Buxgalteriya hisobida raqamlashtirish texnologiyalari
Amaliy ish uchun topshiriq
Download 481.83 Kb.
|
6-mavzu
Amaliy ish uchun topshiriqEXCEL dasturida davriy to`lovlar bilan bog’liq bir qator funksiyalar nazarda tutilgan: hisob davrida o`zgarmas protsent stavkalari asosida amalga oshiriladigan davriy to`lovlar (ПЛТ funksiyasi); muayyan davr uchun protsentlar bo`yicha to`lov (ПРПЛТ funksiyasi); bir necha marta ketma-ket keluvchi davrlar uchun protsentlar bo`yicha to`lov (ОБЩПЛАТ funksiyasi); konkret davr uchun zaymlar bo`yicha asosiy to`lovlar (protsentlarni ushlab qolgan xolda) (ОСПЛТ funksiyasi); bir necha marta ketma-ket keluvchi davrlar uchun asosiy to`lovlar summasi (ОБЩДОХОД funksiya). Ushbu miqdorlarning hammasi to`lovlar sxemasi o`zgarmaydigan xollar uchun (masalan, qarzlarni bir hil darajada tekis to`lab borish) hisoblanadi. Faraz qilaylik, qarzlarni to`lash xar bir hisob davrida bir xildagi to`lovlar bilan amalga oshiriladi. Bu to`lovlarning kelajakdagi umumiy miqdori qarz summasi va oxirgi hisob davri uchun hisoblangan foizlarning yig’indisiga tepg bo`ladi (agar qarzni to`la to`lash nazarda tutilgan bo`lsa). Boshqa tomonlan, qarz bo`yicha joriy to`lov miqdori qarzning xozirgi vaqtdagi miqdoriga teng bo`lishi kerak. Agar qarz summasi, protsent stavkasi, qarz olingan muddat kabi ma`lumotlar ma`lum bo`lsa, u xolda ПЛТ funksiyasi yordamida qarzlarni bir xil miqdorda tekis to`lab borish uchun davriy to`lovlar summasini aniqlash mumkin. Hisoblangan to`lovlar o`z ichiga qarzning to`lanmagan qismi uchun protsentlarni xamda qarz bo`yicha asosiy to`lovlarni oladi. Bu miqdorlarning har ikkisi davr nomeriga bog’liq va ПРПЛТ xamda ОСПЛТ funksiyalari yordamida hisoblanishi mumkin. Bir nechta muddat uchun jamlangan miqdorlarni esa ОБЩПЛАТ va ОБЩДОХОД funksiyalari orqali hisoblanadi. Quyida biz 3 yilga yillik 17% bilan olingan 70000 so`m qarzni to`lov sxemasini keltiramiz. Hisoblash jarayoni bilan bog’liq izoxlar funksiyalardan foydalanish yo`riqnomalarida keltirilgan. Hisoblash formularini ko`rish rejimida quyidagi oyna aks etadi: Hisoblash rejimida esa quyidagi ma`lumotlar ekranga chiqariladi: Download 481.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling