Buxgalteriya hisobining ob'ektlari


Buxgalteriya hisobining obyektlari


Download 11.01 Kb.
bet2/3
Sana02.06.2024
Hajmi11.01 Kb.
#1839409
1   2   3
Bog'liq
BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI, OBYEKTLARI VA METODI

Buxgalteriya hisobining obyektlari.

  • Xo‘jalik mablag‘larining tarkibi korxonalar faoliyatining yo‘nalishiga bog‘liq (sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va h.k.). Xo‘jalik yurituvchi subyekt aktivlari(mablag‘lari)ning tarkibi. Aktivlar mohiyati, tarkibi va joylanishiga ko‘ra ikkita guruhga bo‘linadi. I. Uzoq muddatli aktivlar. II. Joriy aktivlar. Quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi: a) xizmat muddati 1 yildan oshiq; b) bitta birligi(komplekti)ning qiymati O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 50 barobaridan oshiq bo‘lgan (sotib olish vaqtida) predmetlar.
  • Buxgalteriya hisobining obyektlari
  • А. Xo‘jalik mablag‘lari (asosiy va joriy aktivlar)
  • B. Mablag‘larning manbalari (xususiy kapital, zaxiralar va majburiyatla
  • С. Korxona moliya-xo‘jalik faoliyatida amalga oshiriladigan xo‘jalik muomalalar

Korxona aktivlari(mablag‘lari)ning turkumlanishi

  • Uzoq muddatli aktivlarga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli investitsiyalar, o‘rnatiladigan asbob-uskunalar, kapital qo‘yilmalar va uzoq muddatli debitor qarzlari hamda kechiktirilgan xarajatlar kiradi. Bularning mazmunini tushunish uchun ayrimlariga batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz. Asosiy vositalar – korxona xo‘jalik faoliyatini yuritishda uzoq davom etadigan vaqt mobaynida, mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatish yoki ma’muriy va ijtimoiy-madaniy funksiyalarni amalga oshirish jarayonida foydalaniladigan moddiy aktivlardir. №7-«Nomoddiy aktivlar» nomli BHMSning 7-bandiga muvofiq nomoddiy aktivlar – moddiy-ashyoviy shaklga ega bo‘lmagan, xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan, xo‘jalik faoliyatida foydalanish maqsadida nazorat qilinadigan, shuningdek, uzoq vaqt (bir yildan ko‘p) ishlatish uchun mo‘ljallangan mol-mulk obyektlari.
  • Buxgalteriya hisobining obyektlariga yuqorida ko‘rib chiqilgan xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalaridan tashqari xo‘jalik jarayonlari ham kiradi. Xo‘jalik jarayonlari ta’minot, ishlab chiqarish va sotish jarayonlaridan iborat bo‘lib, kapitalning doiraviy aylanishini shakllantiradi. Korxonaning ishlab chiqarish faoliyati uni ishlab chiqarish zaxiralari bilan ta’minlashdan boshlanadi. Ishlab chiqarish vositalarini sotib olish va tayyorlash jarayoni ta’minot jarayoni deb ataladi.

Download 11.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling