Misol. ОСПЛТ funksiyasi yordamida “qarz bo`yicha asosiy to`lov” ni
hisoblashga xarakat qilamiz.
Yechish. Qarz bo`yicha asosiy to`lov (qarzni to`lash) fiksirlangan davriy to`lov va qarzning to`lanmagan qismi uchun hisoblangan protsent stavkalari orasidagi farq shaklida hisoblanadi. Masadan, birinchi yil uchun
31680.16-11900 = 19780.16 ming so`m.
Qarz
|
bo`yicha
|
asosiy to`lovlarning
|
xajmi
|
EXCEL
|
muxitida
|
ОСПЛТ funksiyasi
|
yordamida
|
quyidagicha hisoblanadi:
ОСПЛТ(17%, 1, 3, 70000) = -19 780.16 so`m.
ОСПЛТ(17%, 2, 3, 70000) = -23 142.78 so`m.
ОСПЛТ(17%, 3, 3, 70000) = -27 077.06 so`m.
QARZ YUZASIDAGI ASOSIY TO`LOVLAR YIG’INDISINI HISOBLASH.
ОБЩДОХОД funksiyasi. Mazkur funksiya qarz bo`yicha xar bir hisob boshi yoki oxirida to`lanishi lozim bo`lgan asosiy to`lovlar summasini hisoblash uchun xizmat qiladi. Funksiya umumiy ko`rinishda quyidagicha yoziladi:
ОБЩДОХОД (stavka, davr_soni, nz, davr_boshi, davr_oxiri, tip).
Misol. Aytaylik, 6 yil muddatga yillik 15 % foiz bilan 1000 ming so`m miqdorda ssuda qarzi berilgan bo`lsin. Protsentlar xar bir kvartalda hisoblanadi. 5- chi yil uchun asosiy to`lovlar xajmini aniqlang.
Yechish. Hisob davri uchun protsent stavkasini (15% / 4) xamda jami hisob davrlari sonini (6*4) hisoblaymiz. 17-chidan 20 - chigacha bo`lgan davrlar 5-chi yilni anglatadi. Agar qarz xar bir hisob davrining oxirida bir xil miqdor bilan to`lanishi talab qilingan bo`lsa, u xolda 5 – chi yil uchun to`lov miqdori quyidagicha hisoblanadi:
ОБЩДОХОД(15% / 4, 6*4, 1000, 17, 20, 0) = -201.43 ming so`m.
Do'stlaringiz bilan baham: |