Buxgalteriya hisobining predmeti


Buxgalteriya hisobining usuli (metodi)


Download 39.89 Kb.
bet4/4
Sana02.06.2024
Hajmi39.89 Kb.
#1838379
1   2   3   4
Bog'liq
Buxgalteriya hisobining usullari va predmeti

Buxgalteriya hisobining usuli (metodi)


Mablag`lar xolati va ulardan foydalanish samaradorligi darajasi xakidagi axborotni shakllantirish uchun buxgalteriya hisobida xar xil usullardan foydalaniladi u usullarning yigindisi buxgalteriya hisobining usuli (metodini) tashkil kiladi.
Usulning mazmuni mazkur fanning predmeti, vazifalari va uning oldiga kuyiladigan talablar xususiyatlariga boglik buladi. Ular buxgalteriya hisobi usulining tarkibiga kiradigan anik usullarni aniklab beradi.
Eng avval shunga e`tibor berish lozimki, buxgalteriya hisobida korxonada sodir buladigan barcha ho`jalik jarayonlari, uning ixtiyoridagi barcha mablag`larni aks ettiruvchi axborot shakllanadi. Xar xil jarayonlarda sodir buladigan operatsiyalar soni xamda korxona ixtiyorida joylashgan mablag`lar turi va manbalari juda muximdir. Xar bir ho`jalik operatsiyasi va mablag`lar xamda manbalar turi ustidan zaruriy boshqaruv axborotini umumlashtirish va shakllantirish maqsadlari uchun xujjatlashtirish yordamida kuzatuv olib boriladi.
Xujjatlashtirish buxgalteriya hisobining obyektlari (uning predmetining tarkibiy unsurlari) ustidan yoppasiga va uzluksiz kuzatishni amalga oshirish imkonini beradigan dastlabki aks ettirish usulidir. Buning uchun xar bir aloxida operatsiya uchun yoki ularning bir turdagi guruxi uchun dastlabki hisob axborotini muayyan moddiy tashuvchisi tuziladi. Unda amalga oshirilgan operatsiyaning mazmuni kayd etiladi.
Xujjatlashtirish yordamida sodir bulayetgan ho`jalik operatsiyalari xakida mukammal ma`lumotlar olinadi. Bu ma`lumotlar ularni keyinchalik iktisodiy jixatdan guruxlash va umumlashtirish uchun asos bulib hisoblanadi. Yuridik talablarga rioya kilingan xolda xujjatlardan foydalanish buxgalteriya hisobining ma`lumotlariga isbotlovchi kuch bagishlaydi.
Lekin ho`jalik jarayonida bulib utayetgan barcha xodisalarni xam xujjatlashtirysh yordamida kayd qilib bulavermaydi. Jumladan, tabiiy yukolish, mablag`larni kabul kilish va topshirish paytidagi noanik-liklar, hisobdagi xatolar va kolaversa, ugirliklar tegishli kiymatlik-larning xakikiy mikdorini dastlabki axborotni tashuvchilar va hisobda aks ettirilganlaridan chetga ogishiga olib keladi. Bunday xodisalarni rasmiylashtirish ular sodir bulayetganda emas, balki fakat ular ma`lum bulgandagina mumkin buladi. Dastlabki axborot tashuvchilar tomonidan kayd kilinmay kolgan xodisalar xujjatlashtirishga zaruri qo`shimcha hisoblangan ruyxatga olish (inventarizatsiya) yordamida aniklanadi. Uning ma`lumotlari yukorida keltirilgan u yoki boshqa sabablarga kura uz vaqtida hisobga olinmay kolgan hisob kurstatkichlarini xakikatdagiga muvofiklashtirish uchun xizmat kiladi.
Shunday qilib, xujjatlashtirish va ruyxatga olish buxgalteriya hisobining obyektlarini dastlabki kuzatish amalga oshirish uchun pullaniladi. Ulardan foydalanish mulkning but saklanishi ustidan, nazorat kilish imkonini beradi. Xujjatlashtirish va ruyxatga olishning ma`lumotlari moddiy-javobgar shaxslarning xatti-harakatlari, amalga oshirilayetgan operatsiyalarning konuniyligi, mablag`larning to`g`ri saklanishi, ulardan maqsadga muvofik ravishda foydalanish va shu kabilar ustidan kuzatish imkonini beradi.
Yukorida ta`kidlanganidek ho`jalik operatsiyalari va mablag`lar juda turli-tumandir. Lekin buxgalteriya hisobi ular xakida yigma (umumlashtirilgan) kursatkichlarni berishi kerak. Bunda yigiladigan ma`lumotlar ulchagichlarda ifodalanadi. Buning uchun buxgalteriya hisobida baxolash usuli pullaniladi. Baxolash yordamida natura va mexnat kursatkichlarini pul kursatkichlariga aylantiriladi.
Ho`jalik jarayonini boshqarish uchun uni amalga oshirish bilan boglik bulgan barcha chikimlarni hisoblab chikish, xar bir jarayonda ishlatilgan xam jonli, xam moddiylashtirilgan mexnatni hisoblab chikish kerak. Bunda xar bir chikim turinining mikdorinigina emas, balki anik bulgan ularning obyektiga tegishli bulgan umumiy summasini topish, ya`ni hisobga olinayetgan obyektlarning tannarxini hisoblab topish lozim buladi. Mahsulot tannarxi ishlab chiqarish xarajatlarining mikdo-ri ustidan nazorat kilish uchun pullaniladigan kalkulyatsiya yordamida hisoblab topiladi. U obyektlarning xakikiy tannarxini aniklash imkonini beradi.
Shunday qilib, kalkulyatsiya buxgalteriya hisobi obyektlarini kiymatli ulchash uchun xizmat kiladi. Ularning pullanilishi tijorat hisob-kitobini mustaxkamlash uchun katta axamiyat kasb etadi. Ma`lumki, tijorat hisob-kitobiga rioya kilish korxona xarajatlari bilan uning faoliyati natijalari urtasidagi muvofiklikni talab kiladi. Xarajatlar bilan natijalarni solishtirish xakikiy tannarx kalkulyatsiyasi ma`lumotlariga asoslanadigan pulda ifodalash yo`li bilan erishiladi.
Buxgalteriya hisobining obyektlari tarkibidagi va funksiyalaridagi farklanishlar ularning ustidan aloxida guruxlar buyicha, masalan, mexnat vositalari, mexnat buyumlari, pul mablag`lari va hokazo kuzatish zarurligini takazo etadi. Undan tashqari, ushbu guruxlarning ichida hisobni mablag`larning aloxida turlari va ularning joylashgan joylari buyicha tashkil kilish kerak buladi. Demak hisob bilan aloxida ajratilgan xolda xar bir mexnat vositasining turi - binolar, mashinalar, uskunalar va hokazo;
Mexnat buyumlari - asosiy va yordamchi materiallar, yokilgi, yarim tayyor mahsulot va boshqalar; pul mablag`lari ularning joylashgan joylari buyicha - hisob-kitob, valyuta va bankdagi boshqa schetlar, korxonaning kassasida va shu kabilar kamrab olingan bulishi kerak. Shu bilan birga bunday guruxlash kupincha kamlik qilib koladi. Masalan, mexnat buyumlarining xar xil turlari ustidan, aytaylik asosiy materiallar ustidan, kuzatish ularning xar bir turi, sorti, katta-kichikligi va hokazolar to`g`risida ma`lumotlar olishni talab kiladi. Shunga uxshash guruxlash buxgalteriya hisobida mablag`lar manbalari va ho`jalik jarayonlari buyicha xam amalga oshiriladi.
Ho`jalik mablag`lari va ho`jalik operatsiyalarini joriy aks ettirish va ularni boshqarish uchun zarur bulgan ma`lumotlar olish imkonini beradigan buxgalteriya hisobi obyektlarini iktisodiy jixatdan guruxlash uchun, schetlardan foydalaniladi.
Axborotni dastlabki tashuvchilardagi ma`lumotlar hisob obyektlariga fakat tarkok bulgan tavsif beradi, shu sababli schetlarga extiyoj tugiladi. Bu ma`lumotlarni umumlashtirilgan xolda kuz oldiga keltirish uchun, ularni guruxlash va summalashtirish lozim buladi. Bunday funksiyani buxgalteriya hisobida schetlar bajaradi.

Xulosa:


Buxgalteriya hisobining obyekti - bu korxonalar faoliyati va unda sodir buladigan ho`jalik operatsiyalaridir. Buxgalteriya hisobining predmeti - korxona ho`jalik mablag`lari, ya`ni unga tegishli bulgan mexnat buyumlari va vositalaridir xamda mablag`lar manbasidir. Buxgalteriya hisobining usullari - bu hisobni yuritishda kullaniladigan usullardir. Ularga kuyidagilar kiradi:

  1. baxolash - ho`jalik mablag`lari va ularning manbalarini pul birligida ifodalash;

  2. xujjatlashtirish - ho`jalik operatsiyalarini kayd kilish usuli.

  3. inventarizatsiya - ho`jalik mablag`larining xujjatlardagi mikdori bilan xakikiiy mikdorini solishtirish;

  4. kalkulyatsiya- ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini hisoblash;

  5. schetlar va ikkiyoklama yozuv - ho`jalik mablag`lari va ularning manbalarini ifodalovchi shartli belgilar schetlar deb ataladi; korxona faoliyatida sodir bulgan ho`jalik operatsiyalarini xujjatlarda aks ettirish usuli - ikkiyeklama yozuv deyiladi;

  6. balans - ho`jalik mablag`lari va ularning manbalarini iktisodiy jixatdan guruxlash;

  7. hisobot - korxona faoliyatining ma`lum sanaga bulgan xolati.

Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. Karimov I.A. Uzbekiston: bozor iktisodiyotiga utishning uziga xos yo`li. - T. Uzbekiston, 1995.

  2. Karimov I.A. Uzbekiston iktisodiy isloxotlarni chukurlashtirish yo`lida. - T. Uzbekiston, 1995.

  3. M. Ostonakulov. Buxgalteri hisobi nazariyasi. Toshkent "Uzbekiston" 1993 y.

  4. M. Umarova, U. Eshboyev, K. Axmadjonov. Buxgalteriya hisobi. Toshkent "Mexnat" 1999 y.

  5. www.ziyonet.uz

Download 39.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling