Buxgalteriya hisobi va audit


Download 40.56 Kb.
Sana13.09.2020
Hajmi40.56 Kb.
#129538
TuriReferat
Bog'liq
MHT


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT” FAKULTETI



MILLIY HISOBLAR TIZIMI FANIDAN


REFERAT


MAVZU: “Milliy hisoblar tizimi” fanining mohiyati va uning qisqacha rivojlanish tarixi.

Bajardi: St-93 guruh talabasi

Rashidova O.


Toshkent – 2019

Mavzu: “Milliy hisoblar tizimi” fanining mohiyati va uning qisqacha rivojlanish tarixi.

Reja:

1. Milliy hisoblar tizimi (MHT) haqida tushuncha

2. MHTning paydo bo‘lishi va taraqqiyot bosqichlari

3. MHT ning nazariy asoslari, konsepsiyalari va tushunchalari




KIRISH

O‘zbekiston mustaqillikka erishgan kundan boshlab, iqtisodiyotni boshqarish bozor iqtisodiyoti prinsiplari asosida olib borilmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish o‘ta murakkab jarayon bo‘lib, bu iqtisodiy jarayonlarni ifodalovchi yangi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimini shakllantirish va uni amaliyotga tatbiq etishni talab etadi. Bu xususida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek, “Ilmiy asoslangan, bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillariga javob beradigan, milliy hisoblar tuzishni ta’minlaydigan hamda xalqaro statistika andozalariga muvofiq bo‘lgan yagona statistika metodologiyasi va ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqib, tatbiq etish asosiy vazifalardan biri”.

Milliy hisoblar tizimi – bu aynan bozor iqtisodiyotiga asoslangan tizim bo‘lib, milliy iqtisodiyot bo‘yicha chambarchas bog‘langan statistik ko‘rsatkichlarni makroiqtisodiy tuzilmada baholash, hisob-kitoblar to‘plami va balans jadvallar tuzish, iqtisodiy faoliyat natijalarini xarakterlash hamda iqtisod tuzilmasini va boshqa muhim zaruriy bog‘lanishlarni ifodalashga xizmat qiladigan tizimdir.

Hozirgi davrda iqtisodiyotning rivojiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni hal etishda milliy tizim imkoniyatidan to‘liq foydalanib bo‘lmaydi. Bunga bir tomondan, ushbu mavzulardagi o‘quv adabiyotlarining kamligi sabab bo‘lsa, ikkinchi tomondan, bozor iqtisodiyoti mazmunini yorituvchi va ifodalovchi tushunchalar, klassifikatsiyalar, schyotlarini tuzish; ularning hisoblash usullarini amaliy misollar yordamida o‘rganish, tahlil va talqin qilishga imkoniyat beradigan ilmiy manbalarning yetarli emasligi sabab bo‘lmoqda.



1. Milliy hisoblar tizimi (MHT) haqida tushuncha

MHT - bu iqtisodiy faoliyat natijalarini makrodarajada qayd etish va tahlil qilish uchun foydalanadigan o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar, klassifikatsiyalar va schyotlar tizimidir. Ichki iqtisodiyot va «tashqi dunyo»ni qamrab oluvchi milliy schyotlar tizimini tuzish metodologiyasi «MHT» kursining o‘rganish predmeti bo‘lib hisoblanadi. Bu metodologiya quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

schyotlarni tuzish tamoyillari va usullari, ularning mazmuni, MHT ko‘rsatkichlar tizimi, ular o‘rtasidagi bog‘liqliklar va ularni hisoblash usullari;
umumiqtisodiy schyotlar tizimi va undagi har bir schyotning
iqtisodiy jarayonlar va iqtisodiyotni, tashqi iqtisodiy faoliyat,
hamda tarmoqlararo balansni tahlil etishdagi roli va boshqalar.
Milliy schyotlar tizimini tuzishdan maqsad moddiy ne’matlar va xizmatlar ishlab chiqarish, daromadlarning tashkil topishi, taqsimlanishi, qayta taqsimlanishi va ulardan foydalanish ko‘rsatkichlarini, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq makroiqtisodiy jarayonlar va ularning natijalarini miqdoriy tomondan tavsiflash hisoblanadi. Bu tavsif resurslar va ulardan foydalanish asosida o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar va jadvallarda balanslash yordamida amalga
oshiriladi.
MHT kursining o‘rganish obyekti bu – tarmoqlar, sektorlar, turli mulkchilik shakllari va iqtisodiy faoliyat turlari, iqtisodiy jarayonlar va iqtisodiy sektorlar yig‘indisi ko‘rinishidagi mamlakat va uning hududlari iqtisodiyotidir.
Ushbu kursning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
• iqtisodiyotni tavsiflashda xalqaro statistika amaliyotida qo‘llaniluvchi asosiy tushuncha va kategoriyalar bilan tanishtirish;
• MHTda qo‘llaniladigan asosiy klassifikatsiyalar va guruhlashlarni ko‘rib chiqish;
• Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish, daromadlarning tashkil topishi, taqsimlanishi, qayta taqsimlanishi va ulardan foydalanish, shuningdek boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimini yoritib berish;
• makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni ochib berish va hisoblash usullarini o‘rganish;
• ichki iqtisodiyot va «tashqi dunyo» ning alohida schyotlarini tuzish metodologiyasini tushuntirish;
• tarmoqlararo balans tuzish metodologiyasini o‘rganish;
• MHT tahlilining asosiy yo‘nalishlari va usullarini ko‘rib o‘tish.

