Buxgalteriya hisobi va audit” fanidan mustaqil ish


Ustav kapitalni buxgalteriya hisobida hisobga olish


Download 86.17 Kb.
bet2/7
Sana31.01.2024
Hajmi86.17 Kb.
#1828642
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
audit mustaqil ish1

Ustav kapitalni buxgalteriya hisobida hisobga olish

Korxonalarda buхgаltеriya hisоbini yuritishning аsоsiy mаqsаdi - хo’jаlik sub’еktlarining bаrchа хo’jаlik muоmаlаlаrini rаsmiy rаvishdа hisоbdа аks ettirish vа mа’lum bir dаvrlаrdа fоydаlаnuvchilаrgа zаruriy mа’lumоtlаrni bеrish hisоblаnаdi. Shu bilan birga, korxona xususiy kapitali harakati, o’zgarishi va tarkibini buxgalteriya hisobida hisobga olish, uni moliyaviy hisobotda aniq va to’liq aks ettirish xo’jalik yurituvchi sub’yekt uchun iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun muhimdir. Korxonalar xususiy kapitalining muhim turi bo‘lib ustav kapitali hisoblanadi.


Ustav kapitali bo’yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

  • Ustav kapitalini korxonalarning ta’sis etilgan kuniga aks ettirish;

  • Ta’sischilar tomonidan o’z ulushlarini belgilangan muddatlarda kiritilishi ustidan nazorat o’rnatish;

  • Ustav kapitalidagi o’zgarishlarni o’z vaqtida va to’g’ri hisobga olish;

  • Chet el investorlari tomonidan chet el valyutasida kiritilgan mablag‘lar bo’yicha valyuta kurslari o’rtasidagi farqlarni to’g’ri hisobga olish;

  • Ta’sischilar bilan olinadigan dividendlar va ularning hissalari bo’yicha hisob-kitoblarni to’g’ri olib borish;

  • Ustav kapitaliga doir ma’lumotlarni moliyaviy hisobotlarda to’g’ri aks ettirish va boshqalar.

21- son BHMS ga muvofiq ustav kapitalining hisobi quyidagi schyotlarda olib boriladi:

  • 8310 “Oddiy aksiyalar”,

  • 8320 “Imtiyozli aksiyalar” aksionerlik jamiyatlarida

  • 8330 “Pay va badallar” – xususiy korxonalarda (xususiy savdo va ishlab chiqarish korxonalarida, ma’suliyati cheklangan jamiyatlarda, qo‘shma korxonalarda, xorijiy korxonalarda, sho’ba korxonalarida, qaram xo’jalik jamiyatlarida).

Ushbu schyotlarning barchasi passiv schyotlar bo’lib, ularning kreditida ustav kapitalini vujudga kelishi va ko’payishi, debetida esa uning kamayishi aks ettiriladi.

Download 86.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling