Buxgalteriya hisobini tashkil qilishning me’yoriy huquqiy asoslari


O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni va uning ahamiyati


Download 108.74 Kb.
bet5/13
Sana23.11.2023
Hajmi108.74 Kb.
#1795819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
2.O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni va uning ahamiyati.
O’zbekiston Respublikasining 2016 yil 13 apreldagi O’RQ-404-sonli ““Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga muvofiq, “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni yangi tahriri tasdiqlandi.
Mahlumki, “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan bo’lib, unga faqat ikki marta o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan edi.
Qabul qilingan yangi Qonunda mamlakatda o’tkazilgan izchil iqtisodiy islohatlar natijasida iqtisodiy hayotda va qonunchilikda yuz bergan o’zgarishlar mohiyatini hamda o’tgan davrda buxgalteriya hisobi tizimida vujudga kelgan masalalarni yechimini topishda yig’ilgan milliy va xalqaro tajribalar hisobga olindi.
Avallo shuni tahkidlash joizki, mamlakatimiz buxgalteriya hisobi tizimining huquqiy asosi mavjud bo’lganligi sababli, mazkur Qonun buxgalteriya hisobini tashkil qilish asosini tubdan o’zgartirmadi balki uni amalga kiritilgan yangi qonun hujjatlari va buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari talablari bilan muvofiqlashtirdi hamda amaldagi Qonunning kamchiliklarini bartaraf etdi.
Ushbu Qonunga, shu bilan birga yangi 9 ta yangi modda va deyarli barcha moddalariga (24-moddadan tashqari) tegishli o’zgartirishlar kiritildi.
Mahlumki, buxgalteriya hisobining bosh maqsadi - buxgalteriya hisobi mahlumotlari asosida tayyorlanadigan moliyaviy hisobotdan keng doiradagi foydalanuvchilarning manfaatlarini to’laroq qondirishdan iborat bo’ldi.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun Qonunda tartibli tizim sifatida buxgalteriya hisobi tushunchasi va uning elementlari, buxgalteriya hisobi subhektlari va obhektlari, masg’ul shaxslarning huquq va majburiyatlarini ajratish hamda buxgalterlar jamoat birlashmalarining huquqiy maqomini aniq belgilash yo’li orqali buxgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritish hamda ichki nazorat tizimini tahminlash bo’yicha xo’jalik yurituvchi subhekt va buxgalteriya xizmati rahbarlarining mashuliyatini oshirishga qaratilgan qator normalar kiritildi.
Xususan, Qonunning amaldagi tahririda mavjud bo’lmagan Qonunning maqsadi (1-modda) va buxgalteriya hisobi tushunchasi (4-modda) hamda buxgalteriya mahlumotlarini aniq belgilashni (5-modda) nazarda tutuvchi yangi moddalar kiritildi. Bu esa hisob yuritish tamoyillarini, uning maksadi va vazifalarini yanada to’liq ochib berdi va o’z navbatida, buxgalteriya hisobi tizimining shaffofligi va to’liqligini oshirishga yordam beradi.
3-modda. Buxgalteriya hisobining asosiy printsiplari:
Qonunning 3-moddasida zamonaviy huquqni qo’llash amaliyotini hisobga olgan holda eski hujjatning 6-moddasida belgilangan 11 ta asosiy printsiplarning bahzilari boshqa moddalarning alohida normalari sifatida chiqarilganligi va bahzilari esa bir xil mazmun kasb etganligi sababli, uzluksizlik, ishonchlilik va ko’rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi qoidalar buxgalteriya hisobining asosiy printsiplari sifatida belgilandi.
Masalan, buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv usulida yuritish
4 va 15-moddalarda, aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi 4 va 17-moddalarda, xo’jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarning pulda baholanishi 17, 18 va 19-moddalarda, hisoblash va hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi printsiplari 18-moddada aks ettirilgan bo’lsa, - aniqlik, oldindan ko’ra bilish (ehtiyotkorlik), mazmunning shakldan ustunligi va moliyaviy hisobotning betarafligi kabi qoidalar esa ishonchlilik printsipining mazmunini ifodalaydi. SHu bois, ular alohida mustaqil printsiplar sifatida qayd etilmadi.

Download 108.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling