Buxgalteriya hisobi,iqtisodiy tahlil va audit
Asosiy vositalarning samaradorlik ko‘rsatkichlari
Download 0.57 Mb.
|
Asosiy vositalar bilan taminlanganlik va ulardan samarali foydalanishni tahlili
Asosiy vositalarning samaradorlik ko‘rsatkichlari
Fond qaytimi Fond sig‘imi Xizmat ko‘rsatish Fondlari qaytimi Xizmatlar hajmi Fq = Xizmat ko‘rsatish fondlari O‘rtacha yillik qiymati Xizmat ko‘rsatish mashina va uskunalari qaytimiXizmatlar hajmi Fq = Mashina va uskunalar o‘rtachayillik qiymatiXizmat ko‘rsatish fondlari sig‘imi Xizmat ko‘rsatish fondlariFe = o‘rtacha yillik qiymati.Xizmatlar hajmiXizmat ko‘rsatish mashina va uskunalar sig‘imi mashina va uskunalar o‘rtachaFe=yillik qiymatixizmatlar hajmiBudjet muassasalarida ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish va uning holatiga baho berishga iqtisodiy tahlilda alohida baho beriladi. Muassasa ishlab chiqarish quvvati deganda uning to‘la ish bilan bandlik holatiga aytiladi. Bu holat nafaqat xizmat ko‘rsatish hajmi va darajasi, balki uning xarajatlar tarkibiga, moliyaviy natijaviyligiga ham ta’sir etuvchi birlik sifatida qaraladi. Ishlab chiqarish quvvatlari va uning foydalanish darajalariga baho berish asosida muassasaning joriy davrdagi iqtisodiy potensiali hamda uning maqsadli boshqaruvi belgilanadi. Budjet muassasalarida ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydala-nish ko‘p jihatdan xizmatlar sifati va reklamalarning to‘g‘ri tashkil etishiga bog‘liq. Masalan, sog‘liqni saqlash tizimida poliklinika va shifoxonalarda bir necha million so‘mlik asosiy vositalar mavjud bo‘lishi mumkin, lekin xizmatlar sifati past bo‘lsa, mijozlar qatnovi kamayadi. Bu esa ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligigasalbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish tahlilida quyidagi jihatlarni tavsiflash mumkin: – muasassa ishlab chiqarish quvvatlarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari tizimi; – texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishning qiyosiy,tahlili; – ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishning muassasa xarajatlariga ta’sirining tahlili; – ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishning muassasa ishlab chiqarish samaradorligiga va faoliyat natijaviyligiga ta’sirining tahlili. Tahlilda asosiy vositalarning samaradorlik ko‘rsatkichlari va ularning ta’sir etuvchi omillari-ikkita tarkib bo‘yicha o‘rganiladi. Asosiy vositalarning samaradorligi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili. Asosiy vositalar va ulardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlarining mahsulot hajmi o‘zgarishiga ta’sirining tahlili. Asosiy vositalarning samaradorlik ko‘rsatkichlari va ularning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar qatoriga quyidagilar kiritiladi:Fond qaytimi (sig‘imi) va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar sifatida: – xizmatlar ishlab chiqarish hajmi va uning o‘zgarishi; – asosiy fondlar o‘rtacha yillik qiymatining o‘zgarishi. Xizmatlar hajmiga ta’sir etuvchi mehnat vositalari bilan bog‘liq omillar qatoriga quyidagilar kiritiladi.Asosiy fondlarning o‘rtacha yillik qiymatining o‘zgarish fond qaytimi (sig‘imi) ning o‘zgarishi.Fond qaytimini oshirish imkoniyatlarini umumlashtirish tahlil bosqichi-ning yakuni hisoblanadi. Unda tahlil etish natijalardan kelib chiqqan holda muassasada asosiy vositalarning samaradorligini oshirish yo‘nalishlari bel-gilanadi.Asosiy vositalarning samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirishning quyidagi yo‘nalishlarini muassasa uchun tavsiya sifatida keltirish mumkin. Tashkiliy yo‘nalish bo‘yicha: – asosiy vositalarning faqat muassasaga ish beradigan qisminigina olish; – asosiy vositalarning ortiqcha qismini ushlab turmaslik; – eskirgan asosiy vositalarni va ma’naviy talabga javob bermaydigan asosiy vositalarni hisobdan chiqarish; – asosiy vositalarni farqlash va tarkiblashni qayta o‘zgartirish; – asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashning bozor munosabatlariga muvofiq shakllarini belgilash va hokazo. Texnik yo‘nalishlar bo‘yicha: – asosiy vositalarni ta’mirlash choralarini ko‘rish, texnik qarov; –eskirgan asosiy vositalarni yangilari bilan almashtirish; –avtomatlashtirilgan tizimini yaratish; –kompyuterlashtirishni kuchaytirish va hokazo. Ekspluatatsion yo‘nalishlar bo‘yicha: – kunduzgi va tungi smenalik; – xizmat ko‘rsatish hajmiga qarab asosiy vositalarni texnik holat va harakatini boshqarish; – asosiy vositalar qarovi yuzasidan mas’ul shaxslarni ajratish; – asosiy vositalar bo‘yicha javobgarlik markazlarini belgilash va hokazo. 3-rasm asosiy vositalarni eskirishi Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling