«buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi
Download 277.5 Kb.
|
analitik1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Sintetik schotlar va analitik schotlar bo‘yicha oborot qaydnomalari
- Sintetik schotlarning OBOROT QAYDNOMASI, 2012 yil, iyul
Sintetik schyotlar deb xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘larning manbalari va xo‘jalik muomalalari to‘g‘risidagi umumlashgan ma’lumotlarni faqat pul o‘lchovida hisobga oladigan schyotlarga aytiladi Analitik1 schotlar deb xo‘jalik mablag‘lari va mablag‘lar manbalari va xo‘jalik muomalalari to‘g‘risida to‘la tavsif beradigan va ularni pul, natura va mehnat o‘lchovida hisobga oladigan schotlarga aytiladi.
Shunga ko‘ra buxgalteriya hisobida ikki xil, ya’ni sintetik va analitik schotlar qo‘llaniladi. Analitik schotlar va ularga tegishli sintetik schotlar orasida doimo o‘zaro uzviy bog‘liqlik mavjuddir. Chunki sintetik schotlarga yozilgan barcha qoldiq va xo‘jalik muomalalari shu sintetik schotlarga tegishli analitik schotlarga ham yoziladi. «Xom-ashyo va Materiallar», «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar», «Boshqa debitorlar» va «Boshqa majburiyatlar» schotlarining analitik schotlari bo‘yicha 2012 yil 1 iyulga quyidagi qoldiqlar bo‘lgan: «Xom-ashyo va Materiallar» schotida: - 2 820 000 so‘m, shun- dan: Ammiak selitrasi – 34 tonna 1 020 000 so‘m. Superfosfat – 50 tonna 1 800 000 so‘m. «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» schotida -6 600 000 so‘m, shundan: Amudaryo «Agrokimyota’minot» OAJ – 4 800 000 so‘m «Qipchoq MTP» OAJ – 1 800 000 so‘m. B) «Boshqa debitorlar qarzlari» - 3 400 000 so‘m, shu jumladan: Amudaryo «Matlubotsavdo» OAJ – 1 400 000 so‘m, «Qipchoq don» OAJ – 2 000 000 so‘m. g) «Boshqa majburiyatlar» schoti – 140 000 so‘m, shundan: - Yusupova D.U. – 60 000 so‘m; - Muratbaeva E.Q. – 80 000 so‘m. Bu schotlar bo‘yicha iyul oyida quyidagi xo‘jalik muomalalari sodir bo‘lgan:
Yuqorida keltirilgan qoldiqlarni va xo‘jalik muomalalarini analitik schotlarga yozamiz. «Xom-ashyo va materiallar» sintetik schoti uchun ochilgan analitik schotlar «Ammiak selitrasi» analitik schoti D-t K-t
«Superfosfat» analitik schoti D-t K-t
2. Sintetik schotlar va analitik schotlar bo‘yicha oborot qaydnomalariKorxonaning xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida umumlashgan ko‘rsatkichlarga ega bo‘lish hisob yozuvlarining to‘g‘riligini tekshirib turish uchun joriy hisob ma’lumotlari vaqti-vaqti bilan jamlanib turiladi. Amalda bunday joriy hisob ma’lumotlarini jamlash va tekshirish har oyda oborot qaydnomalarini tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Oborot qaydnomalari sintetik schotlar bo‘yicha ham, analitik schotlar bo‘yicha ham tuziladi. Sintetik schotlarning qoldiq va oborotlari asosida iyul oyi uchun oborot qaydnomasi quyidagicha tuziladi. Bu oborot qaydnomasi sintetik schotlardan boshlang‘ich qoldiqlar, jamlangan oylik oborotlar va oxirgi qoldiqlarni bevosita ko‘chirib o‘tkazish yo‘llari bilan tuziladi (2.7-jadval). Sintetik schotlar bo‘yicha oborot qaydnomasida uchta juft tenglik mavjudligini ko‘rish mumkin: birini juftlik – barcha schotlarning boshlang‘ich debet qoldiqlari va boshlang‘ich kredit qoldiqlar yig‘indisining o‘zaro tengligi. ikkinchi juftlik – debet oborotlari va kredit oborotlari yig‘indisining o‘zaro tengligi bo‘lib, xo‘jalik muomalalarini schotlarga ikki yoqlama aks ettirish usulining qo‘llanilishi bilan tushuntiriladi. Bunda har bir xo‘jalik muomalasi bir xil summa bilan tegishli schotlarning debet va kreditga yoziladi. uchinchi juftlik – barcha schotlarning oxirgi debet qoldiqlari va kredit qoldiqlari yig‘indisining o‘zaro tengligidir. Bu qoldiqlar oy oxirida yangi balansda aks ettirilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar va manbalarning tarkibini tavsiflaydi. Sintetik schotlarning OBOROT QAYDNOMASI, 2012 yil, iyul
Yuqorida ko‘rsatilgan tengliklardan birortasining buzilishi xo‘jalik muomalalarini schotlarga yozishda yoki summalarni jamlashda xatoga yo‘l quyilganligidan dalolat beradi. Shunday qilib, sintetik schotlarning oborot qaydnomasi schotlardagi yozuvlarning to‘g‘riligini nazorat qilish, shuningdek, yangi balans tuzishda ham ishlatilar ekan. Agar korxonada «Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari» yuritilsa, u holda sintetik schotlar bo‘yicha to‘g‘ri tuzilgan oborot qaydnomasi boshqa jami nazorat summasini tekshirishga ham imkon beradi. Ya’ni sintetik schotlar bo‘yicha oborot qaydnomasidagi debet va kredit oborotlarining yig‘indisi ko‘rsatilgan daftardagi oborotlar yig‘indisiga teng bo‘lishi lozim. Sintetik schotlar bo‘yicha oborot qaydnomasi, avvalo, nazorat ahamiyatiga ega. Uning tuzilishi joriy buxgalteriya hisobidagi xatolarni aniqlashga imkon beradi. Agar oborot qaydnomasidagi juftliklardan birortasida debet va kredit oborotlari o‘zaro teng chiqmasa, buning sababi quyidagicha bo‘lishi mumkin: Qaysidir bitta schotning debeti bo‘yicha summa to‘g‘ri yozilgan, ammo uning bilan korrespondensiyalangan schotning krediti bo‘yicha summa tushirib qoldirilgan yoki noto‘g‘ri ko‘rsatilgan yoki aksincha bo‘lishi mumkin. Buxgalteriya provodkasining summasi bitta schotning debetiga ikki marta yozilib, ammo boshqa schotning kreditida ko‘rsatilmagan, yoki aksincha, bitta schotning kreditida ikki marta yozilib, uning bilan korrespondensiyalanadigan schotning debetiga yozilmagan bo‘lishi mumkin. Buxgalteriya provodkasining summasi bitta schotning debetiga ikki marta va boshqa schotning kreditiga ikki marta yozilgan. Bitta schotning qoldig‘i va (yoki) debet oboroti boshqa schotning kredit qoldig‘i va (yoki) debet oboroti sifatida yozilgan bo‘lishi mumkin. Ayrim schotlar bo‘yicha qoldiqlar va oborotlar tushirib qoldirilgan yoki noto‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. Analitik schotlarning oborot qaydnomalari ham shaklan sintetik schotlar oborot qaydnomasi kabi ko‘rinishiga ega. Talabalarga tushunarli bo‘lsin uchun yuqorida ko‘rib chiqilgan misoldagi «Xom-ashyo va Materiallar» , «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar», «Boshqa debitor qarzlar» va «Boshqa majburiyatlar» sintetik schotlari bo‘yicha analitik schotlar uchun tuzilgan oborot qaydnomalarini keltiramiz. Xom-ashyo va Materiallarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan analitik schotlarning oborot qaydnomasi hisob-kitob schotlarining oborot qaydnomalaridan, ularda Materiallarning har bir turi bo‘yicha nomenklatura raqami, o‘lchov birligi, Materiallarning miqdori va qiymati bo‘yicha harakati ko‘rsatilishi bilan farq qiladi. Misol tariqasida «Xom-ashyo va Materiallar» schotining analitik schotlari bo‘yicha tuzilgan oborot qaydnomasini keltiramiz. Analitik va sintetik schotlarning o‘zaro bog‘liqligiga ko‘ra analitik schotlar bo‘yicha oborot qaydnomalaridagi boshlang‘ich qoldiqlar, oborotlar va oxirgi qoldiqlar yig‘indisi sintetik schotlarning oborot qaydnomasidagi tegishli sintetik schotning boshlang‘ich qoldig‘i, oboroti va oxirgi qoldig‘iga mos ravishda teng bo‘lishi kerak. Bunga, yuqoridagi misolimizdagi «Xom-ashyo va Materiallar», «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» sintetik schotlari bo‘yicha tuzilgan oborot qaydnomalaridagi boshlang‘ich qoldiq, oborot va oxirgi qoldiqlarning analitik schotlar bo‘yicha yig‘indisini shu sintetik schotlar oborot qaydnomasidagi boshlang‘ich qoldiq, oborot, oxirgi qoldiqlari bilan mos ravishda taqqoslash natijasida ishonch hosil qilish mumkin. Analitik schotlar oborot qaydnomalarining nazorat ahamiyati mana shundan iboratdir. Download 277.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling