Buxgalteriya hisobi va statistika
Download 129.04 Kb.
|
Statistika Uslubiy ko\'rsatma
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAZORAT ISHLARINI bajarish bo‘yicha USLUBIY KO’RSATMA Samarqand-2023 Tuzuvchilar
- M.Xolmurzayev
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYA VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI “BUXGALTERIYA HISOBI VA STATISTIKA” KAFEDRASI STATISTIKA FANIDAN Sirtqi ta’lim shakli talabalari uchun NAZORAT ISHLARINI bajarish bo‘yicha USLUBIY KO’RSATMA Samarqand-2023 Tuzuvchilar: D.M.Vafoxojayeva – “Buxgalteriya hisobi va statistika” kafedrasi katta o‘qituvchisi Taqrizchilar:
Nazorat ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma TDIU Samarqand filiali o’quv-uslubiy Kengashining 2023 yil____-sonli yig’ilishida ko’rib chiqilgan va tasdiqlangan. KIRISHKadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda tanlagan sohasi bo’yicha mustaqil faoliyat ko’rsata oladigan, o’z bilimi va malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondoshgan holda muammoli vaziyatlarni to’g‘ri aniqlab, talil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan mutaxassisllarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan. “Statistika” fani, talabalarni statistika va uning asosiy xususiyatlari to’g’risida tushunchalarni o’rgatish orqali nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, statistik qonunlar va kategoriyalar mazmun mohiyatini o’rganish, ularga nisbatan shaxsiy munosabatlarni shakllantirish orqali iqtisodiy muammolarni echish yo’larini topa olish qobiliyatini shakllantiradi. Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi. Talaba: statistik masalalarni yechish; soddaroq masalalar ustida statistik kuzatishni tashkil etish; statistik jadval va grafiklarni tushunarli va jozibali qilib tuzish; turli statistik adabiyotlardan foydalanib ma’ruzalar tayyorlash; guruhlash turlari, statistik tasniflash va uning o’ziga xos xususiyatlarini talqin qilish; statistik jadvallar va grafiklar tuzish; MHTning asosiy hisoblamalarini tuzish va ularning ko’rsatkichlarini aniqlash; statistik masalalarni yechish, axborotlarga ishlov berish bo’yicha ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak. - mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlarini bilish; o’rtacha miqdorlar va variasiya ko’rsatkichlarini o’rganish; tanlanma kuzatish mohiyatini, uni qo’llash sabablari va afzalliklari aniqlash; ijtimoiy-iqtisodiy xodisalaro’rtasidagi o’zaro boglanishlar o’rganish uslubiyati; dinamika qatorlari vaturlarini aniqlash; balans usulinin mohiyati va uni ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni statistik o’rganish; bozor iqtisodiyoti sharoitida statistikaning asosiy vazifalarini bilish malakalariga ega bo’lishi kerak. Ma’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg‘ulotlari paytida talabalarga yetkazish qiyin. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug‘ullansa va o’z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o’zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, ko’nikma va malakalari mustaqil o’zlashtirish jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko’rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo’ladi. Shuning uchun talabalarning nazorat ishlarini bajarish bo’yicha mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida talabalarni o’qitish bilan bir qatorda ularni ko’proq o’qishga o’rgatish, bilim olish yo’llarini ko’rsatish, nazorat ishlarini yozish hamda o’zlashtirish uchun yo’l yo’riq berish oliy ta’lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Download 129.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling