Buxgalteriya hisobi va audit bakalavriat yo’nalishi talabalari uchun ishlab chiqarish malakaviy amaliyot hisobotini yozish bo’yicha ishchi daftari. Toshkent, 2022. Taqrizchilar: Quljonov. O
Download 0.57 Mb.
|
nargiza opa
Umumiy xulosa:
Korxona ochish uchun birinchi navbatda korxonaga nom tanlash kerak bo’ladi. Korxonaga nom fo.birdarcha.uz sayti orqali tanlanadi. Yoki D.X.A (davlat xizmatlari agentligi) tomonidan tanlanishi ham mumkin. Korxona ochish uchun davlat xizmatlari agnetligiga boriladi. Ustav-korxona nizomi yaratiladi. Ustav bu- korxonaning nizomi hisoblanib, unda korxonaning to’liq va qisqa nomi, manzili, faoliyat turlari, ta’sischi yoki ta’sischilar haqida qisqacha ma’lumotlar va ustav fondi ko’rsatilgan bo’ladi. Korxona uchun kerakli hujjatlar: -ustav fondi -ta’sis shartnomasi -guvohnoma -litsenziya (faoliyat turida talab etilgan bo’lsa olinadi) -Forma 4, Forma 8 Har qanday korxona tashkilot, har oy oxirida oylik hisobot yuborishlari zarur. Hisobot topshirish uchun my.soliq.uz saytiga kiriladi va exel formatdagi xodimlarning oylik hisoboti yuklanib, joriy oy uchun yuboriladi. Oylik hisobotlar har oyning 15 sanasigacha yuborilishi kerak. Agar kechiksa, yoki hisobotda xatolik mavjud bo’lsa qayta hisobot qilib yuboriladi. Faoliyat turiga qarab yuborilgan yoki qabul qilinishi kerak bo’lgan hisob fakturalar didox sayti orqali nazorat qilinadi. Xizmat ko‘rsatish sohasi bugun butun dunyoda eng sеrdaromad tarmoq hisoblanadi. Mamlakatimizda ham ushbu yo‘nalishni yanada rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, kеyingi yillarda mazkur yo‘nalishda tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan tashabbuskorlarni krеdit mablag‘lari bilan ta’minlashda moliya muassasalari muhim o‘rin tutmoqda. Buni Qashqadaryo viloyati misolida ham ko‘rish mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatda yalpi hududiy mahsulotni kеyingi 4 yildagi o‘zgarishini tahlil qiladigan bo‘lsak, masalan 2017 yildagi ko‘rsatkichlarni 2020 yil bilan taqqoslanganda xizmatlar ulushi 26 foizdan, 31,2 foizga, xizmatlar hajmi 5,8 trillion so‘mdan, 10,1 trillion so‘mga o‘sganligini ijobiy baholash mumkin. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2018 yilda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 6,9 trillion so‘m (107,2 foiz) ga bajarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,1 trillion so‘mga oshgan. Ushbu ko‘rsatkichlarni sohalar kеsimida tahlil qilganimizda eng yuqori o‘sish sur’atlari mе’morchilik, muhandislik ishlari, tеxnik sinovlar va tahlil sohasida 38,2 foiz, ta’lim xizmati 27,6 foiz moliyaviy xizmatlar 27,3 foiz, aloqa va axborotlashtirishda 12,9 foiz va ijara xizmati 14,4 foiz hisobiga to‘g‘ri kеladi. Bundan tashqari ushbu yillarda xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida jami qiymati 372,8 milliard so‘mlik 141 ta loyiha amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu loyihalar hisobiga 1 ming 379 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling