Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha) Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi shakl II kurs talabalari uchun Termiz 2022


Materiallar, inventarlar va xo‘jalik jihozlari hisobi


Download 278 Kb.
bet7/23
Sana17.07.2023
Hajmi278 Kb.
#1660692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
2-kurs amaliyot kunduzgi (3)

Materiallar, inventarlar va xo‘jalik jihozlari hisobi
Mazkur mavzu bo‘yicha talabalar materiallar, inventar va xo‘jalik jihozlarini turkumlarga ajratish, ularni baholash tartibi bilan tanishishlari lozim.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning marketing xizmati tizimi bilan tanishish; tovar-moddiy zaxiralarni keltirish yuzasidan shartnomalar tuzish va ularning bajarilishi tartibi bilan tanishish; eksport-import operatsiyalari bo‘yicha kelib tushayotgan xom-ashyo va materiallarni baholash tartibini o‘rganish.
Materiallarni qabul qilish tartibi bilan tanishish, jumladan, transport tashkilotlaridan ularni qabul qilishda aniqlangan kamomad va materiallardagi buzilish hollarini rasmiylashtirish, tartibi bilan tanishish.
Materiallarni omborga qabul qilish va xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘zidagi ichki harakatlarni rasmiylashtirish tartibi bilan tanishish (qabul qilish dalolatnomasi, kirim orderlari, tovar-transport yuk xatlar, schyot-fakturalar).
Xom-ashyo va materiallarni ishlab chiqarish, xo‘jalik maqsadlarida ombordan berilishini hujjatlashtirish tartibini o‘rganish. Materiallarni inventarizatsiya qilish va ularning natijalarini rasmiylashtirish hamda hisobda aks ettirish tartibi bilan tanishish.
Sex omborlarida materiallarni saqlash va ular harakatini hisobga olish tartibi bilan tanishish, materiallarni ishlab chiqarishga sarflanishini nazorat qilish va haqiqiy sarfqilingani bilan me’yordagi sarf o‘rtasidagi farqni aniqlash tartibi bilan tanishish.
Buxgalteriyada-omborga kelib tushadigan kirim-chiqim hujjatlarini o‘rganish, guruhlash va materiallarning o‘zvaqtida qabul qilinishini nazorat qilish, materiallarni sotib olish va tayyorlashning hisobi hamda mol etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar tartibini o‘rganish.
Qabul qilingan materiallar bo‘yicha QQS hisobga olish tartibi bilan tanishish. Ishlab chiqrishga va xo‘jalik maqsadlariga berilgan hamda sarflangan materiallar bo‘yicha QQSni 6410- «Budjet bilan hisob-kitob» schyotiga yozish tartibini o‘rganish.
Kelib tushgan materiallar yuzasidan 6-jurnal-orderni, materiallarning sarflanishi qaydnomasini to‘ldirish tartibini o‘rganish. Hisobot oyi oxiriga jurnal-order va bu yopish uchun umumiy ma’lumotlar bo‘lishi hamda ularni to‘ldirish tartibi bilan tanishish.
Tovar-moddiy qiymatliklarning harakati yuzasidan qaydnomalarni tuzish tartibini, materiallarning haqiqiy tannarxini aniqlashning hisob-kitobini hamda bu qaydnomaning boshqa jurna orderlar bilan bog‘liqligini o‘rganish.
Materiallar inventarlar va xo‘jalik jihozlarining analitik va sintetik hamda ombordagi hisobi bilan tanishish.
Ushbu mavzu bo‘yicha hisobotda quyidagi boshlang‘ich hujjatlar va ularni to‘ldirish tartibi yoziladi:
yuklarni qabul qilish jurnali;
• ishonchnoma;
• berilgan ishonchnomalar hisobi jurnali;
• materiallar qabul qilish dalolatnomalari;
• limit-ta’minot kartalari;
• talabnomalar;
• materallarni ichki joylashtirish nakladnoyi;
• chetga material berish uchun nakladnoy;
• ombordagi materiallarning hisobi;
• material hisoboti.
Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘ldirilib, har bir boshlang‘ich hujjatlar ma’lumotlaridan foydalanib, buxgalteriya ikki yoqlama yozuvlarini, ularning mazmuni to‘liq ko‘rsatiladi.



Download 278 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling