37
bilan taqqoslanadi. Ular o‘rtasida farqni bo‘lishi hisobotni noto‘g‘ri tuzilganligi
to‘g‘risida guvohlik beradi.
2.Barcha kirim va chiqim hujjatlarini hisobotning mos ravishda kirim va
chiqim bo‘limlarida to‘g‘ri aks ettirilganligi
yoki ushbu kirim va chiqim
hujjatlarni kirim va chiqim hujjatlari reestrida to‘g‘ri aks ettirilganligi,
reestrlarning umumiy summalarini hisobotda to‘g‘ri ko‘rsatilganligi
tekshiriladi.
3.Hisobotning kirim va chiqimining jami summalarining to‘g‘riligi tekshirib
chiqiladi.
4.Hisobotda davr oxiridagi dori-darmonlarning qoldig‘ini to‘g‘ri
hisoblanganligi va ko‘rsatilganligi tekshirib chiqiladi.
5.Hisobotga ilova qilingan dori-darmonlar kirimiga
oid schyot-fakturalar
(ilovaga karang), sotilganligiga oid inkassator cheklari va terminal inkassatsiyasi
hujjatlari asosida kirim va chikim kilingan dori-darmonlar summalari to‘g‘ri
ko‘rsatilganligi tekshiriladi.
Buxgalterlik tekshiruvidan o‘tgan tovar hisoboti MCHJ rahbari tomonidan
tasdiqlanadi. Tasdiqlangan hisobot dori-darmonlarning
buxgalteriyada sintetik
va analitik hisobi registrlarini yuritishga asos bo‘ladi. Hisobotning buxgalter
tomonidan qabul qilib olganligi va tekshirganligi to‘g‘risida imzosi qo‘yilgan va
rahbar tomonidan tasdiqlangan ikkinchi nusxasi ombor mudiriga qaytariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: