Buxgalteriya hisobi va audit fanidan


Lizing operatsiyalarini analitik va sintetik hisobini tashkil qilish


Download 363.34 Kb.
bet6/11
Sana16.06.2023
Hajmi363.34 Kb.
#1511335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Asosiy vositalarni ijaraga olish va ijaraga berish hisobi (Mustaqil ish)

Lizing operatsiyalarini analitik va sintetik hisobini tashkil qilish. Lizing operatsiyalarining analitik hisobini yuritishdan maqsad, ushbu soha bilan bog’liq ma’lumotlarni to’liq va aniq olishdan iborat. Mazkur operatsiyalar haqida to’liq ma’lumot olinishi bu borada olib borilgan har bir jarayon yuzasidan aniq xulosa chiqarish imkonini beradi. Olingan ma’lumotlarni chuqur o’rganish natijasida qilingan to’g’ri xulosalar esa, xo’jalik yurituvchi sub’ektning bu boradagi kelgusida amalga oshiradigan ishlarining naqadar yuqori samara berishi uchun zamin yaratadi.
Yuqoridagi fikrlardan xulosa kilib, shuni ta’kidlash mumkinki, korxonaning lizing bilan bog’liq operatsiyalarini kelgusidagi samarasi ular yuzasidan olib boriladigan joriy hisoblarning to’g’riligi va aniqligiga ma’lum darajada bog’liq bo’lar ekan. Shuning uchun ham, lizing operatsiyalarini oqilona tashkil etilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ko’zlangan maqsadga erishish uchun esa, lizing operatsiyalari bilan bog’liq dastlabki hujjatlarni o’rnatilgan tartibda ham shaklan, ham mazmunan, ham iqtisodiy va qonuniy nuqtai nazardan o’z vaqtida, shuningdek, to’g’ri rasmiylashtirilishini ta’minlash kerak bo’ladi.
Lizing operatsiyalari haqida to’liq ma’lumotga erishishda ularning analitik hisobi muhim o’rinni egallaydi. Lizing operatsiyalarining analitik hisobini yuritishda xo’jalik yurituvchi sub’ekt bu boradagi ularning o’ziga xos xususiyatlardan kelib chiqib, hamda hisob ishlarini olib boruvchi mutaxassislarining malakasini e’tiborga olgan holda ish yuritadi. Lizing operatsiyalarining analitik hisobi yuritilganda, ularning quyidagi xususiyatlari e’tiborga olinadi:
- lizingga olingan uskunaning korxonaning qaysi ob’ektida joylashganligi (1-tsexda, 2-tsexda, ..., buxgalteriyada, omborda, ma’muriy binoda,... va hokazo);
- lizing ob’ektiga biriktirilgan moddiy javobgar shaxslar bo’yicha;
- lizing muddati bo’yicha (uzoq muddatli va qisqa muddatli);
- lizing ob’ektining turi bo’yicha (bino, asbob-uskuna, transport vositasi, EHM va hokazo);
- lizing beruvchilar (yoki lizing oluvchilar) xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bo’yicha.
Lizing operatsiyalarini analitik hisobini yuritishda dalolatnomalardan, inventar kartochkalardan, inventar kartochka ro’yxatidan, eskirish hisoblash jadvallaridan foydalaniladi.

Download 363.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling