Buxgalteriya hisobi va audit bakalavriat yo’nalishi talabalari uchun ishlab chiqarish malakaviy amaliyot hisobotini yozish bo’yicha ishchi daftari. Toshkent, 2022. Taqrizchilar: Quljonov. O


-MAVZU: XO‘JALIK SUBYEKTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBI VA TAHLILNI TASHKIL ETISH VA UNING OLDIGA QO‘YILADIGAN VAZIFALAR


Download 0.57 Mb.
bet6/26
Sana07.03.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1246803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
nargiza opa

1-MAVZU: XO‘JALIK SUBYEKTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBI VA TAHLILNI TASHKIL ETISH VA UNING OLDIGA QO‘YILADIGAN VAZIFALAR
Buxgalteriya hisobini alohida obyektlari hisobini yuritish mexanizmi, xususiyatlarini aks ettiruvchi hujjatlar

Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonada buxgalteriya hisobi ishlarini to’gri tashkil qilish g’oyat muhim ahamiyatga ega. Korxona va tashkilotlarda buxgalteriya hisobi sodir bo’layotgan xo’jalik jarayoni hamda muomalalarini kuzatib va qayd etib qolmasdan, ishlab chiqarish rejasining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshira borib, rejalashtirish, nazorat qilish va iqtisodiyotni boshqarish ishida asosiy vazifani bajaradi. Shu boisdan ham hisob ishlarini tashkil qilish masalalariga katta e’tibor qaratiladi. Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni buxgalteriya hisobi subyektining rahbari amalga oshiradi.
Buxgalteriya hisobi subyektining rahbari quyidagi huquqlarga ega:

  1. buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari boshchiligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish;

  2. buxgalteriya hisobini yuritishni ixtisoslashtirilgan tashkilotga (auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari va ustavida buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish nazarda tutilgan boshqa tashkilotlar) shartnoma asosida yuklash;

  3. buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish.

Buxgalteriya hisobi subyektining rahbari:

  1. hisob siyosati, ichki hisob va hisobot tizimi ishlab chiqilishini;

ichki nazorat tartibini;

  1. buxgalteriya hisobi to‘liq va ishonchli yuritilishini;

  2. hisob hujjatlarining but saqlanishini;

  3. moliyaviy hisobotning tayyorlanishini;

  4. soliq hisobotining va boshqa moliyaviy hujjatlarning tayyorlanishini;

  5. hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilishini.

Xususiy kapital ustav fondidan (ustav kapitalidan), qo‘shilgan, zaxira kapitalidan va taqsimlanmagan foydadan tarkib topadi.
Ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlarida belgilangan hissalarning (pulda ifodalangan holdagi) yig‘indisini aks ettiradi. Ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissalar shaklida kiritiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar (ishtirokchilar) o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra baholanadi, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, baholovchi tashkilot tomonidan baholanishi kerak.
Xalqaro standartlar bo‘yicha tuziladigan moliyaviy hisobotga doir talablar moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi subyekti moliyaviy hisobotni tuzishda mustaqil balansga ajratilgan o‘z vakolatxonalarining, filiallarining va boshqa tarkibiy bo‘linmalarining buxgalteriya balanslarini hamda boshqa hisobot shakllarini kiritishi kerak.
Moliyaviy hisobot hisobot yili boshidan ortib boruvchi yakun bilan tuziladi.
Moliyaviy hisobotning tarkibi va mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling