ПРПЛТ(17%, 3, 3, -70000) = 4603.10 ming so`m.
Qarz uchun protsentlar bo`yicha to`lov summalarini aniqlash
ОБЩПЛАТ FUNKSIYASI. Mazkur funksiya berilgan qarz bo`yicha
jamg’arilgan umumiy daromadni (protsentlar bo`yicha to`lovlar yig’indisini) hisoblash uchun mo`ljallangan. Bunda qarzlar xar bir hisob davrining oxiri yoki keyingisinipg boshida bir xil miqdordagi to`lovlar hisobiga to`lanadi.
Funksiya umumiy ko`rinishda quyidagicha yoziladi:
ОБЩПЛАТ(stavka, davr_soni, nz, davr_boshi, davr_oxiri, tip).
Misol. Aytaylik qarz quyidagi shartlar bilan berilgan berilgan bo`lsin: yillik foiz stavkasi - 9% ; muddati - 30 yil, ssuda xajmi - 125 000 ming so`m, foizlar xar oyda hisoblanadi. Ikkinchi yil va 1 oy uchun ssuda foizlari bo`yicha to`lov summalarini aniqlang.
Yechish. To`lovlarning umumiy soni va muayyan davr uchun foiz stavkasi bo`yicha to`lov summasini aniqlaymiz. Bu miqdorlar mos ravishda 30*12 xamda 9% / 12 ga teng. To`lovlarning ikkinchi yili — bu 13 dan 24 gacha bo`lgan
davrlardan iborat. Ikkinchi yil uchun foiz stavkalari yuzasidan umumiy to`lovlar
ОБЩПЛАТ(9% / 12, 30*12, 125000, 13, 24, 0) = -11135.23 ming so`m
ga teng bo`ladi. Birinchi oy uchun bitta to`lov esa
ОБЩПЛАТ(9% / 12, 30*12, 125000, 1, 1, 0) = -937.5 mirng so`m.
Aynan shu to`lovlar quyidagi formula bo`yicha xam hisoblab topilishi mumkin:
ПРПЛТ(9%/12, 1, 30*12, 125000).
QARZ BO`YICHA ASOSIY TO`LOVLARNI HISOBLASH.
ОСПЛТ funksiyasi. Bu funksiya xar bir hisob davrining boshi yoki oxirida bir miqdorlar bilan to`lanadigan qarzlarning muayyan davrdagi asosiy to`lov miqdorini (qarzdorlik bo`yicha) hisoblash uchun xizmat qiladi.
Funksiya umumiy ko`rinishda quyidagicha yoziladi:
ОСПЛТ(norma, davr, kdavr, ts, bs, tip).
Do'stlaringiz bilan baham: |