MHT ma’lumotlarining asosiy iste’molchilarini birinchi galda davlat boshqaruvi organlari tashkil etadi. Sababi, bozor iqtisodiyoti davrida davlat siyosatini ishlab chiqishda, ya’ni soliq va byudjet siyosati pul massasi, foizi qanday bo‘lishi kerak, inflyatsiyaga qarshi kurash choralari, aholini ish bilan ta’minlash va davlat boshqaruvi organlari tomonidan ijtimoiy himoyalash, daromadni taqsimlash, tashqi savdo siyosati va boshqa makroiqtisodiy muammolarni yechishda foydalaniladi.


Yana asosiy iste’molchilardan biri korxonalar menejerlari, korparatsiyalar rahbarlari va biznes rahbarlar ishlarida foydalanadi, ya’ni, ular korxona uchun investitsiya, ishlab chiqarishni kengaytirish, iqtisodiy kon’yunkturani tahlil qilish maqsadida foydalanadilar. Albatta yuqoridagi ma’lumotlarni hisobga olgan holda ishlash savodxonlikni bildiradi.
Uchinchi iste’molchi bu ilmiy tekshirish institutlari bo‘lib, ular iqtisodiyotni tahlil qilishda, kelajakni bashorat qilishda, hamda iqtisodiy modellar yaratishda foydalanadi. To‘rtinchi foydalanuvchi bu oliy o‘quv yurtlari.
Eng asosiy iste’molchilar xalqaro tashkilotlardir: Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT), Xalqaro valyuta fondi (XVF) va boshqalar. Ular MHTga tegishli metodologiyani rivojlantirish, shu bilan birga o‘z tashkilotlari badallarini aniqlash, kredit berishni asoslash va rivojlanayotgan davlatlarga o‘zaro yordam berishida foydalanadilar.
Shunday qilib, MHT orqali iqtisodchilar, davlat rahbarlari, olim-iqtisodchilar, statistiklar o‘zaro birlashadi.

2. MHTning paydo bo‘lishi va taraqqiyot bosqichlari

XVII asr oxirida iqtisodiy rivojlangan davlatlardan Angliya, Gollandiya va Fransiyada o‘zlarining milliy daromadlari va boyliklarini hisoblab, shu boylikka asosan armiya saqlashgan. Bu davrda ko‘zga ko‘ringan iqtisodchilardan Angliyada V.Petti (1665-1676 y.y.), King (1696 y.) va Fransiyada Voban (1707 y.) milliy daromadni hisoblashgan va shu asosda milliy soliq tizimini tuzishgan.


XVIII asrga kelib, iqtisodiyot fanida asosan ishlab chiqarishga e’tibor berilib, undan olingan daromadlarni hisoblashgan. Xizmatlarni ishlab chiqarish hajmiga kiritganlardan Fransiyalik iqtisodchi A.Smitdir. 1930 yilga kelib, AQShda yalpi ichki mahsulot (YaIM)ni hisoblash konsepsiyasi paydo bo‘lgan. Chet mamlakatlar statistikasida balans tizimlari tajribasi V.Leontev tomonidan AQShning 1929-1938 yil ma’lumotlari asosida tuzildi. Bu balans xarajatlar-ishlab chiqarish jadvali shaklida bo‘lib, uning asosida ikki yoqlama yozuvli shaxmat
jadvali metodi asos bo‘lgan.
1951-yilda Parijda Evropa iqtisodiy hamjamiyatining Milliy hisoblar bo‘yicha konferensiyasi bo‘lib, unda Evropa iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo bo‘lgan mamlakatlar uchun Milliy hisoblar tizimining standart loyihasi qabul qilindi. Bu loyiha angliyalik bir guruh iqtisodchilar tomonidan ishlab chiqildi.
1952-yilda bir guruh ekspert-statistiklar BMTning Statistika byurosi topshirig‘ig‘a binoan «Milliy hisoblar va uzatuvchi jadvallar» deb nomlangan metodologiyani tayyorladilar. Bunga Angliya va AQShning milliy hisoblar bo‘yicha asosiy ishlari negiz qilib olindi.
1953-yilda dastlabki MHT qabul qilingandan so‘ng, BMTning statistika organlari tomonidan milliy hisoblarning nazariy va metodologik asoslari takomillashtirildi va rivojlantirildi. Bu ishlar 1968-yilda qabul qilingan MHTning xalqaro standarti 25 yil, toki 1993-yilning fevraliga qadar xizmat qildi.
1993-yil fevral oyida BMTning N’yu-Yorkdagi Statistika komissiyasining navbatdagi sessiyada MHTning yangi standarti qabul qilindi.
1993-yilda MHT tubdan yangilanganidan keyin BMT Statistika qo’mitasi kichik, lekin tez-tez yangiliklar kiritishning maqsadga muvofiqligi to’g’risida qaror qabul qildi, lekin bu qaror amalga oshirilmadi va shuning uchun boshqa yirik yangilashni amalga oshirish zarurati tug’ildi. 1993-yilgi MHTni yangilash jarayoni 2008-yilning mart oyida nihoyasiga yetdi, uni yangilangan tahriri BMT statistika qo’mitasi tomonidan ma’qullandi. Unga “2008-yilgi Milliy hisoblar tizimi” (MHT - 2008) nomi berildi. 1968-yildan to 1993-yilgacha MHTda qo‘lga kiritilgan yutuq va tajribalar bu yangi standartga asos qilib olindi.

Shunday qilib, MHTning qisqacha tarixiy ma’lumotining xulosasi quyidagicha:





3. MHT ning nazariy asoslari, konsepsiyalari va tushunchalari

Iqtisodiy jarayonlarni amaliyotga asoslangan holatda MHT orqali tavsiflash uchun siyosiy-iqtisodiy qonuniyatlarga suyanishi kerak. Ana shunday konsepsiyalardan biri ishlab chiqarish chegarasi va tarkibiy qismidir. Shuni qayd qilish kerakki, iqtisodiy ishlab chiqarish konsepsiyasi, ilmiy iqtisodiyot fani asosidir. Bu konsepsiyaning o‘z tarixi mavjud. Ishlab chiqarish kuchlari va jamiyatning rivojlanishi o‘zaro bog‘liq holda o‘zgarib turdi. Masalan, fiziokrat Fransua Kenening


fikricha, iqtisodiy ishlab chiqarish faqat tog‘-kon sanoatida jamlashgandir, chunki iqtisodiyotga bu sohalar tabiatdan ajratib olingan. Qolgan tarmoqlar esa, tog‘-kon sanoatida ishlab chiqarilgan mahsulolarning ko‘rinishi bir-xolatdan boshqa holatga aylantirgan.
Fiziokratlarning bu nazariyasi o‘sha davrda, tog‘-kon sanoati juda rivojlangan davrga to‘g‘ri kelgan, keyinchalik boshqa tarmoqlar bilan birga sanoat ham rivojlana boshlagan. Bu konsepsiyani juda to‘g‘ri emasligini A.Smit o‘zining moddiy ishlab chiqarish konsepsiyasida asoslagan, ya’ni muayyan ishlab chiqarish sohasiga hamma ishlab chiqaruvchi tarmoqlar kirishini aytgan. A.Smit fikriga ko‘ra xizmat sohasi ishlab chiqarish tarkibiga kiritilgan. K. Marks hamda sovet siyosiy iqtisodchilari xizmatlarni ishlab chiqarish tarkibiga kiritmagan, shu sababli bu soha yaxshi rivojlanmay qolgan. Shuni aytish kerakki bundan 300 yil ilgari ingliz iqtisodchisi V.Petti yashagan davrda
iqtisodiyotni rivojida xizmat sohasi katta o‘rinni tashkil qilgan.
Shuning uchun V. Petti xizmatlarni ham ishlab chiqarishga kiritgan, ana shu konsepsiya MHT uchun asos bo‘lgan. Faqatgina uy xo‘jaligidagi uy bekalarining xizmati hisobga olinmagan.

Hozirgi MHTda uy xizmatkorining xizmati ishlab chiqarish tarkibiga kiradi. Agarda siz uy xizmatchingizga uylansangiz, YaIM qiymati uy xizmatkorining daromadi miqdoriga kamayadi. MHT yangi nusxasining MHT-1993 konsepsiyasida uy xo‘jaligida uy bekalarining xizmatini hisoblash tavsiya qilinadi.


Shu bilan birga narkotik modda ishlab chiqarish va tarqatish, yashirin ishlab chiqarish sohalarini ham hisobga olish tavsiya qilinadi. Shu kungacha ko‘pgina davlatlar buni hisobga olgani yo‘q. Ishlab chiqarish aktivini ushlab turganda inflyatsiya tufayli ularning oshgan qiymatlari, tabiiy o‘sgan o‘simliklar va yovvoyi hayvonlar mahsulotlari esa ishlab chiqarishga kiritilmaydi.
Shunday qilib, iqtisodiy ishlab chiqarish sohasining chegarasiga quyidagi faoliyat turlari kiradi:
1) tovar ishlab chiqarish va uning realizatsiyasi, hattoki o‘zining iste’moli va jamg‘arish uchun ishlab chiqarilgan bo‘lsa ham;
2) sotishga mo‘ljallangan nomoliyaviy xizmatlar;
3) moliyaviy korxonalar faoliyati (bank, sug‘urta tashkilotlari);
4) davlat boshqaruvi organlari faoliyati, ya’ni bozorga oid bo‘lmagan xizmatlar (kollektiv va individual xizmatlar);
5) uy xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatadigan notijorat tashkilotlar faoliyati;
6) uy xo‘jaligi pulli xizmat faoliyat turlari (haydovchi, enaga, oshpaz, bog‘bon);
7) uy egasini o‘zining iste’moli uchun turar joy xizmatlari. MHTning asosiy prinsiplari quydagilardan iborat:
1. Klassifikatsiya prinsipi:
- schyotlar klassifikatsiyasi;
- birliklar klassifikatsiyasi;
- operatsiyalar klassifikatsiyasi.
2. Tenglik muvozanat prinsipi:
- umumiy tushum-umumiy xarajatlarga teng (byudjet muvozanati)
- yalpi xarajat-yalpi mahsulotga teng(tarmoqlar balansi)
- qo‘shilgan qiymat–birlamchi daromad–pirovard iste’molga (YaIMni uch usulda hisoblash prinsipi).
3. Hisobchilikdagi standart qoidalar prinsipi:
- ishlab chiqarish chegarasi;
- qayd qilish vaqti;
- baholash;
- hisoblash birligi (davlat valyutasini hisoblash).
MHTda zahira va oqim tushunchalari muhim ahamiyatga ega. O‘zgaruvchan zaxira faqatgina ma’lum bir vaqtda o‘lchanadi va obyektning ma’lum bir vaqtdagi – yilning boshi yoki oxiri hamda boshqa holatlarini tavsiflaydi. Zaxiraga misol bo‘lib davlat qarzi, iqtisodiyotda kapital miqdori, ishsizlarni umumiy soni va boshqalar misol bo‘lishi mumkin.
O‘zgaruvchan oqimlar birlamchi vaqt birligida o‘lchanadi (oy, chorak, yil va boshqalar) hamda iqtisodiy jarayonlarning o‘ziga xos «oqimini» tavsiflaydi; yillik iste’mol xarajatlari miqdori, chorak davomida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi va boshqalar.

FOYDANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1. Махмудов Б. Миллий ҳисобчилик асослари./Ўқув
қўлланма. – Т.: ТДИУ, 2003. – Б. 9-34.
2. Qoraboyev A.R. Milliy hisoblar tizimi fanidan masalalar
to’plami. O’quv uslubiy qo’llanma. – Т.: “IQTISOD-MOLIYA”,
2008. – B. 4-21.
3. Абдуғаффоров А, Зокирова М, Қорабоев А. Миллий
ҳисоблар тизими. Тошкент “Молия” 2002.- 80 б.

4. Milliy hisoblar tizimi. Qoraboyev A.R., G‘oyibnazarov B.K.,


Rashitova N.X. / Darslik. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2015. –
384 b.

5. Internet saytlari
Download 40.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling