Buxgalteriya hisobi,iqtisodiy tahlil va audit
Moddiy qimmatliklar tahlili
Download 0.57 Mb.
|
Asosiy vositalar bilan taminlanganlik va ulardan samarali foydalanishni tahlili
Moddiy qimmatliklar tahlili
Budjet muassasalarining faoliyat turlarining turli-tumanligi, o‘z navbatida, ularda foydalaniladigan moddiy qimmatliklarning turlichaligi bilan tavsiflanadi. Chunki har bir faoliyat turi o‘ziga xos moddiy qimmatliklardan foydalanadi. Ishlab chiqarishda bo‘lgani kabi xizmat ko‘rsatish sohalarida ham muassasaning ish faoliyatining to‘xtovsizligini ta’minlash uchun moddiy resurslarga (Mri) va ularni qoplash manbalariga bo‘lgan (Qmi) ehtiyojlarini to‘liq ta’minlash kerak bo‘ladi. Mri=Qmi
Tashqi manbalardan esa tuzilgan shartnomalar asosida mol yetkazib beruvchilardan materiallar olinadi. Moddiy resurslarga bo‘lgan ehtiyoj materiallarga bo‘lgan umumiy ehtiyojdan, ichki imkoniyat hisobiga qoplanadigan materiallar summasini ayirish orqali aniqlanadi. Moddiy resurslarga bo‘lgan ehtiyojni shartnoma asosida qoplanish darajasi quyidagi ko‘rsatkich orqali aniqlanadi:Reja bo‘yicha ta’minlanish koeffitsiyentiKtr = Tuzilgan shartnoma bo‘yicha moddiy resurslar qiymati –Reja bo‘yicha ehtiyoY Haqiqatda ta’minlanish koeffitsyenti Ktx = Haqiqiy yetkazib berilgan moddiy resurslar qiymatReja bo‘yicha ehtiyoj Yuqoridagi koeffitsyentlar bo‘yicha tahlil har bir material turi bo‘yicha olib boriladi. Material resurslarga bo‘lgan ehtiyoj zaxirasini tashkil etish uch xil usulda baholanadi: Ehtiyoj uchun omborxona binolarida saqlanadigan moddiy qimmat-liklar o‘lchovining natura birliklarida; aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyoj pul shaklida (qiymati); moddiy qimmatliklarni yetkazib berish grafigini nazorat qilish va rejalashtirish maqsadida kunlik ta’minot hisobida. Budjet muassasalarida xizmat ko‘rsatish jarayonida moddiy resurslar iste’mol qilinadi, natijada ularni material sarflarga transformatsiyasi vujudga keladi, shuning uchun ham ularni xarajat darajasi material sarflarga hisoblan-gan summalar ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib aniqlanadi. Moddiy resurslardan foydalanish samaradorligini baholash uchun umumlashtirilgan va alohida ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Tahlilda umumlashtirilgan ko‘rsatkichlarning qo‘llanilishi moddiy resurslardan foydalanish darajasi to‘g‘risida umumiy ma’lumot olish bilan birga, ularni samaradorligini oshirish zaxiralari imkoniyatlarini ham aniqlashga zamin yaratadi. Alohida ko‘rsatkichlarning qo‘llanilishi moddiy resurslarni ayrim unsurlari istemoli samaradorligiga tavsif berish uchun hamda xizmatlarni material sig‘imini kamaytirishgaxizmatqiladi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling