasavvufiy g‘oyalar vobastaligida qalamga olinadi. Boborahim Mashrab esa, tavhid g‘oyasi uchun ma’naviy kurash olib borgan ilohsevar oshiq obrazini beradi va buni “junun”, “jonon”, “yor”, “may”, “ma’shuq”, “parvona” kabi majoziy tushuncha va timsollar orqali ifodalaydi. Bundan ko‘rinadiki, badiiy ijodda, insoniy muhabbatdan ilohiy muhabbatga qarab borish, ruhiy poklanish, umr mazmunini yaxshiliklar ustiga qurish muhim va umuminsoniy g‘oya sifatida baholanishini anglash mumkin. Bunyodkorlik, hamjihatlik Bundan tashqari, keyingi davr, ya’ni XVIII-XIX asrlarda yuzaga kelgan islom tarixini badiiy ifodalagan asarlarda ham tarixiy shaxslar qahramonligi orqali tinchlik, bunyodkorlik, hamjihatlik, e’tiqodda sobitlik g‘oyalari ilgari suriladi. Xususan, Sobir Sayqaliyning “Ravzat ush-shuhado”, Uvaysiyning “Qissai imom Husayn”, Xolis Toshkandiyning “Qusam ibn Abbos”, “Shoh Jarir qissasi” hamda muallifi noma’lum “Ibrohim Adham qissasi”, “Qissai Mashrab” kabi asarlar allaqachon xalqning ma’naviy mulkiga aylangan bo‘lib, sevib o‘qib kelingan va insonlarni to‘g‘ri yashash, ezgulik qilishga chorlagan. Bugungi kunda ham bunday mazmundagi asarlar o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmagan holda sevib mutolaa qilinadi va insonsevarlik, tinchlikparvarlik, birdamlikdan saboq beradi. XX asr ma’rifatparvarlar ijodi va ma’naviy jasoratini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. Inchunin, Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Is'hoqxon Ibrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Munavvarqori Abdurashidxonov kabi ma’rifatparvarlar ijodi va ularning ma’rifiy takomil yo‘lidagi faoliyati bugungi avlod uchun ibrat maktabidir. Bu ma’rifatparvarlar o‘z davrini Uchinchi renessans bosqichiga olib chiqishga intilgan ma’naviy yo‘lboshchilardir. Xalqni ilm, ma’rifat mayog‘i ostida birlashtirib, ulkan maqsad sari harakatlanishga chorlagan va bu yo‘lda ma’naviy qanot bo‘lgan, hatto ilm tarqatish, ziyo ulashishni umrlarining mazmuniga aylantirganlar. Abdulla Avloniy yetuk pedagog sifatida o‘z zamonasi yoshlarining ta’lim-tarbiyasi masalasini yuqori o‘ringa qo‘ygan. Ijodkorning tarbiyaga oid “Turkiy guliston yoxud axloq” asari yoki maktablar uchun yozgan qator darsliklari o‘z davri va bugungi kun uchun ham qimmatli va qadrlidir. Abdurauf Fitrat ham arab, fors, turk, rus tillarini puxta bilgan, fan sohalaridan xabardor hamda islom ilmlari bo‘yicha chuqur bilim va dunyo qarashga ega yetuk olim, mohir tarjimon, qalami o‘tkir publitsist bo‘lgan. Ijodkor o‘z zamonasining illatlarini tanqid ostiga oladi, o‘z manfaatini o‘ylab, o‘zgalar ahvoliga befarq, xalq turmushi bilan ishi yo‘q amaldorlar hamda beg‘am, loqayd insonlarning ko‘pligidan qayg‘uradi. Qalbi uyg‘oq, xalq dardi bilan yashagan ijodkor afsus, nadomat bilan murojaatli tarzda quyidagilarni yozadi: Xalqni ilm-ma’rifatli qilish, san’at va madaniyatni rivojlantirish, nashr ishlarini kengaytirish, turli davlatlar bilan ilmiy-ma’rifiy aloqalarni yanada kuchaytirish, eng muhimi, ta’lim-tarbiya masalalariga alohida e’tibor berib, o‘z asarlari, she’rlari orqali ma’rifatga chorlagan buyuk ma’rifatparvarlarimizning amaliy faoliyati va tinimsiz sa’y-harakatlari beqiyosdir. Umuman olganda, har bir davrda bo‘lgani kabi bugungi kunda ham allomalar ilmiy merosini tadqiq etish, sodda va tushunarli qilib xalqqa yetkazish, ayniqsa, yoshlar ong-u shuuriga ma’rifiy jihatlarni singdirish olimlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Bu borada, yunon olimi Aristotelning “Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi” degan so‘zlari negizida ham ulkan ma’no mujassam. Shubhasiz, yoshlar ertangi kun egalari, ular qanchalik barkamol bo‘lsa, jamiyat shunchalik taraqqiy etadi. Bugungi avlod ham ajdodlarga munosib voris bo‘lgan holda turli fan sohalarini bilishlari, ilm sirlarini chuqur egallashlari, ma’rifatli, intellektual salohiyatli, keng dunyoqarash va mustaqil fikrga ega shaxs bo‘lishlarini globallashuv jarayonlari taqozo etadi. Zero, allomalar merosi bebaho ma’naviy boylik, bilim duriga limmo-lim xazinadirki, bu ilm-u irfon injulariga to‘la xazina bizni hamisha tarbiyalaydi va ulug‘ ajdodlarga munosib avlod sifatida buyuk maqsadlar, ulkan ishlarni amalga oshirishga undaydi. Saxiylik zamirida yaxshilik va ezgulik tushunchalari mujassam. Binobarin, saxiy odam ana shu sifatlari bilan obro'-e'tibor qozonadi, rahmat eshitadi. Ayniqsa, ko'makka muhtoj kishilarga yordam qo'lini uzatish inson hayotini bezaydi. Bugun pandemiya sharoitida shunday saxovatpesha insonlar ko'pligini va ular tomonidan amalga oshirilayotgan xayrli ishlarni ko'rib, xalqimizga xos ezgu qadriyatlar,bardavom ekanidan dil quvonadi. Qo'li ochiq kishilar ko'magini to'g'ri yo'naltirish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo'llab-quvvatlash borasida muhim hamda tezkor tadbirlar amalga oshirilayotganini aytish joiz. Mana shunday asriy ezgu qadriyatlarga tayangan holda, joriy yilning 20 aprel kuni davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda “Saxovat va ko'mak” umumxalq harakatini yo'lga qo'yish tashabbusi ilgari surilgan edi. Ayni chog'da umumxalq harakatni amalga oshirish uchun Prezidentimiz joriy yilning 22 aprel` kuni global inqiroz va pandemiya sharoitida bandlik masalasiga bag'ishlab o'tkazgan videoselektor yig'ilishida aholining ko'makka muhtoj qatlamini manzilli asosda qo'llab-quvvatlash yuzasidan vazifalar belgilangandi. Aniqrog'i, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlariga “Saxovat va ko'mak” jamg'armasi faoliyatini muntazam nazorat qilib borish va uni muvofiqlashtirish vazifasi topshirilgandi. Shundan kelib chiqib, Jamg'arma mablag'laridan foydalanish yuzasidan kundalik jamoatchilik nazorati o'rnatildi. Shu bilan birga, tuman va shaharlarda sektor rahbarlari mahallalar bilan birga har bir oilaning moddiy ahvolini o'rgangan holda, haftalik yordam ko'rsatiladigan ehtiyojmand oilalar ro'yxatini shakllantirdi. Ularga berilishi kerak bo'ladigan mablag'lar, dori-darmon vositalari va oziq-ovqat mahsulotlarining hajmi belgilanib, ma'lumotlar mahalliy Kengashlarga kiritildi. Bu boradagi ishlar izchil amalga oshirilmoqda. Ta'kidlash kerakki, ma'lumotlar har bir mahalla kesimida shaxsan sektor rahbarining nazorati ostida tuzilgan ishchi guruh tomonidan shaffof holda aniqlandi. Bunda, avvalo, karantin vaqtida ishsiz qolgan, chet eldan qaytgan fuqarolarni o'rganish va ular bandligini ta'minlash e'tiborga olinmoqda. Ehtiyojmand shaxslarga moddiy yordam berish hamda kam ta'minlangan oilalarda buning sababini o'rganish va uni bartaraf qilish bo'yicha takliflar shakllantirilayotganini ham qayd etish o'rinlidir. O'tgan davrda “Saxovat va ko'mak” jamg'arma fondiga mablag' va mahsulot hamda boshqa narsalar hisobiga hissa qo'shayotgan homiylarning ro'yxati tuzildi. Ushbu jarayonda tadbikorlar manfaatlarini himoyalash maqsadida oziq-ovqat mahsulotlari, ish o'rni bilan ta'minlash va pul mablag'lari o'tkazish ularning o'z xohishi bilan amalga oshirilayotgani hamda hech kim tomonidan majburlov bo'lmaganligiga aniqlik kiritishga ham katta e'tibor berilayotir. Shu sa'y-harakatlar natijasida “Saxovat va ko'mak” umumxalq harakati doirasida Respublika bo'yicha joriy yilning birgina aprel` oyida 299 ming 24 nafar ehtiyojmand aholi ish bilan ta'minlandi. Bundan tashqari, 14 ming 568 xonadonga zarur dori-darmon vositalari, 316 ming 683 tasiga esa oziq- ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Qolaversa, 62 ming 34 ta xonadonga pul ko'rinishida moddiy ko'mak ko'rsatildi. Pandemiya davrida jamg'armaga o'zlarining hissasini qo'shgan tadbirkor va homiylarni qo'llab-quvvatlash masalasiga ham alohida e'tibor qaratilyapti. Xususan, ular bilan suhbatlar o'tkazilmoqda. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad, birinchi navbatda, aholi salomatligini muhofaza qilish hamda tadbirkor va homiylarni qo'llab-quvvatlash orqali barchani ana shu kabi ezgu ishlarga yanada rag'batlantirishdan iborat. Ma'lumki, ajdodlarimiz xayru saxovat ko'rsatishni o'zlarining qalb amriga ko'ra bajargan. Eng qiyin vaziyatlarda vatandoshlarini ham ma'naviy, ham moddiy qo'llab-quvvatlagan. Bugun ham ana shunday ezguliklar keng quloch yozmoqda. Saxovatli xalqimiz bor ekan, bugungi sinovli kunlardan ham, albatta, yorug' yuz bilan o'tib olamiz. “Ezgulik” jamiyati o’z yetakchisi Vasila Inoyatovaning vafoti ortidan tashkilotning kelgusi faoliyatiga doir bayonot tarqatgan. Unga ko’ra, tashkilot inson huquqlari himoyasini asosiy vazifasi deb bilgan holda Inoyatovaning yo’lini davom ettiradi. Yaqin kunlarda yangi rahbarning saylanishi rejalanmoqda. Jamiyat raisligiga nomzodlardan biri, huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanovga ko’ra, nodavlat tashkilotlar faoliyatiga doir so’nggi o’zgarishlar O’zbekistonda 70 ga yaqin bo’limlariga ega “Ezgulik” faoliyatining kuchayishiga xizmat qiladi. Vasila Inoyatova 19-may kuni shifoxonada vafot etdi. U “Ezgulik” jamiyatiga 2002-yildan rahbarlik qilgan edi. Jamiyat o’sha yili xalqaro tashkilotlar talabiga ko’ra O’zbekistonda rasman ro’yxatdan o’tgan edi. “Ezgulik” faollarining bildirishicha, Inoyatovaning vafoti nafaqat tashkilot, balki huquq himoyachilari doxil jamoatchilik uchun ham katta yo’qotish bo’ldi. “Biz Vasila opaning o’limi munosabati bilan tarqatgan bayonotimizda u kishining inson huquqlari borasidagi kurash yo’li davom etishini bildirdik. Bu o’z o’zidan emas – Markaziy kengash a’zolari bilan kelishilgan fikr. Vasila opaning yo’li boshqa bir rahbar yetakchiligida davom etadi. Qurultoyda, Markaziy kengash yig’ilishida kimga ishonch bildirilsa, o’sha odam bu ishni davom ettiradi. Hozirgi vaziyatda nizomga ko’ra uch oy davomida jamiyatni kengash a’zolaridan biri muvaqqat rahbar sifatida boshqarib turadi, qurultoyda esa jamiyat strategiyasini belgilaydigan yangi rahbar saylanadi. Bu bayonotimiz odamlarning o’zaro suhbatlarda, ijtimoiy tarmoqlarda “Ezgulik” jamiyatining keyingi taqdiri nima bo’lishi haqidagi savollariga javob tariqasida ko’rilishi mumkin”, - dedi Tashanov. “Ezgulik” mamlakatda rasman ro’yxatga olingan inson huquqlari tashkiloti hisoblanadi, respublika bo’ylab 70 ga yaqin bo’limlari, yuzdan oshiq a’zolarining borligi ta’kidlanadi. Jamiyat yaqin kunlarda qurultoy o’tkazib, unda yangi rahbar saylanishi kutilmoqda. Raislikka nomzodlardan biri Tashanovning aytishicha, yaqin bir-ikki hafta ichida Markaziy kengash majlis qilib, muvaqqat rahbarni saylaydi, u esa o’z navbatida qurultoy ishlariga tayyorgarlik ko’radi. “Qurultoyni avgust oylarida o’tkazish rejasi bor. Ehtimoliy nomzodlar haqida gapiradigan bo’lsak, ko’pchilik menga Vasila opaning izdoshi sifatida murojaat qilyapti, xabaringiz bor, tashkilotda ancha yillardan beri ishlab kelaman, katta ehtimollik bilan vaziyatni qo’lga olishga harakat qilaman. Albatta bu ish saylov yo’li bilan hal qilinadi, qolaversa, mendan tashqari tashkilotda boshqa munosib nomzodlar ham bor. Agar hamkasblar meni qo’llab-quvvatlasa, tashkilot faoliyatini rivojlantirishga tayyorman”, - deydi Tashanov. Unga ko’ra, O’zbekistonda nodavlat tashkilotlar faoliyatiga doir qabul qilingan yangi qarordan kelib chiqqan holda jamiyatning faoliyati, ish uslubida ham o’zgarishlar rejalangan. “Albatta, bu o‘zgarishlar mamlakatda so’nggi paytda yaratilgan sharoit bilan bog’liq. Nodavlat tashkilotlarning ishlashi uchun imkoniyatlar kengaymoqda. Xorij tashkilotlarining moliyaviy ko’magidan foydalanishga ruxsat berildi. “Ezgulik” ishlagan avvalgi paytlarda, masalan, AQSh elchixonasi tomonidan ajratilgan bir grantni ololmay, ancha ovora bo’lgan edik. Tashkilot strategiyasiga ham ayrim o’zgarishlar kiritiladi. Masalan, yaqingacha Vasila opaning shaxsiga suyanib ishlaganmiz, hozir esa buni o’zgartirish vaqti keldi. Yoshlarga, yangi liderlarga ko’proq imkoniyat berishni rejalayapmiz. Huquq tashkilotlariga yoshlarni tortish kerak, bu huquq himoyachilari orasida dolzarb bo’lgan muammolardan” . “Vasila opa mustaqillikning dastlabki yillarida maydonga chiqqan faollardan edi. Siyosiy faollarni ta’qib etish boshlanganidan so’ng faoliyatini inson huquqlari sohasida davom ettirdi. 1994-yilda prezident shaxsini haqorat qilish aybi bilan unga nisbatan qamoq jazosi tayinlandi, ammo keyinchalik amnistiya qo’llandi. Inson huquqlari faoliyati davomida bir qator xalqaro mukofotlarga sazovor bo’ldi. U BMT, YXHT doirasidagi anjumanlarda O’zbekistondagi inson huquqlariga oid vaziyat bo’yicha hamisha o’zining ochiq ma’ruzalari bilan qatnashib kelgan edi. Uning o’limi biz uchun katta musibat. Vasila opaning vafoti kutilmagan holat emas. U bilan uzoq yillar birga ishladik, ozodlikka chiqqan siyosiy mahbuslarni kutib olishga borgan paytlarimizda ham uning salomatligi o’ta og’ir ekaniga guvoh bo’lganman. So’nggi kunlarda oshqozondagi yara jiddiy bezovta qilayotgan edi, men Vasila opani o’limidan ikki kun oldin shifoxonaning jonlantirish bo’limida ko’rgan edim”, - deydi Tashanov. Download 381.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling