Buxgalteriya hisobining predmeti


Download 39.89 Kb.
bet3/4
Sana02.06.2024
Hajmi39.89 Kb.
#1838379
1   2   3   4
Bog'liq
Buxgalteriya hisobining usullari va predmeti

Ho`jalik mablag`lari


Ho`jalik jarayonlari ma`lum mablag`lar yordamida sodir buladi. Ishlab chiqarish korxonasi imoratlar, mashinalar, uskunalar, materiallar, pul mablag`lari, nomoddiy aktiv va shu kabi boshqa mablag`larga ega buladi. Ular barchasini korxona xar xil mablag`lardan - umumdavlat fondidan, aksiyalarini chiqarish va sotish, muassasalarning badallaridan, banklarning kreditlari hisobidan, boshqa korxonalar va tashkilotlardan olingan karzlar hisobidan, foydadan va boshqalardan oladi. Ho`jalik faoliyatini to`g`ri boshqarish uchun ushbu korxona kanday mablag`larga mavjud, ular kanday joylashgan xamda bu mablag`lar kanday man`balardan olingan va ular kanday maqsadlarga mo`ljallanganligi bilish kerak.
Shunga karab korxonaning barcha mablag`lari ikki kismga guruxlanadi:
birinchidan, ularning turlari va joylashganligiga karab, ikkinchidan, tashkil topish manbai va kanday maqsadga atalganligiga karab.
Mablag`larni ularni turlari va joylanishi buyicha guruxlash korxona ho`jalik faoliyatining xususiyatlariga boglik buladi. Ishlab chiqarish (sanoat) korxonasiga birinchi navbatda ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun mablag`lar bulishi kerak. Undan tashqari u muomila jarayonining ikki boskichi - ta`minot va sotishda ishlatiladigan mablag`larga ega bulishi kerak. Odatda korxonalar korxona xodimlarining extiyojlariga xizmat qiladigan noishlab chiqarish sohasidagi mablag`larga xam ega bulishadi. Shunday qilib, korxona mablag`lari uzlarining turlari va joylanishi kuyidagi guruxlarga bulinadi: ishlab chiqarish vosi-talari, muomila soha (sfera)sidagi mablag`lar, noishlab chiqarish sohasidagi mablag`lar.
Ishlab chiqarish vositalari mexnat vositalari va mexnat buyumlaridan iborat.
Mexnat vositalari insonning ishlanayotgan buyumlarga ta`sirini utkazuvchi hisoblanadi. Mexnat vositaliri tarkibida ishlab chiqarish kurollari (mashinalar, asbob - uskunalar, asboblar) yetakchi rolni uynaydi. Ishlab chiqarish kurollari yordamida ishchi mexnat buyumlarini tashki ko`rinishini uzgartiradi, ular ga yangi tuye beradi, ularni mexnat maxsuliga aylantiradi. Mexnat vositalariga shuningdek imoratlar, inshootlar, transport vositalari va ho`jalik inventarlari xam kiradi. Ular ishlab chiqarish jarayonini normal amalga oshirish uchun kerakli sharoitlar yaratib beradi, uni to`g`ri tashkil etishga yordam beradi.
Barcha mexnat vositalariga umumiylik shundan iboratki, ular mahsulotni tayyorlash jarayonida uzoq muddatda katnashadilar, kuplab ishlab chiqarish sikllariga xizmat kiladilar va shu bilan birga tashki ko`rinishlari va xususiyatlarini uzgartirmasdan saklab koladilar. Shu bilan bir vaqtda mexnat vositalari uzlarida joylashtirilgan mexnatni asta-sekin mahsulot ishlab chiqarish chikimlariga va davr xarajatlariga (amortizatsiya ajratmalari ko`rinishida) utkazadilar. Bu ularning eskirishiga va kiymatini kamayishiga olib keladi.
Undan tashqari, korxonalar nomoddiy aksivlarga ega bulishi, kapital kuyilmalar xamda uzoq muddatli moliyaviy kuyilmalarni amalga oshirishlari mumkin.
Uzoq muddatli bulgan xolda, sezilarsiz aktivlar nomoddiydir, (fizik shakliga ega emas). Nomoddiy aktivlar uz egalariga uzoq muddatli xukuklar yoki afzalliklar beradi. Nomoddiy aktivlarga patetntlar, mualliflik xukuklari, firmaning baxosi, savdo markalari, aloxida imtiyezlar, litsenziyalar, formulalar, texnologiyalar, nou-xau, kompyuter dasturlari va hokazolar kiradi. Nomoddiy aktivlar xam asosiy vositalar singari ulardan foydalanish muddatida uzlarining kiymatini mahsulot ishlab chiqarish chikimlari va davr xarajatlariga asta-sekin utkazib boradi.
Korxonalar shuningdek uzoq muddati harakterga ega bulgan boshqa aktivlarga xam kapital kuyilmalar kuyishi mumkin. Ularning tarkibiga asosiy vositalarni sotib olish, yangi obyektlarni ko`rish va hokazolarni kiritish mumkin.
Moliyaviy uzoq muddati kuyilmalar pay va aksiyalarga, obligatsiyalarga xamda boshqa korxonalarga karz berish uchun bush kolgan pul resurslarini kuyishdan iborat.
Mexnat buyumlari mahsulot tayyorlanadigan boshlangich materialdan iborat. Ularga xom ashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulot (fabrikat)lar va tugalanmagan ishlab chiqarishlar kiradi. Shu guruxga shuningdek yordamchi materiallar va yokilgi xam kiradi. Barcha mexnat vositalarga umumiylik shundan iboratki, ular fakat birgina ishlab chiqarish siklida iste`mol kilinib, uzlarining kiymatini tayyorlanayetgan mahsulot tanarxiga butunlay utkazadi.
Xom ashyo va asosiy materiallar deb ishlab chiqarilayetgan mahsulotning asosini tashkil kiluvchi mexnat buyumlariga aytiladi. Masalan, mashinasozlik zavodida asosiy materiallar sifatida mashinalarning kismlari tayyorlanadigan metalling xar xil turlari (pulat, chuyan va boshqalar) xizmat kiladi. Xom ashyo deganda hisobning amaliyotida asosiy materiallar (ruda, paxta, kand lavlagisi va boshqalar) tushuniladi.
Yordamchi materiallar, asosiy materiallardan farkli ularok tayyorlanayetgan mahsulotning bosh asosini tashkil kilmay, fakat uning yuzaga kelishida katnashadi. Bunda ular mexnat vositalartning normal ishlashi uchun (surtish va artish materiallari), yoki asosiy materiallarga kushish (biriktirish) yo`li bilan ularga sifat uzgarishlarini kiritish uchun (buyeklar, laklar, yelimlar), yoki mexnat jarayoniga xizmat kilish uchun - binolarni yeritish, mexnat sharoitlarining kerakli sanitariya va gigiyenasini ta`minlab turish uchun (elektrotexnikaviy materiallar, sovun va shu kabilar) ishlaladi.
Yokilgi, uz moxiyatiga kura yordamchi materiallarning bir turidir. yordamchi materiallar singari, ular yoki mexnat vositalari tamonidan iste`mol kilinadi (energetik yokilgi), yoki asosiy materiallarga kushiladi (texnologik yokilgi), yoki mexnat jarayoniga xizmat kilish uchun ishlatiladi (isitish uchun ishlatiladigan yokilgi). Xalq ho`jaligidagi muxim axamiyati tufayli hisobda yokilgi yordamchi materiallar tarkibidan aloxida guruxga ajratilgan. Yordamchi materiallarning kupchilik kismi singari, yokilgining xusiyati shundan iboratki, u uzining natura shaklida yangi mahsulotning tarkibiga kirmaydi. Lekin sarflangan yokilgining kiymati, yordamchi materiallarning kiymatiga uxshab, ishlab chiqarish chikimlari sifatida butunlay shu mahsulotning tannarxiga kiritiladi.

Download 39.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling